Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti kechki Geografiya oʻqitish metodikasi


Olmaliq kon-metallurgiya kombinati



Yüklə 270,82 Kb.
səhifə4/29
tarix13.12.2023
ölçüsü270,82 Kb.
#149113
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati — Oʻzbekistonda rangli metallurgiya sanoatining yirik korxonasi. Kombinat 2 majmuadan — qoʻrgʻoshin-rux (Qoʻrgʻoshinkon, Oltintopgan, Sardoba va Chalata konlari, qoʻrgʻoshin-rux boyitish fabrikasi va rux zavodi) hamda Mis ishlab chiqarish majmuasidan (Qalmoqqir koni, mis boyitish fabrikasi, mis zavodi)dan iborat.
Korxona tomonidan Qurama togʻlaridagi polimetalli rudalarning boy zaxirasini keng koʻlamda oʻzlashtirish maqsadida kon-qurilish ishlari 1949-yildan boshlangan edi. 1950-yilda qoʻrgʻoshin koni, 1954-yilda qoʻrgʻoshinrux boyitish fabrikasi, 1955-yilda Oltintopgan koni qurib bitkazildi.
“Olmaliq KMK” AJ Oʻzbekiston va Markaziy Osiyoda hududidagi togʻ kon ishlab chiqarish sohasidagi eng yirik korxonalardan hisoblanadi. “Olmaliq KMK” AJning asosiy faoliyati sulfid, polimetal va oltin tarkibli rudalarini qazib olish va boyitish va tozalangan mis olish hamda, sink metali, noyob va nodir metallar, ularning asosidan yasalgan mahsulotlarga qaratilgan.

1-Rasm Koning atrof muxitga ta’sri
“Olmaliq KMK” AJ tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atmosferaga boʻlgan salbiy ta’sirlarni kamaytirib borishga bor kuchini sarflaydi.
“Olmaliq KMK” AJ istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda atrof muhit himoyasiga qaratilgan zamonaviy tajribalar asosida yoqilgʻi va energiyatejamkor texnologiyani qoʻllaydi.
Vazifa va qadriyatlar
Ishlab chiqarish jarayonini atrof muhitga va aholi salomatligiga boʻlgan salbiy ta’sirini kamaytirish, tabiiy resurslardan samarali va ehtiyotkorlik bilan foydalanish orqali insoniyatni rangli metallarga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish.
Ekologik siyosat va asosiy tamoyillar
“Olmaliq KMK” AJ oʻz faoliyati davomida quyidagi tamoyillarga amal qiladi:

  • barqaror rivojlanish davridagi iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy ehtiyojlarini kelajak avlodga zarar yetkazmagan holda amalga oshirish;

  • kombinatning atrof-muhitga salbiy ta’sirini avvaldan baholash;

  • ishlab chiqarish jarayonidagi ekologik salbiy oqibatlarini oldindan bartaraf etish va ogohlantirish choralarini qoʻllash;

  • ekologik yuqori mavqeiga ega boʻlgan hududlarda ishlab chiqarish faoliyatini rad etish;

  • tabiiy muhitni oʻziga hos xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqarish obyektlarini qurish (seysmologik va sel xavfi mavjud va yuqori qiyalikli hudud va hokazolar);

  • togʻ-kon madanlarini qazib olishda eng yaxshi texnologiyalarni amalda qoʻllash;

  • chiqindilarni utilizatsiya qilishning ekologik xavfsiz usulini qoʻllash;

  • ishlab chiqarish hududidagi texnologik jarayonlarning atrof-muhitga xavflilik darajasini monitoring qilish;

atrof muhitni ifloslantirganlik uchun javobgarlikni his qilish va yetkazilgan zararni toʻliq qoplash; Kon-metallurgiya sanoati uchun ekologik talablar oʻrnatiladi Vazirlar Mahkamasining 25.08.2022 yildagi “Kon-metallurgiya sanoati sohasida ekologik talablarni va atrof muhit muhofazasi me’yorlarini хalqaro standartlar asosida belgilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 474-son qarori qabul qilindi.


Mazkur qaror bilan Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi va boshqa ma’sul davlat organlariga quyidagi vazifalar yuklatilgan:

  • kon-metallurgiya sanoatida ekologik talablarni va atrof muhit muhofazasi me’yorlarni хalqaro yashil iqtisodiyot” maqsadlariga erishish indeksi (Global Green Growth Index) asosida jahondagi oʻnta eng yaхshi mamlakat darajasiga yetkazish;


Yüklə 270,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə