Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti kechki Geografiya oʻqitish metodikasi


I.BOB.Olmaliq kon metallurgiya kombinatining atrof muxitga ta'sir



Yüklə 270,82 Kb.
səhifə2/29
tarix13.12.2023
ölçüsü270,82 Kb.
#149113
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
I.BOB.Olmaliq kon metallurgiya kombinatining atrof muxitga ta'sir
1.1.Konning geologo-ekologik xarakteristikasi …………………..
1.2.Koning atrof-muxitga tabiatga tasiri …………..…………………
II.BOB.Koning Ekologik siyosati va asosiy tamoyilla
2.1. Kon ishlari mexanizatsiyasi.
2.2. Qazib olishning iqtisodiy kursatkichlari
Xulosa
Foydalanilgan manbalar ruyxati…………………

KIRISH
Malakaviy ishining dolzarbligi: O’zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo davlatlari orasida juda qulay tabiiy-geografik sharoitga ega davlatdir. Mamlakatimiz katta zahirali yer osti boyliklariga ega. Zaminimiz tabiiy gaz, qo’ng’ir va tosh ko’mir, oltin, mis, volfram, vismut hamda ochiq neft konlari zahirasiga ega.
Olmaliq — Toshkent viloyatidagi shahar (1951–yildan). Olmaliqsoy boʻyida, Qurama togʻlarining shim. yon bagʻrida, 600–650 m balandlikda. Toshkent shahridan 60 km janubi-sharkda, Ohangaron daryosining chap sohilida. Shaharning shimoli-sharqida Qurama tizmasi, shimoliy va janubi-sharqda Chatqol tizmalari bor. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Ohangaron (18 km). Maydoni 10,8 km². Aholisi 114,6 ming kishi (2000; 1974–yilda 92,3 ming; 1959–yilda 40 ming kishi). Olmaliqda mis konining topilishi shaharning tez oʻsishiga sabab boʻldi. 1954–yil Olmaliqda qoʻrgʻoshin-rux fabrikasi ishga tushirildi. Qalmoqqir konidan mis rudasi ochiq usulda olina boshladi. Olmaliqdagi sanoat korxonalarini elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida Olmaliq yonida issiqlik elektr stansiyasi qurildi. 1963–yil mis eritish zavodi foydalanishgatopshirildi. Kon-metallurgiya kombinati toʻla ishga tushirilib mahsulot bera boshladi. Olmaliqdagi rangli metall rudalar oltingugurtga boy. Shu sababli metallurgiya kombinatida rudadan oltingugurt ajratiladi va "Ammofos" korxonasiga yuboriladi. Xususan, Olmaliq hududi qadimdan konchilikka ixtisoslashgan zamin hisoblanadi. Eramizning IX-XII asrlariga taaluqli bo’lgan ko’plab qadimgi topilmalar va ruda qazuvchilar faoliyatining izlari hamma joyda qayd etilgan. Bu esa Olmaliqda qadimda mis, qo’roshin, rux, oltin, kumush, temir, ametist, feruza va boshqa qazilmalar jadal ravishda qazib olinganligidan darak beradi. Kombinat tomonidan ishlov beriladigan deyarli barcha ruda konlari o’z vaqtida o’sha qadimgi konlar izlari bo’yicha ochilgan.
Olmaliqda Oʻrta Osiyoda birinchi boʻlgan uy-roʻzgʻor kimyosi zavodi qurildi. Olmaliqda respublika qishloq xoʻjaligining 80% ni fosforit oʻgʻitlar bilan taʼminlayotgan "Ammofos" zavodi, "Poyondoz" gilam, "Pallada Vostok", "Djefinterneyshnl" Oʻzbekiston — Pokiston qoʻshma korxonalari, mebel jihozlari kombinati, "Olmalik,-gʻisht", "Oqtosh" korxonalari, "Kovul-di" oltinli rudani qazib olish koni va boshqa korxonalar bor. Yengil va oziq-ovqat sanoat rivojlanmoqda. Olmaliqga Toshkent— Angren temir yoʻldan shoxobcha chiqarilgan. Toshkent — Olmaliq avtomobil yoʻli oʻtgan. Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universitetining Olmaliq filiali,«Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS»ning Olmaliq shahridagi filiali, 23ta umumiy o'rta taʼlim maktablari, 12 kutubxona, 3 madaniyat uyi, oʻlkashunoslik muzeyi, musiqa va sanʼat maktablari, 3 stadion, 36 sport zali, 86 voleybol va basketbol maydonlari, 11 gandbol, 18 tennis zallari va 5 suzish havzasi bor. Shaharda markazlashgan hududiy tibbiy birlashma, bolalar kasalxonasi, "Kimyogar" kasalxonasi, yuqumli kasalliklar, silga qarshi kurashish dispanseri, tugʻruqxona, 10 poliklinika va boshqa tibbiy muassasalar ishlab turibdi. Olmaliqda "Ramazoni Sharif" masjidi faoliyat yuritadi.Yana bir masjidning esa qurilish ishlari davom etyapti. Ushbu masjid "Hilol" masjidi. Respublikamizda konchilik va metallurgiya sanoati yildan yilga rivojlanib bormoqda. Xususan, 36 ming nafardan ortiq konchi-metallurgni birlashtirgan, O’zbekiston rangli metallurgiyasining bayroqdori Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 40 dan oshiq millat va elat vakillari bo’lgan konchi-metallurglar mehnat qilishadi. O’zining 70 yillik tarixi davomida mamlakatimiz iqtisodiy salohiyati rivojiga munosib hissa qo’shib kelayotgan «Olmaliq KMK» AJ O’zbekistondagi eng yirik sanoat korxonalaridan biri bo’lib, uning ishlab chiqarish quvvati Toshkent, Jizzax, Namangan, Surxondaryo viloyatlarida joylashgan mis-molibden, qo’rg’oshin-rux, oltin va kumush konlariga asoslanadi.

Yüklə 270,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə