Toshkent «yangiyo‘l poligraf servis»


LAQMA IT Shukur Sa’dulla I



Yüklə 3,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/68
tarix07.03.2023
ölçüsü3,57 Mb.
#102055
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   68
www.idum.uz oqish 4 uzb 2017

LAQMA IT
Shukur Sa’dulla
I
Birdan tushib qoldi sovuq,
Itning ko‘rpa-yostig‘i yo‘q.
Na uyi bor, na boshpana
Hech kimi yo‘q – yakka yana.
Qish keladi qilich olib,
Bo‘ron bilan dovrug‘ solib.
Qaltiraydi kuchuk dir-dir,
Sovuq deydi: – «Ichkari kir».
Mosh bilan u urish edi,
Buning uchun afsus yedi.
Chidolmadi, qoqdi eshik,


76
Derazadan boqdi mushuk.
– Kechir, – dedi, yolvordi it,
Mushuk dedi: – Yalinma, ket!
Yozi bilan do‘stlashmading,
Biror og‘iz so‘zlashmading.
Yurding doim sanqib bekor,
Bo‘yning ishga bermadi yor.
Ajab bo‘ldi... Uy qurmading,
O‘z va’dangda sen turmading.
Ko‘z yosh to‘kar kuchuk sho‘rlik:
– Yomon bo‘ldi bu ko‘rgulik,
Uy qurardim, attangki, qish,
Qishda qilib bo‘lmaydi ish.
Ketmon botmas yer o‘yganda,
Qish quritmas g‘isht quyganda.
Qo‘lni suvga urib bo‘lmas,
Xullas, qishda uy qurilmas.
Yalinadi yalqov kuchuk:
– Rahming kelmas menga nechuk?
Yoz bo‘lsa-chi, quray bir uy,
Uymas, saroy... so‘rama, qo‘y!
Dang‘illama va serhasham,
Havaslaring kelsin biram.
Pechka yonar erta-yu kech,
Yozdan farqi bo‘lmagay hech.
Faqat menga ber joy-makon,
Yoz kelguncha saqlayin jon!
Moshxon kular ko‘zin suzib:
– Aldoqchi! – deb bo‘yin cho‘zib
– O‘tgan yili ko‘z yosh to‘kding,
Issiqqina uyga cho‘kding.


77
Quvding meni ko‘cha-ko‘yga,
Kirolmadim erkin uyga.
Qo‘yxonaga borar chopib,
Akillar u sovuq qotib.
Eshik qoqar, so‘ng tinglar jim,
Echki quloq solib der: – Kim?
– Men, eshikni och, Echkijon,
Keldim senga bo‘lib mehmon.
– Sen laqmani men bilaman,
Kela ko‘rma, yo‘q qilaman.
Yozi bilan laqillading,
Meni ko‘rsang akillading.
Issiq bo‘lsa, suvda suzding,
Qorning ochsa, g‘o‘ra uzding.
Salqin joyda qilding rohat,
Sovuqqa ham qil-da toqat.
Qor yog‘adi gupillatib,
Molxonani do‘pillatib.
Yolboradi bo‘ribosar,
Sigir asta quloq osar.
– Govmish sigir, Olaqashqa,
Do‘stim yo‘qdir sendan boshqa.
Menga joy ber, qishlay yana,
Tor bo‘lsa ham ber boshpana.
Nishxo‘rdingdan ko‘rpa qilay,
Senga uzoq umr tilay.
– Menga bundoq hiyla qilma,
Sigirlarni ahmoq bilma.
Ishontirding o‘tgan yili,
Rahm qildi hayvon eli.
Uyda yotding oyoq cho‘zib,
Sog‘in sutni hadeb buzib.


78
Ta’zirimni yeganman xo‘p,
Sololmaysan og‘zimga cho‘p.
1. Itning Moshxon, Echki va Olaqashqalar bilan suh
-
batini qayta o‘qing. Ularning uylariga kiritishmagani 
sababini izohlang.
2. Moshxon nima uchun itni uyiga kiritmadi?
II
It yugurdi erta-yu kech,
Ammo yordam bo‘lmadi hech.
Xo‘roz, tovuq, kurka, o‘rdak,
Parrandalar bari birdak.
Yolg‘onchiga bermadi joy,
Daydi itning holiga voy.
Qordan so‘ngra yer muzladi,
Sovuq qotib it so‘zladi:
– Yoz kelsin-chi, quray bir uy,
Bir saroyki, tengsiz... voy-bo‘y,
Dang‘illama va serhasham,
Havasingiz kelsin biram...
O‘rtasida bo‘lar pechi,
Qishda yozday uyning ichi.
Maza qilib uy quraman,
Mehmon chorlab davr suraman.
Kunlar o‘tdi birin-ketin,
It yo‘qotdi yarim etin.
Paxmoq bo‘ldi mo‘y-junlari,
O‘lmay qolib qish kunlari.
Nur sochadi ko‘kda quyosh,
Yerdan maysa ko‘tarar bosh.


79
Hamma ishga otlanadi,
It suyunib shodlanadi.
– O‘ynab olay, keldi bahor –
Deb sanqiydi erta bahor.
Yozi bo‘yi tinim bilmas,
Sanqimoqni kanda qilmas.
Issiq kunda cho‘miladi,
Qumga oyoq ko‘miladi.
Salqin yerda xurrak otib,
Dam oladi beg‘am yotib.
Hamma ishda, kuchuk bekor:
– Menga, – deydi, – uy na darkor?
Bir gap bo‘lar qishda, – deyar, –
Erta g‘amin eshak yeyar...
Yomg‘ir ezib yog‘ar avval,
So‘ngra laylakqor olar gal.
It tumshayib yurar yolg‘iz,
Qorda, muzda qoldirib iz.
Yalinar u yana-yana,
Qani bo‘lsa bir boshpana.
Yoz yemasang qishning g‘amin,
Holingga voy, bo‘lgin amin!
1. It yozni qanday o‘tkazdi? U nima uchun o‘ziga uy 
qurmadi?
2. Itning qilmishini qanday baholash mumkin?
3. Ertak nima uchun «Laqma it» deb nomlanganini 
izohlang.


80

Yüklə 3,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə