Toshkent «yangiyo‘l poligraf servis»



Yüklə 3,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/68
tarix07.03.2023
ölçüsü3,57 Mb.
#102055
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   68
www.idum.uz oqish 4 uzb 2017

ZIYRAK UCH YIGIT
I
Qadim zamonda fahm-farosatli va zukko uch aka-
uka: Ibrohim, Ismoil va Umar degan yigitlar safar-
ga chiqibdilar. Yo‘lda ketisharkan, o‘sha yo‘ldan o‘tib 
ketgan bir tuyaning izi ularning diqqatini jalb etib
-
di. Tuya bir necha belgilar qoldirib ketgan edi. Uch 
yigit tuya qoldirgan belgilarni diqqat bilan tekshirib 
yo‘llarida davom etdilar. Biroz yurgan edilar, chopib 
kelayotgan o‘rta yoshli bir kishini ko‘rdilar. U aka-
ukalar yoniga hovliqib kelib:
Yigitlar, men tuyamni yo‘qotdim, mabodo uni 
ko‘rmadingizmi? – deb so‘radi. Ibrohim unga:
– Tuyaning bir ko‘zi ko‘r, uning ustiga birida 
yog‘, ikkinchisida asal bo‘lgan ikki idish osgansan, 
to‘g‘rimi? – dedi. Haligi kishi: «To‘g‘ri so‘zladingiz», 
– deb uning so‘zini tasdiqladi.
Keyin Ismoil so‘zladi: 
– Tuyaning bir tishi tushgan edimi?
– To‘g‘ri topdingiz, tuyamning bir tishi yo‘q edi, – 
deb javob berdi egasi. Haligi kishi tuyaning belgila-
rini to‘g‘ri aytib berganlaridan hayratda qolib: 
– Yigitlar, tuyamning hamma belgilarini topdingiz, 
ayting-chi, tuyam qayerda? – dedi.


62
Yigitlar uning tuyasini uchratmaganlarini aytdilar. 
Haligi kishi g‘azablanib:
– 
Bekorchi 
so‘zlarni 
so‘zlamang, 
tuyamni 
ko‘rgansiz, ko‘rmagan bo‘lsangiz uning belgilarini 
topib so‘zlamas dingiz. Sizlar uni tutib olib, bir yer
-
ga yashirgansiz yoki birovga sotib yuborgansiz. Agar 
tuyamni topib bermasangiz, ustingizdan hokimga shi
-
koyat yo‘llayman. Hokim albatta buning chorasini 
ko‘rib, siz – o‘g‘rilarga jazo beradi, – deb do‘q urdi.
Yigitlar tuyani ko‘rmaganlarini qayta-qayta aytsa-
lar ham u aslo ko‘nmadi. Shundan keyin ular yana 
yo‘lga tushdilar.
Haligi kishi darhol shahar hokimining huzuriga 
borib, voqeani bayon qildi. Hokim bu uch yigitni 
tutib keltirish uchun bir necha otliq askarni yubor
-
di. Askarlar ularning qo‘llarini bog‘lab, hokimning hu
-
zuriga keltirdilar. Hokim yigitlarning qo‘llarini yechib, 
o‘tirishga buyurdi. So‘ngra ularga xitob qilib:
– Yigitlar, tuya egasiga tuyaning hamma belgi
-
larini to‘ppa-to‘g‘ri aytib bergansiz-u, keyin tuyani 
ko‘rganimiz yo‘q, deb tongansiz. Kishi ko‘rmagan 
narsasining belgilarini qayerdan biladi? Bunga kim 
ishonadi? Tuyani yashirgan bo‘l sangiz, egasiga olib 
kelib be ring, sotib yuborgan bo‘lsangiz bahosini 
to‘lab, egasini rozi qiling, bo‘lmasa jazo beraman, – 
dedi.
Yigitlar haligi kishiga ayt gan gaplarini takrorlab, 
tuyani ko‘rmaganlarini aytdilar. Hokim g‘azablanib, 
ular ni zindonga tashladi.


63
1. Aka-ukalar tuyaning qanday belgilarini aytishdi?
2. Hokim ularni zindonga tashlab to‘g‘ri qildimi?
II
Oradan bir necha kun o‘tgach, haligi kishi 
boshqa bir qabiladan tuyasini topib oldi. Uch yigitga 
tuhmat qilganiga ko‘p o‘kindi. Darhol hokimning hu
-
zuriga kelib: 
– Bechora yigitlarga tuhmat 
qilibman, haqiqatan ular o‘g‘ri 
emas, pok, sof yigitlar ekan. 
Tuyam boshqa qabilaga ketgan 
ekan, o‘sha qabiladan topib ol
-
dim. Yi gitlarni ozod qilishingizni 
o‘tinaman, lekin tuyamning bel-
gilarini qanday qilib topganlariga 
hayronman. Sizning huzuringiz
-
da aytib bersinlar. Bu bilan siz
-
ni ham, meni ham hayronlikdan 
qutqazadilar, – dedi.
Hokim yigitlarni darhol zindondan chiqarib, o‘z hu
-
zuriga keltirdi, ko‘p iltifotlar qilib, ularning ko‘ngillarini 
ko‘tardi, so‘ngra:
– Yigitlar, sizlar tuyani ko‘rmasdan turib, uning 
belgilarini qanday qilib bildingiz? Shunga hayronmiz, 
aytib bering, bizni hayratdan qutqaring, – dedi.
Ibrohim o‘rnidan turib ta’zim qilib aytdi:
– Yo‘lda kelarkanmiz, bir tuyaning izlarini ko‘rdik, 
tuya bir tomondagi o‘tlarni yeb borgan-u, ikkinchi to
-
mondagi o‘tlar joyida qolgan. Shundan men tuyaning 


64
bir ko‘zi ko‘r ekanini angladim. Yana yo‘lning bir to
-
monida yumronqoziq bir joyni yalab turgandi, ikkinchi 
tomonida pashshalar g‘uvullashardi. Shundan tuyaning 
ustida biriga yog‘, ikkinchisiga asal to‘ldirilgan ikki 
idish borligini bildim, idishlar chayqalib biroz yog‘ va 
biroz asal yerga to‘kilgan.
Ismoil aytdi:
– Tuya tishlari bilan o‘tni tortganda, har tishlab 
tortilgan o‘tlardan bittasi qolib ketavergan, bu esa 
tuyaning bir tishi yo‘qligini ko‘rsatdi.
Hokim yigitlarning fahm-farosatlari, ziyraklik, sez
-
girliklariga tahsin aytib, ularga ko‘p in’om-ehson qil
-
di. Hech qo‘ymasdan o‘sha yigitlarni o‘z yonida olib 
qoldi. 
Bir kun kechasi hokim ularning uyiga keldi, yigit-
lar kabob yeb, sharob ichib gaplashib o‘tirgandilar. 
Hokim eshik orqasida turib yigitlarning gaplariga qu
-
loq soldi.
Ibrohim:
– Bu ichib o‘tirgan sharobimiz qabristonda o‘sib 
turgan uzumdan tayyorlanganga o‘xshaydi, chunki 
sharobdan qabriston hidi kelib turibdi, – dedi.
Keyin Ismoil: 
– Bu yeb turgan kabobimiz it sutini ichgan qo‘zi 
go‘shtidan tayyorlanganga o‘xshaydi, – dedi. Umar 
ham so‘zga kirishib: 
– Hokim – hokim o‘g‘li emas, balki oshpaz o‘g‘li, 
deb o‘ylayman, – dedi.


65
1. Aka-ukalar sharob, kabob va hokim to‘g‘risida qan
-
day taxmin qildilar?
Ill
Hokim onasining yoniga borib:
– Rostini ayting, men kimning o‘g‘liman? Otam 
kim? – deb so‘radi.
Onasi har qancha:
– Marhum otang shahar hokimi edi, sen uning 
o‘g‘lisan, – desa ham, hokim unamasdan:
– Onajon, to‘g‘risini ayta bering, oshpazning o‘g‘li 
ekanimni fahm-farosat egasi – o‘sha uch yigit suh
-
batlashib o‘tirganlarida eshitdim. Ularning fikrlari xato 
bo‘lmaydi, men bunga ishonaman, – deb onasi
-
ni qistay boshladi. Nihoyat onasi haqiqatni aytishga 
majbur bo‘ldi:
– Sen aslida bizning o‘g‘limiz emas, oshpazimiz-
ning o‘g‘lisan. Bizning hech bir farzandimiz bo‘lmadi, 
erim – shahar hokimi ham, men ham shu to‘g‘rida 
qayg‘urar edik. Kunlardan bir kun oshpazimizning 
xonadonida sen dunyoga kelding, lekin bir oy o‘tar-
o‘tmas onang bechora vafot etdi. Biz seni o‘z tarbi
-
yamizga ol dik. Onang vafotidan biroz vaqt o‘tgandan 
keyin otang ham qayg‘u-hasrat o‘tida kuyib vafot 
etdi. Sen o‘z ota-onangni bilmaysan, biz ham sen
-
ga haqiqiy ota-onangni bildirmadik. Xalq seni shahar 
hokimining o‘g‘li deb tu shundi. Sening ma’naviy otang 
vafot etgandan so‘ng uning vorisi sifatida sen shahar 
hokimi bo‘lding.
3–O‘qish kitobi, 4-sinf


66
Hokim onasining yuz-ko‘zidan o‘pib, unga tasalli 
berdi, ko‘nglini ko‘tardi. Hokim uchala yigitning so‘zlari 
to‘g‘ri chiqqaniga hayratda qolib, ularning fahm-faro-
satlariga ofarin o‘qidi. O‘sha kuni kechasi yigitlarning 
yoniga borib biroz so‘zlashib o‘tirgandan so‘ng:
– O‘tgan kecha uyingiz eshigi yonida turib, kishi
-
ni hayratda qoldiradigan ba’zi so‘zlaringizni eshitdim: 
sharobning qabristonda o‘sgan tok uzumidan tayyor
-
langanini, qo‘zichoqning it suti emganini, men oshpaz 
o‘g‘li ekanimni so‘zladingiz. Qaysi dalillarga asoslanib 
shu fikrlarga kelganingizni aytib bering, – dedi.
Ibrohim aytdi:
– Sharob kishiga xursandchilik beradi, kecha yubor
-
gan sharobingizni ichib ko‘nglimda g‘amginlik paydo 
bo‘ldi, chunki sharobdan qabriston hidi kelardi. Shu 
asoslarga tayanib, sharobni qabristonda o‘sgan tok uzu
-
midan tayyorlanganini sezdim.
Ismoil aytdi: 
– Yuborgan kabobingizni yeganimdan keyin tabiatim 
it tabiat holiga tushdi. O‘rnimdan turib birov bilan yo
-
qalashish fikriga tushdim. Shundan kabobni it suti em
-
gan qo‘zi go‘shtidan ekanini bildim. 
Hokim uning fikrini ham tasdiq qildi. So‘ngra: 
– Mening oshpaz o‘g‘li ekanimni siz so‘zlagan 
bo‘lsangiz kerak, deb o‘ylayman, ayting-chi, mening 
oshpaz o‘g‘li ekanimni qayerdan bildingiz? Bunga biror
-
ta dalil ko‘rsata olasizmi? – deb Umarga murojaat qil
-
di. Umar aytdi: 
– O‘zingizga ma’lum bo‘lsa kerak, har kasb ahli qa-
yerda bo‘lmasin, o‘z kasbini maqtaydi, dehqon – deh-
qonchilikdan, savdogar – savdogarchilikdan so‘z ocha
-
di. Mabodo ularning o‘g‘illari boshqa kasb ni egallagan


67
bo‘lsalar, baribir ota kasbi ularning ruhiga ta’sir et
-
gan bo‘ladi. Chunki ota tarbiyasida bo‘lib, ota kasbidan 
non yeganlar. Shuning uchun ular qayerda bo‘lmasinlar, 
beixtiyor ota kasbi haqida so‘zlaydilar. Agar hokim o‘g‘li 
bo‘lsangiz edi, ovqatdan emas, mamlakat ishlaridan 
so‘zlar edingiz. Doimo taomdan so‘z ochgani ngizdan 
oshpaz o‘g‘li ekanligingizni sezdim.
Hokim Umarning topib aytganidan hayratda qolib, 
uning fahm-farosatiga, ziyrakligiga tahsinlar aytdi.
1. Ertakning «Ziyrak uch yigit» deb nomlanishini 
izohlang.
2. Ertak qismlariga mos sarlavhalar toping va ular 
o‘rtasida qanday bog‘liqlik borligini aniqlang. 

Yüklə 3,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə