135
yo‘lga tushdi. U yo‘l-yo‘lakay daraxtlar bilan do‘stlashdi.
Ularning ildizlari irmoq suvining yer ostiga singib ke-
tishiga yo‘l qo‘ymadilar. Yaproqlari quyosh nurini to‘sib,
bug‘lanishdan saqladilar. Kichik irmoq ham, o‘z navbati
-
da, yashil do‘stlarini qondirib sug‘ordi. Shunda o‘zining
yo‘lda boshidan o‘tkazgan
hamma mashaqqatlarini ta-
momila unutib, o‘ziga o‘zi:
– Bunday yashash juda soz bo‘lar ekan, – dedi.
Kichik irmoq quvona-quvona yo‘l bosib, azim daryo
bo‘yiga qanday yetib kelganini ham sezmay qoldi.
– Behuda tentirab yurma, – dedi unga daryo. – Bi
-
ronta ko‘lmakka tushib qolsang, suvingni sasitadi. Bor
-
di-yu, qumlik cho‘lga
chiqib qolsang, o‘z qa’riga yutib
halok qiladi. Kel, bizga qo‘shil!
Irmoq
bu
so‘zni
eshitib
o‘zini daryo bag‘riga otdi. Uning
suvi tezda daryo suvi bilan bir
jon-bir tan bo‘lib ketdi. Irmoq
qo‘shilganidan
keyin daryo yana
-
da kuchliroq bo‘lib oldi. Dasht-bi
-
yobonlarga oqib, bironta ham giyoh unmagan taqir yerni
bog‘-bo‘stonga aylantirdi. Shunda kichik irmoq o‘ziga o‘zi:
– Ko‘pchilik bilan birgalikda mehnat qilib yashash
juda ham soz bo‘lar ekan, – dedi.
1. Nima uchun kichik irmoqning yo‘li sermashaqqat
bo‘ldi?
2. Kichik irmoq va uning do‘stlari
bir-biriga qanday yor
-
dam ko‘rsatdi?