129
landik. Hamyonni haligi do‘stimga berib, shaharga bor
-
gach, uyga eltib berishni iltimos qildim. Safardan qay
-
tib
kelgach bilsam, o‘sha do‘stim hamyonni uyimga olib
bormabdi. Uning oldiga borib omonatimni so‘rasam, u:
– Jinni bo‘ldingmi?! Men seni ham, hech qanaqa da
-
raxt-paraxtni ham ko‘rgan emasman, – deb javob berdi.
Mirzo Ulug‘bek o‘sha odam ni chaqirib keltiribdi. Ikki
do‘st shoh huzurida ro‘baro‘ bo‘lishibdi. O‘sha odam:
«Men
u daraxt ni ham, bu odam-
ni ham ko‘r maganman», – deb
so‘zida qat’iy turib olibdi.
Mirzo Ulug‘bek da’vogarga:
«O‘sha daraxtdan uch-to‘rt barg
keltirgin, men uning vositasida
haqiqatni aniq layman», – debdi.
Da’vogar yo‘lga tushishi bilan
shoh
uning sherigiga bir hiko-
yatni ayta boshlabdi. Voqeaning eng qiziq joyiga bor
-
ganda shoh:
– Da’vogar o‘sha daraxtning oldiga yetib bordimi
-
kan? – deb savol tashlabdi.
Hikoyani zavq bilan tingla yotib, g‘aflatda
qolgan ha
-
ligi kishi bexosdan:
– U daraxt shahardan ancha uzoqda, hali yetib
bormagan bo‘lishi kerak, – debdi.
Mirzo Ulug‘bek kulib yuborib di va:
– Axir sen: «Men bu odamni ham,
daraxtni
ham ko‘rmaganman», – demabmiding, qanday qilib
do‘stingning u yerga yetib bormaganini bilding! Yaxshisi
yolg‘on gapirmay,
omonatni egasiga topshir, – debdi.
U kishi aybiga iqror bo‘libdi va pulni egasiga qay
-
tarib beribdi.
5–O‘qish kitobi, 4-sinf
130
1. Da’vogar Mirzo Ulug‘bekdan nimani iltimos qildi?
2. Mirzo Ulug‘bek haqiqatni qanday aniqladi? Uning qay
-
si fazilati haqiqatni anglashga yordam berdi?
3. Rivoyatni yana qanday nomlash mumkin?
Dostları ilə paylaş: