Toshkent «yangiyo‘l poligraf servis»



Yüklə 3,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/68
tarix07.03.2023
ölçüsü3,57 Mb.
#102055
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   68
www.idum.uz oqish 4 uzb 2017

ZUMRAD BAHOR
BAHOR
Qudrat Hikmat
Uchib yurar mayin shamollar
Yelpib-yelpib anhor yuzini.
Qirg‘oqlarda soyabon tollar
Oyna – suvda ko‘rar o‘zini.
Tong yellari o‘ynoqlab sekin,
Jiydazorga kirib yo‘qolar.
Maysa o‘tlar tebranib sekin,
Orqasidan kuzatib qolar.
Chumchuqlarning og‘zida cho‘p-xas,
In qo‘yishar tutlar ustiga.
Ko‘kni quchgan teraklar tinmas,
Oro berar kulrang po‘stiga,
Bedapoya yam-yashil o‘tloq,
Chinorlarda qushlar chug‘urlar.
Ko‘klam ko‘rkin ko‘rdingmi, o‘rtoq,
Chamanzordek hammayoq gullar.
1. She’rni ifodali o‘qing va yod oling.
2. Bahor tabiatini «mayin shamollar», «soyabon tol
-
lar», «tong yellari», «o‘tlar tebranib», «ko‘kni quch
-
gan terak lar» iboralaridan foydalanib, qayta hikoya 
qiling.


155
BAHOR TA’RIFIDA
Yusuf Xos Hojib
Sharqdan bahor nasimi esib keldi, olamni bezamoq 
uchun firdavs yo‘lini ochdi.
Oq rang ketib, bo‘z yerni alvon rang qopladi, olam 
o‘ziga oro berib bezanmoq taraddudiga tushdi.
Zerikarli qishni bahor nafasi haydadi, musaffo ba
-
hor yana o‘z hukmiga kirdi. Uyquga kirgan daraxtlar 
yana yashil to‘n kiydi, oq, sariq, ko‘k, qizil rangli harir 
yopinchiqlar bilan bezandi.
Bo‘z yer yuziga yashil parda tortdi, go‘yo Xitoy kar
-
voni ipak matolarini har tomonga yoydi. Dala-tuz, tog‘, 
o‘nqir, past baland qirlar ko‘k va alvon rangga ko‘milib 
burkandi. Turli-tuman chechaklar qiyg‘os ochildi, olam ichi 
ifor va kofur isi bilan to‘ldi. Dimog‘larni chog‘ qiluvchi 
sabo yeli ko‘tarildi, butun olamga mushk-anbar hidi taraldi.
G‘oz, o‘rdak, oqqush, qilquyruqlar osmonni to‘ldirib 
qag‘illashib yuqori-quyi uchmoqda. Mag‘rur turnalar 
ko‘kda ovozini baralla yangratmoqda, tizilgan tuya kar
-
vonidek uchmoqda.
Kaklik xushovoz bilan sayrab, qah-qah urib kulmoqda
uning tumshug‘i qon kabi qizil, qoshi esa qop-qora.
Qora qarg‘a tumshug‘ini ko‘pirtirib qag‘illaydi, uning 
ovozi tantiq qizning ovozi kabi yoqimsizdir.
Gulzorda bulbul ming ohangda navo qilmoqda, tun-
kun tinmasdan yoqimli sayramoqda...
Osmonni bulut qoplagan, yomg‘ir yog‘moqda, gullar 
yuz ochib qah-qah urib kulmoqda.
1. O‘lkamizga bahor kelganini qayerdan bilamiz?
2. Matndan qushlar hayoti haqida nimalarni bilib oldingiz?
3. Bahorda janubdan qanday qushlar uchib keladi?


156
JALA DARAKCHISI
Habib Rahmat
Bahor chog‘i osmonda 
Shunday hol bo‘lar goho: 
Gumburlab momaqaldiroq,
Berar xunuk bir sado.
Gumbur-gumbur,
gum, gumbur,
Gumbur-gumbur,
gum, gumbur. 
Go‘yo toshlar sharaqlab,
Tusha boshlar yer sari.
Birdan chaqmoq charaqlab
Porlar olov singari. 
Gumbur-gumbur,
gum, gumbur,
Gumbur-gumbur,
gum, gumbur. 
Menga esa tomosha,
Qo‘rqib, rangim o‘chmaydi. 
Bilaman bu toshlarning 
Bittasi ham tushmaydi.
Bu guldirak, guldirak,
Jaladan berar darak.
1. She‘rda momaqaldiroq nimaga o‘xshatilgan?
2. Qaysi faslda momaqaldiroq gumburlaydi? U nimadan 
darak beradi?

Yüklə 3,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə