Toshkent «yangiyo‘l poligraf servis»



Yüklə 3,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/68
tarix07.03.2023
ölçüsü3,57 Mb.
#102055
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   68
www.idum.uz oqish 4 uzb 2017

NAVRO‘Z – BAHOR BAYRAMI
Muzayyana Alaviya
Bahor! Hali yerlarda qor ko‘p. Qor kunduzlari quyosh 
nurida eriydi, yerga singiydi, kechalari esa muzlaydi.
Tol kurtaklari yorilib, undan bo‘z momiq g‘unchalar 
chiqadi. Bo‘g‘otda sap-sariq bo‘lib osilib yotgan sumalak
-
lar quyosh shu’lasiga chidayolmay yosh to‘kmoqdalar. 
Tomchilar mart... mart... mart... deganday bo‘layotirlar.
O‘lkamizda bahor... Yilimiz o‘z umrini yangidan bosh
-
layapti: jamiki mavjudod o‘z umrini shu bahordan bosh
-
laydi. Shuning uchun ham qadimda yilning boshlanishi
-
ni bahorning yigirma birinchi martidan hisoblaganlar va 
uni katta bayram qilganlar. Bu bayram – Navro‘z, ya’ni 
yangi kun deb atalgan...
Inson, eng avvalo, mehnat bilan sharaf qozonadi, 
shuning uchun ham dehqon ahlining qadimiy bayrami 


160
– Navro‘zni har yili zo‘r quvonch, katta tayyorgarlik bi
-
lan kutib olish elimizning eng yaxshi odatlaridan biri 
bo‘lib qolgan.
Dehqonlar Navro‘zda dala ishlariga kirishganlar, ish 
hayvonlarini, asboblarini olib chiqib, yer hayday boshla
-
ganlar.
Yurt soya-salqin bo‘lsin, o‘tgan-ketganlar rohatlan
-
sin deb, Navro‘zgacha yo‘llarga ko‘chat, bolalarga atab 
hovli va bog‘larga meva nihollari ekiladi. Ko‘chalar to
-
zalanib, ariqlar qaziladi. Hammayoq supurib-sidiriladi. 
Uylar «ko‘tarilib», idish-tovoqlar yuvilib pokizalanadi.
Navro‘zga atab yoshlar rang-barang kiyimlar tikti
-
radilar. Qariyalarga sarpo tayyorlanadi, Navro‘z uchun 
uzum, qovun, olma kabi yoz mevalari saqlangan 
bo‘ladi. Shinni, qiyomlardan tashqari, turli qandolatlar, 
sumalak pishiriladi.
Navro‘z kirar kuni qo‘g‘irmoch qovurilib, turshak 
qaynatiladi. Moy, qaymoq, jizza, yong‘oq solib cho‘zma, 
chalpag-u kulcha, patir, lochiralar pishiriladi. Yal
-
piz, isma loq kabi ko‘katlardan somsalar tayyorlanadi. 
Navro‘zda tug‘ilgan o‘g‘il bolaga Navro‘z, Murod kabi 
ism qo‘yilsa, qizlarning ismiga gul qo‘shilib aytiladi. 
Masalan, Gulasal, Gulbahor, Gulzamon kabi.
Navro‘z kunlari yoshlar keksalar oldiga navro‘zlik 
ko‘tarib salomga borishadi. Yalpiz, binafsha kabi 
xushbo‘y narsalarni olib borsalar, qariyalar qo‘llariga 
olib, «Esonlik-omonlik, hech ko‘rmaylik yomonlik, yana
-
gi oylar-yillarga o‘ynab-kulib yetaylik», deb tilak bildiri
-
shadi.
1. Erta bahorda tabiatda qanday o‘zgarishlar yuz beradi?
2. Navro‘zgacha va Navro‘z kunlari qanday ishlar qilinadi?


161

Yüklə 3,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə