Toshkent «yangiyo‘l poligraf servis»



Yüklə 3,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/68
tarix07.03.2023
ölçüsü3,57 Mb.
#102055
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   68
www.idum.uz oqish 4 uzb 2017

NAVOIY BOBOMLAR
Tursunboy Adashboyev
Hirot tuprog‘ida voyaga yetgan,
«Qush tili» yo‘llarini munavvar etgan,
Yillar to‘zonidan sog‘-omon o‘tgan
Navoiy bobomlar
Buyuk odamlar.
«Xamsa»si ko‘ngilni shamdek yoritgan,
Tilimizni ko‘rkam, boy etgan,
Mag‘rib-u mashriq ham iftixor etgan
Alisher bobomlar
Qutlug‘ qadamlar.
Dostonlari chiqmagay yoddan,
So‘rang Majnun, Qaysdan, Farhoddan,
Layli, Shirin qaddi shamshoddan,
Navoiy bobomlar
Buyuk odamlar.
Mir Alisher otash zabondir,
Umri boqiy omon-omondir,
G‘azallari fidoyi – jondir,
Navoiy bobomlar
Qutlug‘ qadamlar.
Alisher Navoiyning xislatlari tilga olingan o‘rinlarni topib 
o‘qing va mazmunini so‘zlang.


182
HIDI, TILIMI VA MAZASIDAN
Falakning gardishi bilan Mirzo Bobur Hindiston de
-
gan yurtga borib qolib, u yerning sultoni bo‘libdi. 
Hindiston bog‘-rog‘i ko‘p, meva-chevaga boy yurt ekan. 
Bobur «mendan yodgorlik qolsin» deb, Hindistonning 
ko‘rkam joyiga bir bog‘ barpo ettiribdi. Dunyodagi eng 
katta bu bog‘ga turli yurtlardan nihollar keltirib ektiribdi. 
Xalq dunyoga dong‘i ketgan bu bog‘ga «Bog‘i Boburiy» 
deb nom qo‘yibdi.
Bog‘dagi daraxtlar hosilga kirib, biram meva berib
-
diki, ularni hech yerga sig‘dirib bo‘lmabdi. «Bog‘i 
Boburiy»ning bir chekkasi rezavor ekan. Unda piyoz, 
sabzi, bodring, tarvuz bitibdi. Ammo handalak bilan qo
-
vun bo‘lmabdi.
Shoh bir yil qovun ektiribdi, bitmabdi, ikkinchi yil 
ektiribdi, bitmabdi, uchinchi yil ham ektiribdi, baribir qo
-
vun bitmabdi.
Qovun bitishga bitibdi-yu, birinchi yili gulida-
yoq hosilini tashlab yuboribdi, ikkinchi yil palagi «o‘lib 
qolibdi», uchinchi yil pishib yetmay turib so‘lib qolibdi. 
Boburshoh bo‘lsa qovun topishni talab qilaveribdi.
– Bu yil qovun ekib pishirmasanglar, hammangizni 
jazolayman, – deya g‘azablanibdi.
Bog‘bonlar nima qilishni bilmay rosayam boshlari 
qotibdi. Oxiri Boburshohga bildirmay, uzoq Farg‘onadan 
qovun olib kelishga ahd qilishibdi. Boburshoh bir ne
-
cha oyga ovga ketib, qaytib kelgach, bog‘bondan qo
-
vun yo‘qlatibdi.
Bog‘bonlar Farg‘onadan keltirilgan qovunni olib bo
-
rishibdi. Boburshoh qovunni hidlab ko‘rib:


183
– Qayerda bitgan? – deb 
so‘rabdi.
– «Bog‘i Boburiy»da bitgan, 
– deb javob beribdi bog‘bon.
– Yo‘q, hidi boshqacha. 
Bunday hidli qovun bu yerlar
-
da bitmaydi, faqat bir o‘lkada 
yetishadi, xolos. Sen meni al
-
dayapsan, – debdi Bobur shoh.
– Aldagan bo‘lsam, bilganingizni qiling, shohim. 
Bu qovun «Bog‘i Boburiy»da bitgan, – debdi bog‘bon 
so‘zidan qaytmay. Boburshoh qovunni hidlay-hidlay 
bo‘yiga mast bo‘lib, uni tilimlamoqchi bo‘libdi. Qovun 
pichoq tegar-tegmasdan tarsillab yorilib ketibdi.
Boburshoh bog‘bonga qarab:
– Yolg‘on gapiribsan, qovunni qayerdan keltirganing
-
ni ochiq aytasan. Pichoq tegar-tegmay yorilib ketadigan 
qovun faqat men bilgan o‘lkadagina bitadi. Sen mening 
savolimga to‘g‘ri javob bermading, qahrim qattiqligidan 
qo‘rqmaysanmi? – debdi.
Boburshohni aldab bo‘lmasligini bilgan bog‘bon rostini 
aytishga majbur bo‘libdi.
– Farg‘ona viloyatidan keltirdik, – debdi ko‘ziga jiq-
qa yosh olib.
Bog‘bonning gapidan Boburshohning ko‘ngli buzilib, 
yig‘lab yuborishiga ozgina qolibdi.
1. Boburshoh o‘zidan yodgorlik qoldirish uchun Hindiston
-
da nima ishlar qildi?
2. Bog‘bonning gaplaridan nima uchun Boburshohning 
ko‘ngli buzilganini ayting.


184
RIVOYAT
Naim Karimov
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim zamonlarda, 
Farg‘ona-yu Qo‘qon degan tomonlarda Usmon Nosir 
degan mashhur shoir maktabni bitirib: «Endi qaysi hu
-
narning etagidan ushlasam? Qayerga borib o‘qisam-u, 
qaysi sohani tanlasam?» – deb kecha-
yu kunduz o‘ylab yurgan ekan.
Kunlarning birida u soy bo‘yida xayol 
surib suv ning jimir-jimir to‘lqinlariga qa-
rab o‘tirgan ekan, shu payt osmondan 
tushibdimi yo suvdan chiqibdimi, uning 
yonida oppoq soqolli, uzun hassali bir 
nuroniy kishi paydo bo‘libdi.
– Nimani o‘ylayapsan, o‘g‘ lim? – so‘rabdi u.
Usmon Nosir bir qarasa, ta nish, bir qarasa, nota-
nish odam. Ovozi ham goh ta nish ovozga o‘xshasa, 
goh notanish kishi ning ovozi. Balki meni bo‘lmasa – 
otamni, otamni bo‘lmasa – onam ni tanuvchi kishi bo‘lsa 
kerak, deb ochig‘ini aytibdi:
– Maktabni tugatyapman, ammo qayerga borib 
o‘qisam, kim bo‘lsam ekan, deb o‘ylanib turibman.
Shunda boyagi kishi so‘rabdi:
– O‘zing qaysi hunarni yaxshi ko‘rasan? Qaysi 
muallimning saboqlari senga ko‘proq ma’qul bo‘lgan?
– Men hamma darslarga qiziqqanman. Hamma hunar 
menga yoqadi. Ammo hamma narsadan ko‘ra ko‘proq 
kitob o‘qishni yaxshi ko‘raman, – debdi Usmonjon.
– Kitob o‘qish – hunar emas. Kitob o‘qish bi
-
lan tirikchilik o‘tmaydi. Lekin shunisi ham borki, kitob 


185
o‘qishni juda yaxshi ko‘rgan odamlar borib-borib, o‘zlari 
ham kitob yozganlar.
– Men ham kitob yozsam deyman, – debdi Usmon
-
jon.
– Niyating chakki emas. Lekin dunyoda kim ko‘p – 
shoir ko‘p, yozuvchi ko‘p. Ammo ularning hammasidan 
ham Navoiy chiqmagan. Agar sen yozgan kitoblarni 
o‘qib, odamlarning ko‘zi o‘tkir, qo‘li chaqqon, yo‘li ravon 
bo‘lishiga ishonsang, niyating ushalsin.
– Odamlar kitobni ko‘zlari o‘tkir bo‘lishi uchun emas, 
huzur-halovat topish, dardlariga malham olish uchun 
o‘qimaydilarmi, otaxon? – so‘rabdi Usmonjon. – Men 
shunday kitoblar yozayki, uni o‘qib, odamlarning bir-bir
-
lariga bo‘lgan mehri oshsin, xayollarida faqat bir-birlari
-
ga yaxshilik qilish istagi bo‘lsin.
Aytganing kelsin, o‘g‘lim. Shunday kitoblar ke rak. 
Faqat shuni yodda tutki, sen yashayotgan dunyo – 
shafqatsiz dunyo. Bilasanmi, o‘g‘lim, har bir kishi ning 
orqasidan uning soyasi yuradi. Bu soya emas. Bir 
kun bo‘lmasa, bir kun u shu odamning boshini yeydi. 
Ba’zan bitta soya ikkita, hatto uchta va undan ham 
ko‘p bo‘ladi.
Ular seni jar yoqasiga olib borib, tubsiz chuqurlikka 
otib yubormasin desang, hamisha oftobga qarab yur!
Shunday qilib, marhum otaning ruhi Usmon Nosir-
ning shoirlik hunarini tanlab olishiga rizolik va fotiha 
bergan ekan.
1. Usmon Nosir otasining ruhi bilan nima haqda suhbat
-
lashadi?
2. Ota ruhi bo‘lajak shoirga qanday maslahat berdi?
7–O‘qish kitobi, 4-sinf


186

Yüklə 3,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə