Toshkent «yangiyo‘l poligraf servis»



Yüklə 3,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/68
tarix07.03.2023
ölçüsü3,57 Mb.
#102055
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   68
www.idum.uz oqish 4 uzb 2017

AJDODLARIMIZ – FAXRIMIZ
TO‘MARIS
Hamdam Sodiqov
Oks sohilida qo‘r tashlagan forslar hukmdori Kurush 
dala chodirida massagetlar huzuridan qaytgan elchining 
hikoyasini tinglar edi.
– Massagetlar g‘alati xalq ekan, shahanshohim. Ki
-
yimlari juda oddiy. Ammo ularda oltin-kumush serob 
ekan. 
Elchi shunday deganida sarkardalar o‘rtasida jon
-
lanish boshlandi.
Axir ular shu oltin-kumush deya uzoq o‘lkalardan bu 
yerga kelishmaganmi?
– Oltin-kumush massagetlarda oddiy bir bezak, 
ro‘zg‘or buyumi qatorida ko‘rilar ekan. Men ko‘rgan 
hamma massagetning kiyimi-yu qurolida oltin bor.
– Oltin! 
Lashkarboshi-yu mulozimlar ko‘zlarida yongan qizi
-
qishdan ruhlangan elchi hikoyasini maroq ila davom et
-
tirdi:
– Ammo bu sodda xalq sharob va may nimaligi
-
ni bilishmas ekan. Ularda yigit
-
lar qatori qizlar ham uloq cho
-
pisharkan. Qizlar chavandozlik 
va qilichbozlikda ulardan sira 
qolishmas ekanlar.
– Muddaomiz ne bo‘ldi? – 
sergak tortib so‘radi Kurush.


174
– Massagetlar malikasi taklifimizni juda ustalik bi
-
lan rad etdi. Shahanshohingizga men emas, yurtim ke-
rak deb, endi hech qachon turmush qurmasligini aytdi. 
Sababi – o‘g‘li katta bo‘lib qolgan mish.
– Necha yoshda ekan?
– O‘n sakkizda, shahanshohim. Uni ko‘rdim, juda 
kelishgan va bahodir yigit. Ismi Siparangiz.
Kurush atrofida o‘tirgan sarkardalar va mulozimlar
-
ga ko‘z yugurtirdi. Nigohi chekkada o‘tirgan mulozimga 
qadaldi.
Sen nima maslahat berasan, Krez?
– Menga qolsa, bu xalq bilan yaxshi aloqa o‘rnatib, 
orqaga qaytaylik, shahanshohim! Massagetlar jangovar 
xalq ekanini bildik, ularning yigitlaridan yaxshi qo‘shin 
yollasa bo‘ladi. Agar ular bilan do‘st bo‘lsak...
Kurush Krezning gaplariga tan bersa-da, boshqa 
maslahatchilar fikrini ham bilishni istadi.
– Sen ne deysan, Artabaz?
Sarkarda Artabaz bosiqlik ila javob qildi.
– Yana bir elchi yuborib ko‘rsak. Taklifimiz yerda 
qolsa, urush bo‘lishini tushuntirsak, shahanshohim!
Kurush bu taklifni ma’qulladi.
Massagetlar malikasi To‘maris forslar yuborgan elchi-
ning so‘zlarini tinglab bo‘lgach, unga o‘z javobini aytdi.
– Biz urushdan qo‘rqmaymiz va o‘z ona yerimizni 
himoya qilamiz. Shohingga ayt. 
1. Forslar hukmdori Kurushga massagetlar huzuridan 
qaytgan elchi nimalar haqida hikoya qilib berdi?
2. Forslar massagetlar yurtiga nima maqsadda hujum 
qilmoqchi bo‘lganini izohlang.


175

Yüklə 3,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə