Toshkent «yangiyo‘l poligraf servis»



Yüklə 3,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/68
tarix07.03.2023
ölçüsü3,57 Mb.
#102055
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   68
www.idum.uz oqish 4 uzb 2017

DO‘STLIK
Xudoyberdi To‘xtaboyev
Abduqodir Vovaga yozayotgan xatini boshidan o‘qib 
chiqqan edi, o‘ziga yoqmadi: nuqul keraksiz so‘zlarni 
yozibdi-yu, muhimlari qolib ketibdi. Yangitdan yozmoq-
chi bo‘lib, «Esingdami, Vova», deb boshladi. Boshladi-
yu, yana yoza olmay, derazadan olmazorga tikilga nicha, 
xayolidan o‘tgan davr kecha boshladi.


171
...Bir kuni kosadagi sutni to‘kib qo‘yib oyisidan 
qochib chiqqan edi. Ko‘chalarda bekor aylanish joniga 
tegdi. Keyin nima gaplar bo‘layotganini bilish uchun 
maktab hovlisiga kirgan edi, yangi ko‘chib kelgan rus 
tili o‘qituvchisining eshigi oldida loy qorib turgan malla 
sochli bolaga ko‘zi tushib qoldi. Abduqodir yaqinroq bo
-
rib begona bolaning kurakchasini oldi-da, ura qochdi.
– Kerak bo‘lsa, olaver, – dedi to‘satdan o‘z bek chalab 
Vova, – menda ko‘p.
O‘sha kuni Abduqodir Vova bilan durustgina tani-
shib oldi. Ma’lum bo‘lishicha, Vovalar «Katta dovon» 
qishlog‘idan ko‘chib kelayotganlarida ularning yettita 
quyonlari o‘sha yerda qolib ketibdi. Bitta ona quyonni 
olib qaytishibdi. Hademay o‘qishlar ham boshlanib ket
-
di. Ikkovlari bir sinfda o‘qiy boshladilar. Endi ular bir
-
ga dars tayyorlashar, birga o‘ynashar, bo‘sh vaqtlarida 
esa Vovaning quyonlariga o‘t keltirish uchun dalalarga 
chiqishar edi. Bir kun ikkovlari adir tomonda adashib 
ham qolishgan. Bu voqea 4-sinfda o‘qiyotganlarida yuz 
bergan edi. Ular olma keltirish uchun bog‘ga borish
-
di. Erta bahor, daraxtlar kurtak yoza boshlagan, ham
-
mayoqda o‘t-o‘lanlar ko‘karib, zilol suvli ariqlar bo‘yida 
chuchmomalar ochilgan payt... Ishlarini bitirib, endigina 
orqaga qaytamiz deb turganlarida, Vovaning yonginasida 
bir quyon bolasi sakrab, o‘ynoqlab qoldi:
– Quyon! – deya qichqirdi Vova va ortidan quv-
lay boshadi. Abduqodir ham yugurdi. Quyon bolasi 
o‘ynoqlab, oyoqlarini osmonga otib yugurar edi. Qorong‘i 
tushib, ko‘z ko‘rmay qolguncha quyonni quvlashdi.
Shu payt yaqinginada chiyabo‘rining chaqaloq ning 
ingalashiga o‘xshash ovozi eshitilib, ikkovlarini ham 
cho‘chitib yubordi...


172
– Vova, – dedi Abduqodir o‘zidagi qo‘rquvni bosish 
uchun ataylab qattiq tovushda, – sen katta bo‘lsang 
quyonchi bo‘lmoqchimisan?
– Albatta, – dedi Vova tovushini undan ham baland 
qilib.
– Men bobomga o‘xshab bog‘bon bo‘lsam kerak, 
bobom: «Qarib qoldim, o‘rnimga seni qoldirmoqchiman», 
– deydilar.
...Bir nafasdan so‘ng xat ham tayyor bo‘lgan edi. 
Abduqodir pochta tomon yo‘l oldi.
1. Abduqodir xatida Vovaga nimalar haqida yozdi?
2. Daftaringizga do‘stlik haqidagi maqollarni yozing.
MANGU OLOV
Ravshan Isoqov
Mangu olov – yoniq xotira,
Yuraklardan o‘chmaydi sira.
O‘tar lip-lip ko‘z oldimizdan,
Goho tiniq, gohida xira.
Qadr nima, xotira nima?
Xotirasiz qadr bor, dema.
Shahidlarga el-yurt hurmati,
Ehtiromi, cheksiz himmati.
Jasorating abadiy, o‘g‘lon –
Sof oltinning baland qimmati.
Noming bugun zar varaqlarda,
Har bir yurak, qalb charoqlarda.
Mangu olov so‘nmagay toki,
Qalbimizda sen, ardoqlarda.
1. She’rni ifodali o‘qing va yod oling. 
2. Mangu olov nimaning ramzi ekanligini ayting.
3. Shoir uni nima uchun «Yuraklardan o‘chmaydi sira» 
deb ta’riflaydi?


173

Yüklə 3,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə