Toshkent «yangiyo‘l poligraf servis»



Yüklə 3,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/68
tarix07.03.2023
ölçüsü3,57 Mb.
#102055
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   68
www.idum.uz oqish 4 uzb 2017

YASHASIN TINCHLIK,
BOR BO‘LSIN DO‘STLIK
TINCHLIK QUSHI HAQIDA MEN
O‘QIGAN SHE’R
Shukur Sa’dulla
Erta bilan turaman,
Salqin shabada esar,
Keng yurtimni ko‘raman,
Ko‘nglimda quvonch kezar.
Kaptarlarimni ko‘ray, –
Deb boraman ohista.
Ozroq bo‘lsa ham, qo‘shay –
Tinchlik ishiga hissa.
Uchiraman,
Oq kaptar –
Intiladi ilgari.
Yarqiraydi qanotlar
Oq samolyot singari.
Ko‘z solaman:
Har uydan
Uchib chiqar oq kaptar,
Charx uradi osmonda,
Tinchlik! – deya solib jar:
Bilsin urishqoq, jallod,
Qotil, odamxo‘r, battol.
Tinchlik istar yosh avlod,
Katta-kichik, er-ayol!


168
Urush bo‘lmay jahonda
Tinchlik bo‘lsin barqaror!
Erkin uchsin osmonda
Tinchlik qushi – oq kaptar!..
1. She’rni ifodali o‘qing va yod oling.
2. Shoir she’rda tinchlik ramzi bo‘lgan oq kaptarni nima
-
ga o‘xshatadi?
3. «Qotil», «battol», «jallod», «odamxo‘r» so‘zlarining 
ma’nosini izohlang.
SHOIRA
Hakim Nazir
Shoiraning darsxonasida... chetlariga alvon hoshiya 
tortig‘liq sariq qog‘ozlar osib qo‘yilgan. Bular – «Maqtov 
yorliqlari».
Nima bo‘ldi-yu, keyingi paytda Shoiraning bahosi sal 
pasaydi. Oyi si Habiba opa bundan tashvishga tushdi. 
Oldinlari ham u qizi ning o‘qishini ko‘p o‘ylar, maktab
-
dan tez-tez xabar olar, qizim darsiga qaray qolsin deb, 
uy yumushlariga ko‘pda alahsit-
masdi. Shoira ikki fandan «uch», 
«to‘rt» baho olib kelgan kuni Ha
-
biba opa unga dedi:
– Endi, qizim, hamma ishdan 
butkul ozodsan. Maktabdan tashqari 
vaqtlar u yoq-bu yoqqa borishni 
ham qo‘y. Faqat dar singga qara. 
Shoiraning dami ichiga tushdi. 
Qutbinikiga qandoq qilib borishni 
o‘yladi. «Ha, bo‘ldi, oyim yo‘g‘ida 


169
boraman», – dedi ichida. Ertasiga o‘qishdan keyin, 
oyisi ishdaligida Qutbinikiga borib keldi. Indiniga ham 
shunday qildi. Ammo tezda bu sir ochildi. 
Habiba opa bir kuni nima ham bo‘lib fabrikadan 
erta qaytdi. Qarasa, eshik qulf. Yon qo‘shnilardan 
so‘rasa, bilishmadi. Balki Qutbinikiga ketdimikin? Qut
-
biniki qayerda?
Habiba opa aniq bilmasdi. Avval maktabga bo
-
rib, Qutbilar turadigan yangi uy manzilini aniqlab oldi-
da, qo‘shni binoga qarab ketdi. Ikkinchi qavatga chiq
-
di. Qutbilarning uyini topdi. Eshikdan kirarkan, hang-u 
mang bo‘lib qoldi: egnida fartuk tutgan Shoira ter
-
lab-pishib kir chayib turibdi. Qutbi kirlarni ayvondagi 
arg‘amchiga yoyyapti, bir to‘da bolalar esa katta xona
-
da chug‘urchiqday g‘ujg‘on o‘ynayapti...
Habiba opa birpas baqraygancha qarab qolgach:
– Voy, uyni yolg‘iz tashlab bu yoqda... nima qilyap
-
san? – dedi Shoiraga.
Shoira bir zum dong qotib turdi, keyin oyisiga yer 
tagidan qarab:
– Siz... ishdan qaytguncha... – dedi-yu, u yog‘ini 
aytolmadi.
Shu chog‘ Habiba opaning ko‘zi ro‘paradagi xonada 
cho‘zilib yotgan kampirga tushdi, unga yaqinlashib sa
-
lomlashdi. Afti burishgan-qurishgan kampir arang qaddini 
ko‘tarib o‘tirdi-da, inqillagan ovozda:
– Iloyo baraka topsin qizingiz. Chaqqongina-lochingi
-
na ekan. O‘rtog‘iga mehribonlik qilib, og‘irimizni yengil
-
latyapti. Umri uzoq bo‘lsin. Siz ham maqsadingizga ye-
ting, bolalaringizning rohatini ko‘ring, – deb qaltiragan 
qo‘llarini yuziga surtdi.


170
Habiba opa hech narsa tushuna olmasa ham 
hayronli gini yashirdi, kampirdan hol-ahvol so‘radi. Kampir 
ko‘ngli bo‘shashib, hasratga tushdi: u yaqinda kelinidan 
ajralib, beshta go‘dak nevaralar bilan qolibdi, g‘amdan 
o‘zini oldirib qo‘yibdi. O‘g‘li esa ko‘proq safarda yurar
-
kan. 
Habiba opa ahvolni tushungandan keyin kampirni 
yupatgan bo‘ldi:
– Ko‘p g‘am yemang, buvijon. Birovning boshiga 
tashvish tushganda qarab turib bo‘ladimi!
Kutilmaganda u qizining yelkasini silab, dedi:
– Xafa bo‘lma, jon qizim. O‘rtog‘ingga qarashsang 
qarashgin-u, faqat darslardan orqada qolasanmi deb 
qo‘rqaman-da!
– Sira qo‘rqmang, oyijon! – dedi chehrasi ochilib 
Shoira va oyisini quchoqlab o‘pdi.
1. Shoira nima uchun o‘rtog‘inikiga borib, uy ishlariga 
yordam berishini oyisidan yashirdi?
2. Shoiraning qaysi fazilati sizga yoqdi? Hikoyadan 
Shoiraning fazilatlari tasvirlangan o‘rinlarni topib 
o‘qing.

Yüklə 3,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə