Toshkent «yangiyo‘l poligraf servis»



Yüklə 3,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/68
tarix07.03.2023
ölçüsü3,57 Mb.
#102055
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   68
www.idum.uz oqish 4 uzb 2017

BIR XURMACHA SHAVLA
Aka-uka Grimmlar
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir qizcha yashar 
ekan. Qizcha bir kuni o‘rmonga maymunjon olib kelish 
uchun boribdi. U yerda bir kampirni uchratib qolibdi va 
unga salom beribdi.
– Vaalaykum assalom, – debdi kampir qizchaga. – 
Men ga maymunjoningdan bersang-chi! 
– Marhamat, – debdi qizcha. 
Kampir maymunjonni yeb bo‘lib:
– Sen menga maymunjon berding, men senga bi
-
ron narsa sovg‘a qilaman. Mana senga xurmacha, sen 
faqat shuni aytishing kerak: «Bir, ikki, uch, xurmacha
-
da shavla pish». Shunda u shirin, mazali shavla pishi
-
ra boshlaydi. Shundan so‘ng aytasanki: «Bir, ikki, uch, 
pishirishdan kech». Shundan so‘ng xurmacha shavla 
pishirishdan to‘xtaydi.
– Rahmat, buvi, – debdi qizcha va xurmachani 
olib, uyiga – onasining oldiga ketibdi.
Onasi bu xurmachani ko‘rib juda suyunibdi. Bir kuni 
qiz uydan qayoqqadir ketibdi. Onasi bo‘lsa xurmacha
-
ni o‘z oldiga qo‘yib: «Bir, ikki, uch, Xurmachada shavla 
pish», – debdi. Xurmacha shav
-
la pishira boshlabdi. Ko‘p shavla 
pishiribdi. Onasi to‘yib-to‘yib yeb
-
di. Ammo u xurmachani shavla 
pishirishdan to‘xtatadigan sehrli 
so‘zni unutib qo‘yibdi. Xurmacha 
esa shavlani hadeb pishiraveribdi. 
Uy ham shavlaga to‘libdi, uyning 
tomi, hovli, hatto ko‘chalar ham 


190
shavlaga to‘lib ketibdi, u hamon to‘xtamay shavla pishi
-
raveribdi. Onasi juda ham qo‘rqib ketib, qizchasi hu
-
zuriga yugurib ketibdi. Lekin yo‘lda issiq shavla daryo 
bo‘lib oqqani uchun o‘tish juda qiyin ekan. Yaxshiyam 
qizchasi uydan uzoqda emas ekan. Qizcha ko‘chadagi 
voqeadan xabardor bo‘lib, darrov uyga yuguribdi. Juda 
qiyinchilik bilan kelib, eshikni ochibdi va: «Bir, ikki, 
uch, pishirishdan kech», – deb qichqiribdi. 
Shunda xurmacha shavla pishirishdan to‘xtabdi. 
Ammo xurmacha shunday shavla pishiribdiki, kim ning 
qishloqdan shaharga borishiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 
unga shaharga yetguncha bu shavla kifoya qilar ekan. 
Hech kim bundan shikoyat qilmabdi. Chunki shavla 
juda shirin va mazali ekan.
1. Kampir nima uchun qizchaga xurmacha sovg‘a qildi?
2. Qizning onasi sehrli so‘zlarni unutib qo‘yishi qanday
oqibatlarga olib keldi?

Yüklə 3,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə