Toshkent «yangiyo‘l poligraf servis»



Yüklə 3,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/68
tarix07.03.2023
ölçüsü3,57 Mb.
#102055
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   68
www.idum.uz oqish 4 uzb 2017

JAHON BOLALAR ADABIYOTI
BOLALAR GURUNGI
Hans Kristian Andersen
I
Bir badavlat savdogar bolalarga ziyofat berdi. Ziyo
-
fat kechasiga boy va dongdor xonadonlarning bolala-
rini taklif qildi. Savdogarning ishlari yurishib turgan, o‘zi 
ham o‘qimishli odam edi.
Uning «aslzodalar» va «ulug‘vor boyonlar»dan ta-
nish-bilishlari ko‘p edi. Shuningdek, na u va na bu 
mo‘tabar toifaga aloqasi bo‘lmagan kishilar bilan ham 
muomala qilar, tanish-bilish orttirar edi.
Xullas, uning uyida kattagina yig‘in bo‘ldi, lekin 
yig‘ilganlar faqat bolalar edi. Ular tinimsiz javrashar,
tillariga kelganini qaytarmay gapirishar edi. Bolalar 
orasida g‘oyat chiroyli, lekin o‘taketgan dimog‘dor bir 
qizcha ham bor ekan.
Qizchaning jismiga kibr-havo ataylab kiritilmagan, balki 
maqtov-e’zozlar bilan singdirilgan ekan. Yana kimlar deng, 
qizchaning ota-onasi emas, unga qaraydigan xizmatkorlar 
uni shunday «kasal»ga chalintirib qo‘yishgan ekan.
Qizchaning 
otasi 
kamer-yunker 
bo‘lgan 
ekan. 
Qizchaning tasavvurida bu «favqulodda muhim» unvon 
bo‘lib tuyulgan.
– Men kamer-yunker qiziman! – derdi u.
Qizcha boshqa bolalarga o‘zining «aslzoda»lardan 
ekanini, oqsuyaklar nasabidanligini uqtirib, kimki oddiy 
toifadan bo‘lsa, undan biror e’tiborli odam chiqmaydi, 
derdi. Har qancha o‘qima, intilma, o‘rganma – baribir 


187
qoning toza bo‘lmasa, aslzoda bo‘lmasang, hech narsa
-
ga erisha olmaysan, derdi.
– Familiyasi «sen» bilan tamomlanadigan kishilarni 
tilga olmasa ham bo‘laveradi – ulardan odam chiqmay
-
di! Biz – aslzodalar har qanday «sen»lardan nariroqda, 
qo‘lni belga qo‘yib, ularga qiyo boqmay turishimiz lozim. 
Biroq savdogarning qizi undan ranjib qoldi, nega 
desangiz, uning otasining familiyasi Massen edi. Mana 
shu zahoti u boshini ko‘tardi-da, shunday dedi:
– Mening otamni bilasanmi, otam yuzta bolaning 
hammasiga novvot sotib olishi yoki uni sochib tashlab 
yuborishi mumkin. Sening otang shunaqa qila oladimi?
– Mana, mening otam esa, – dedi bir yozuvchi ning 
qizchasi, – sening otang haqida, hozirgi dunyodagi ham
-
ma otalar haqida ham gazetaga yozishi mumkin. Oyim: 
«Hamma otangdan qo‘rqadi», – deydi. Axir gazeta 
uning aytganini qilar ekan-da. 
Shu so‘zlardan so‘ng qizcha takabburona kekkaygancha 
turib oldi, uning kibr-havosiga go‘yo olam torlik qilardi.
1. Bolalar o‘rtasida nima haqda munozara bo‘ldi?
2. Qaysi bolaning gapi sizga yoqmadi? Nima uchun?
II
Devor orqasida kambag‘al bir bola turgan ekan, u 
qiya ochiq turgan eshikdan astagina mo‘ralab bolalarga 
qaradi. Yumushini tugatgach, bolaga qiya ochiq eshik-
dan yasanib-tusanib olib, o‘yin-kulgi qilayotgan bola
-
larni tomosha qilishga ruxsat be rildi. Shuning o‘zi ham 
kambag‘al bola uchun katta baxt edi.
– Qani endi men shularning o‘rnida bo‘lsam! – dedi 
o‘zicha havasi kelib, biroq shu payt da u mahmadonalik 


188
qilayotgan qiz chalarning gap-so‘zlarini eshitib qoldi. Bola 
ular ning gapidan o‘sal bo‘lib, umidsizlikka tushishi mum
-
kin edi. Nega desangiz, bu bolaning ota-onasida or
-
tiqcha qora chaqa ham yo‘q edi-da, gaze taga obuna 
bo‘lishga kelganda, hech imkoni yo‘q edi. Bunday odam
-
lar gazeta nashr etishni loaqal xayoliga keltira olarmidi?! 
Lekin eng yomoni shundaki, otasining fami liyasi, demak 
uning o‘z familiyasi ham «sen» bilan tamom bo‘lardi. 
«Xullas, mendan hech qachon biror durust odam chiq
-
maydi! – deb o‘yladi kambag‘al bola. – Mana, baxtsizlik. 
Lekin mening tomirimdan chinakam toza qon aylanyapti! 
Bu haqda tortishib o‘tirishga o‘rin ham yo‘q!»
O‘sha kuni kechqurun bolalar gurungida mana shun
-
day gap-so‘zlar bo‘lib o‘tgan edi. Oradan ko‘p yil
-
lar o‘tib ketdi, o‘sha bolalar allaqachon ulg‘ayib, katta 
bo‘lishdi. Bu vaqtda o‘sha shaharda xazinalar liq to‘la 
bir uy paydo bo‘ldi. Hamma shu uyga kirishni, unda
-
gi mo‘jizalarni tomosha qilishni istardi, hatto bu yerga 
o‘zga shaharlardan ham odamlar kelishardi.
Xo‘sh, savdogar uyiga yig‘ilishgan o‘sha bolalardan 
qaysinisi endi bu mening uyim der ekan-a? Bunday 
qaraganda «falonchi aslzodaniki bo‘lishi mumkin», deb 
aytish turgan gap, lekin bunday emas. Ha, bu uy 
o‘sha kuni kechqurun oshxonada xizmat qilib, eshik-
dan mahmadonalik qilayotgan bolalarga qarayotgan 
kambag‘al bolaniki!
Ana o‘sha bolaning familiyasi «sen» bilan tamom 
bo‘lsa-da, lekin undan katta odam chiqdi.
1. Siz bolalarning o‘zaro suhbatidan qanday xulosa 
chiqardingiz?
2. Kambag‘al bolaning orzu-umidlari haqida gapiring.


189

Yüklə 3,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə