209
Niholchalar birdaniga: «Suv!!!» – deb baqirishga tu -
shishdi. Qaddi-qomati kelishgan novcha niholcha to‘-
satdan qo‘rqib ketdi: yo‘q, o‘zi uchun emas! Mayda
niholchalarga – ukalariga achinib ketdi. Bobokalonlari
ayt gan suv uchun, ozuqa uchun bo‘ladigan janglar-
ning eng og‘ir pallasi boshlanganga o‘xshaydi. Bun
-
day paytlarda
odamlar yordamga kelishmasa, nozik
niholchalar ning ko‘pchiligi nobud bo‘lib ketishi mumkin-
ku, axir! Nahotki, nahotki shunday bo‘lsa! Axir ular
tog‘ bag‘ridagi sersuv, bahavo adirlarda maza qilib
o‘sishayotgan edi, o‘z hollariga qo‘yib berishganda,
bu yerlarga majburan ko‘chirib ke lishmaganda, qanday
soz bo‘lardi-ya!
– Suv!!! – degan faryod ham
-
mayoqni qoplab ketgandek bo‘ldi
yana. Novcha niholcha shoshib
qoldi, nima qilishini, bir tomchi
suvga zor bo‘lib jon bera yotgan
nozik niholchalarga qanday yor
-
dam berishni bil masdi u.
Ertasiga
ertalab niholchalarning
ko‘plari uyg‘onmadi, tungi shab
-
namga yetolmay namozgar pal-
lasidagi dimlikda birin-ketin nobud
bo‘lishgan ekan...
Qaddi-qomati kelishgan novcha niholcha bu judo
-
likdan dahshatga tushdi-yu, lekin o‘zini yo‘qotmadi.
«Yo‘q, – deya chayqalib ketdi novcha niholcha, –
men o‘lmasligim kerak, men yashayman,
yashay
-
man!»
– Suv! – deb chinqirib yubordi...
210
Ko‘chadan shoshilib mashina lar o‘tib borardi. Chol
-
lar, kampirlar o‘tyapti. Yigitlar, qizlar o‘tyapti. Bolalar,
qizchalar o‘tyapti...
Novcha niholcha hamon ajal bilan olishib yotib
-
di. U kimdandir yordam kutgandek jovdirab atrofiga
qaray boshladi. «Meni bu yerga ekib, ketmonini as
-
faltda daranglatib sudrab ketgan bolalar kelib qol
-
masmikan», – deb yana bir bor ko‘cha
boshiga
ko‘z tashladi, yomg‘ir tomchilaridan umidvor bo‘lib,
bulut bo‘lmasa ham ko‘kka tikilib, uzoq qotib turdi...
Qaddi-qomati kelishgan novcha niholcha asta-sekin
o‘zidan ketib, allaqanday sehrli xayolot nash’asi bi
-
lan mast bo‘la boshladi, keyin o‘sha kun – haddan
tashqari qizdirib yuborgan 19-iyun kuni kunduz soat
oltilarda jon berdi.
1. Nihollar nima uchun nola chekishdi?
2. «Nola chekdi» iborasini qanday tushunasiz?
Dostları ilə paylaş: