174
– Massagetlar malikasi taklifimizni juda ustalik bi
-
lan rad etdi. Shahanshohingizga men emas,
yurtim ke-
rak deb, endi hech qachon turmush qurmasligini aytdi.
Sababi – o‘g‘li katta bo‘lib qolgan mish.
– Necha yoshda ekan?
– O‘n sakkizda, shahanshohim. Uni ko‘rdim, juda
kelishgan va bahodir yigit. Ismi Siparangiz.
Kurush atrofida o‘tirgan sarkardalar va mulozimlar
-
ga ko‘z yugurtirdi. Nigohi chekkada o‘tirgan mulozimga
qadaldi.
–
Sen nima maslahat berasan, Krez?
– Menga qolsa, bu xalq bilan yaxshi aloqa o‘rnatib,
orqaga qaytaylik, shahanshohim! Massagetlar jangovar
xalq
ekanini bildik, ularning yigitlaridan yaxshi qo‘shin
yollasa bo‘ladi. Agar ular bilan do‘st bo‘lsak...
Kurush Krezning gaplariga tan bersa-da, boshqa
maslahatchilar fikrini ham bilishni istadi.
– Sen ne deysan, Artabaz?
Sarkarda Artabaz bosiqlik ila javob qildi.
– Yana bir elchi yuborib ko‘rsak.
Taklifimiz yerda
qolsa, urush bo‘lishini tushuntirsak, shahanshohim!
Kurush bu taklifni ma’qulladi.
Massagetlar malikasi To‘maris forslar yuborgan elchi-
ning so‘zlarini tinglab bo‘lgach, unga o‘z javobini aytdi.
– Biz urushdan qo‘rqmaymiz va o‘z ona yerimizni
himoya qilamiz. Shohingga ayt.
1. Forslar hukmdori Kurushga massagetlar huzuridan
qaytgan elchi nimalar haqida hikoya qilib berdi?
2. Forslar massagetlar
yurtiga nima maqsadda hujum
qilmoqchi bo‘lganini izohlang.