Transformatorlarning tuzilishi va ishlash tamoyili asosiy tushunchalar



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə6/7
tarix26.10.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#131349
1   2   3   4   5   6   7
Transformatorlar.

94-rasm. Magnitlovchi tok egri chizig‘ini yasash (a) va uni tashkil etuvchilarga ajratish (b).
Tok ior ning egri chizig‘ini tashkil etuvchilarga ajratsak (94-rasm, b), bu tokda asosiy (birinchi) garmonika ior 1 dan tashqari uchinchi ior3 garmonika ham yaqqol ifodalanganligini ko‘ramiz. Masalan, yuqori egrilangan po‘latdan yasalgan magnit o‘tkazgichli transformatorda induksiya V = 1,4 t l bo‘lganda, uchinchi garmonika magnitlovchi tok asosiy garmonikasining taxminan 30% ini tashkil etadi. Yuqorida aytilganlar salt ishlash tokining reaktiv tashkil etuvchisigagina taalluqlidir, chunki uning aktiv tashkil etuvchisi or sinusoidal bo‘ladi. Lekin ior odatda salt ishlash tokining 10 foizidan oshmaydi, shuning uchun salt ishlash tokining egri chizig‘i 94-rasm, b da ko‘rsatilgan egri chiziqdan farq qilmaydi, deb qabul qilsak, katta xato qilmagan bo‘lamiz. Umumiy holda uch fazali chulg‘amning EYKlari va toklari sinusoidal emas va asosiy (birinchi) garmonikadan tashqari yuqori garmonikalari ham bo‘ladi; ulardan chastotasi f3=3t1 bo‘lgan uchinchi garmonika eng katta qiymatga ega. Uchinchi garmonika EYKlari uchun quyidagi tenglamalarni yozish mumkin.

Bu tenglamalardan ko‘rinib turibdiki, uchinchi garmonika EYKlari barcha fazalarda o‘zaro teng va faza jihatdan bir-biriga mos. Uchinchi garmonika EYKning uch fazali transformator ishiga taʼsiri chulg‘amlarining ulanish sxemasiga bog‘liq bo‘ladi. Agar uch fazali transformatorning birlamchi chulg‘amlari yulduz usulida ulangan bo‘lsa, uchinchi garmonikaning faza EYKlari uchinchi garmonikaning liniya EYKlarini hosil qilmaydi. Bunga sabab shuki, yulduz usulida ulanganda liniya EYKlari tegishli faza EYKlarining ayirmasiga teng bo‘ladi. Uchinchi garmonikaning faza EYKlari barcha fazalarda yo‘nalish jihatdan bir-biriga mosligi va istalgan paytda nolinchi nuqtaga yoki nolinchi nuqtadan yo‘nalganligi uchun (95-rasm, a), bu EYKlardan istalgan juftining ayirmasi nolga teng bo‘ladi.


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə