Transformatorlarning tuzilishi va ishlash tamoyili asosiy tushunchalar



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə5/7
tarix26.10.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#131349
1   2   3   4   5   6   7
Transformatorlar.

Nazorat sinov savollari:

  1. Qaysi hollarda uch fazali transformatorlar qo‘llaniladi?

  2. Transformatorlar asosan qanday usullarda ulanadi?

  3. Transformatorlarning chiziqli kuchlanishi nisbati nimalarga bog‘liq

TRANSFORMATORLAR MAGNITLANGANDA VUJUDGA KELADIGAN HODISALAR
Transformatorning birlamchi chulg‘amiga sinusoidal kuchlanish berilgan deb faraz qilaylik. Bunda magnit o‘tkazgichdagi oqim ham sinusoidal bo‘ladi:

Lekin magnitli to‘yinish tufayli magnitlioqim magnitlovchi tokka proporsional bo‘lmaydi, shuning uchun oqim Ф sinusoidal bo‘lganda magnitlovchi tok ior sinusoidal bo‘lmaydi. Tok egri chizig‘i ior = f(t) ning shaklini aniqlash uchun magnit o‘tkazgichning magnitlanish egri chizig‘idan va oqimning o‘zgarish grafigidan Ф = f(t) foydalanamiz. 94-rasmda magnitlovchi tok grafigi ior=f(t)ni qurish yo‘li ko‘rsatilgan. Bunda yuqorigi chap kvadratda sinusoidal egri chiziq Ф = f(t), yuqorigi o‘ng kvadratda esa magnit o‘tkazgich materialining magnitlanish egri chizig‘i Ф = f(ior) ko‘rsatilgan. Pastki o‘ng kvadratda joylashgan salt ishlash magnitlovchi tokining grafigi ior = f(t) ni olish uchun quyidagicha ish yuritiladi. Ф = f(t) grafikda bir necha nuqtalar (1, 2, 3) tanlab olinadi, ular magnitlanish egri chizig‘iga proyeksiyalanadi va magnitlovchi tokning magnitli oqimning tanlangan qiymatlariga mos keladigan qiymatlari aniqlanadi. So‘ngra, ior o‘qida 1, 3 va 2 nuqtalar orqali pastki o‘ng kvadratga vertikal chiziqlar o‘tkazib, ularni shu kvadratdagi vaqt o‘qida 1, 2 va 3 nuqtalar orqali o‘tkazilgan gorizontal chiziqlar bilan kesishguncha davom ettiriladi va magnitlovchi tok egri chizig‘i ior = f(t) nuqtalarining geometrik o‘rni topiladi. Bu yasashlardan ko‘rinib turibtiki, Ф = f(t) egri chiziq sinusoidal shaklda bo‘lganda magnitlovchi tok egri chizig‘i cho‘qqisimon bo‘ladi. Yasashlarni soddalashtirish maqsadida biz gisterezisni hisobga olmay qurilgan magnitlanish egri chizig‘i Ф = /(ior) dan foydalandik.


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə