Transformatorlarning tuzilishi va ishlash tamoyili asosiy tushunchalar


TRANSFORMATORNING ALMASHTIRILGAN ELEKTR SXEMASI



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə4/7
tarix26.10.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#131349
1   2   3   4   5   6   7
Transformatorlar.

TRANSFORMATORNING ALMASHTIRILGAN ELEKTR SXEMASI
Elektromagnitli jarayonlarni tekshirishni va transformatorlarni hisoblashni osonlashtiradigan vositalardan yana biri keltirilgan transformatorning almashtirilgan elektr sxemasidan foydalanishdir.

91-rasm. Keltirilgan transformator: a – ekvivalent sxemasi; b – almashtirish sxemasi.
91-rasm, a da keltirilgan transformatorning ekvivalent sxemasi ko‘rsatilgan, unda g va x qarshiliklar shartli ravishdya tegishli chulg‘amlardan chiqarilib, ularga ketmaket ulangan (5)da shu narsa aniqlangan ediki, keltirilgan transformatorda K = 1 bo‘ladi, shuning uchun bu transformatorda birlamchi va ikkilamchi EYKlar o‘zaro teng (£1 = £). Shu sababli A va a nuqtalarning, shuningdek, keltirilgan transformatordagi X va x nuqtalarning potensiallari bir xil bo‘ladi; bu hol keltirilgan transformatorning almashtirilgan T-simon sxemasini (91-rasm, b) olib, ko‘rsatilgan nuqtalarni elektr jihatdan tutashtirishga imkon beradi. Bu sxema keltirilgan transformatorning EYK va toklar tenglamasini qanoatlantiradi. Almashtirish sxemasida yuklama qarshiligining qiymatini o‘zgartirish yo‘li bilan transformatorning barcha ish rejimlarini tiklash mumkin. Almashtirilgan sxemaning X ya dan boshqa barcha parametrlari o‘zgarmas kattaliklar bo‘lib, ularni salt ishlash tajribasidan yoki qisqa tutashish tajribasidan aniqlash mumkin.
Nazorat sinov savollari:

  1. Transformatorning almashtirilgan elektr sxemasini tushuntirib bering.

  2. Qaysi yo‘l bilan transformatorning barcha ish rejimlarini tiklash mumkin?

UCH FAZALI TRANSFORMATOR.
Uch fazali tokni transformatsiya qilish uchun bir fazali transformatorlarni qo‘llash mumkin. 92-rasmda transformator guruhlarini ulash sxemasi keltirilgan. Ularning o‘ramlarini yulduzcha yoki uchburchak shaklida ulash mumkin. Amalda uch fazali transformatorlar qo‘llaniladi. Uch fazali transformatorlarning yuqori kuchlanish tomonidagi o‘ramlarning uchlarini A, B, S bilan, oxirlarini X, Y, Z bilan belgilanadi. Ikkinchi o‘ramlarning uchlari a, b, s bilan, oxirlari esa x, y, z bilan belgilanadi. Transformatorlarda, asosan, uchburchak va yulduzchali ulanish usullari qo‘llaniladi. Uch fazali transformatorlarning birinchi va ikkinchi o‘ramlari yulduzcha shaklida ulanishi eng arzon va sodda hisoblanadi, chunki ularning har bir o‘rami va izolatsiyasi (neytrali yerga ulanganda) faqat fazali kuchlanishga va chiziqli tokka hisoblangan bo‘ladi. Transformatorlarning pastki kuchlanishi tomonida iste’molchilarga neytral simi kerak bo‘lmasa, u holda yulduzchauchburchak ulanishdagi katta quvvatli transformatorlar ishlatiladi. Transformatorlarning chiziqli kuchlanishi nisbati uning o‘ramlarining ulanish turiga bog‘liq.


93-rasm. Transformator baki: 1 – bak; 2 – radiator; 3 – past kuchlanish izolatori; 4yuqori kuchlanish izolatori; 5 – yog‘ hajmi kengayishi uchun bak.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə