VI. Tarmoqni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan davlat xarajatlarini bosqichma-bosqich diversifikatsiya qilish
46.
|
O‘rta muddatli budjet dasturlarini samarali amalga oshirish maqsadida xalqaro texnik ko‘mak mablag‘laridan foydalanish imkoniyatlarni oshirish bo‘yicha dasturlarni joriy etish.
|
2021-yil IV chorak
|
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi
|
47.
|
Qishloq xo‘jaligi sohasida soliqqa tortish tizimi tahlilini o‘tkazish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilariga soliq yukini kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
|
2021-yil III chorak
|
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi
|
48.
|
Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan kapital qo‘yilma va ichki xo‘jalik xizmatlari hamda tarkibiy o‘zgarishlarni jadallashtirishga qaratilgan imtiyozli kreditlardan boshlab qo‘llab-quvvatlashning kompleks choralarigacha bo‘lgan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘llab-quvvatlash dastaklari nomenklaturasini kengaytirish.
|
2021-yil IV chorak
|
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi
|
VII. Qishloq xo‘jaligida ilm-fan, ta’lim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish
|
49.
|
Respublika, hududiy va mahalliy miqyosida fermer xo‘jaliklari, agrobiznes uchun bilimlarni tarqatish bilan shug‘ullanadigan axborot-maslahat xizmatlarini rivojlantirish. Bunda kuyidagilarni nazarda tutish:
agrar tadbirkorlik subyektlari uchun joriy maslahat xizmatlarini baholash va normativ-huquqiy bazani tahlil qilish;
moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish, shu jumladan, xususiy sektor tomonidan moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirish;
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga tadqiqotlar natijalarini yetkazish va innovatsiyalarni joriy etishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish.
|
2021-yil II chorak
|
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
|
50.
|
Mamlakatning barcha hududlarida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida axborot-maslahat tizimlarini joriy etish.
|
2021-yil I chorak
|
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi va viloyatlar hokimliklari
|
|