Tsz: Iqtisodiyot / Qishloq xo‘jaligi] O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning


VIII. Qishloq hududlarini rivojlantirish



Yüklə 446,41 Kb.
səhifə10/27
tarix28.11.2023
ölçüsü446,41 Kb.
#133900
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27
PF-5853 23.10.2019

VIII. Qishloq hududlarini rivojlantirish
Mamlakat aholisining qariyb 16,4 millioni (jami aholining 49,4 foizi) qishloq hududlarida istiqomat qiladi (2018-y.). Mamlakatda tug‘ilish darajasi yuqori (23,3 promille) va shunga mos ravishda qishloq joylarida ortiqcha ishchi kuchi mavjud. 25 yoshgacha bo‘lgan odamlar aholining 45,5 foizini, 30 yoshgacha bo‘lganlar esa 55 foizdan ko‘prog‘ini tashkil etadi.
Qishloq hududlarida davlat xizmatlari, shuningdek transport va axborot-kommunikatsiya aloqalari darajasi pastligicha qolmoqda. Hududiy ehtiyojlarni batafsil baholashga asoslangan va raqobat afzalliklarini hisobga olgan holda kompleks strategiya va dasturlarni ishlab chiqish talab etiladi.
Agrar sektorda amalga oshirilayotgan qo‘llab-quvvatlash choralari aksariyat hollarda to‘g‘ridan to‘g‘ri fermerlar va boshqa qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga yo‘naltirilgan.
Xorijiy mamlakatlar bo‘yicha ma’lumotlar tahlil qilinganida, qishloq hududlarining iqtisodiy taraqqiy etishi qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bilan bevosita bog‘liqligi va shundagina muvaffaqiyatga erishilishi, mahallalarning muhim ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etishga yo‘naltirilgan subsidiyalarga asoslangan islohotlar samarasiz ekanligi kuzatildi.
Iqtisodiyot va sanoat vazirligining muvofiqlashtiruvi ostida amalga oshirilayotgan qishloqlarni rivojlantirish dasturlari, asosan, hududiy iqtisodiy nomutanosiblikni bartaraf etishga qaratilgan bo‘lib, yirik shahar markazlari foydasi uchun, qishloq aholisining kichik bir qismi — fermerlar va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanadigan boshqa tadbirkorlar sektori tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi, biroq qishloq mahallalari chetda qolmoqda.
Qishloq hududlarini barqaror rivojlanishini ta’minlash mazkur ustuvor yo‘nalishning asosiy maqsadi bo‘lib hisoblanadi.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilanadi:
qishloq hududlarini rivojlantirish sohasida davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish;
qishloq hududlarini rivojlantirish uchun real ehtiyojlarni batafsil baholashni olib borish;
qishloq mahallalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va manfaatlarini himoya qilish hamda qarorlar qabul qilishni nomarkazlashtirish maqsadida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;
noqishloq xo‘jaligi korxonalarini tashkil etish va rivojlantirish, mahalla fuqarolar yig‘inlarining mavjud imkoniyatlarini safarbar qilish hamda mahalla fuqarolari, agrar tadbirkorlik, fuqarolik jamiyati institutlari va davlat organlari o‘rtasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun grant mablag‘lari va investitsiyalarni jalb etishning shaffof mexanizmini ishlab chiqish va tajriba tariqasida amalga oshirish;
qishloq hududlarini rivojlantirish milliy dasturini ishlab chiqish.

Yüklə 446,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə