|
[tsz: Iqtisodiyot / Standartlashtirish. Sertifikatlash]-modda. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari
|
səhifə | 6/26 | tarix | 02.04.2023 | ölçüsü | 476,28 Kb. | | #104052 |
| O‘RQ-819 27.02.202310-modda. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari (bundan buyon matnda vakolatli davlat boshqaruvi organlari deb yuritiladi) o‘z vakolatlari doirasida:
maxsus vakolatli davlat organiga texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlarining loyihalari bo‘yicha takliflar kiritadi;
texnik reglamentlarning ishlab chiqilishini ta’minlaydi;
texnik reglamentlarni qo‘llash bo‘yicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilishini ta’minlaydi va ularni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalarini tashkil etadi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilgan texnik reglamentlarni ekspertizadan o‘tkazadi;
texnik reglamentlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qilish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
texnik reglamentlar talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
texnik reglamentlarning ma’lumotlar bazasini shakllantirishda ishtirok etadi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
Vakolatli davlat boshqaruvi organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
11-modda. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatlari
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari o‘z vakolatlari doirasida:
maxsus vakolatli davlat organiga texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlarining loyihalari bo‘yicha takliflar kiritadi;
texnik reglamentlar va ularni qo‘llash bo‘yicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilishini amalga oshiradi;
texnik reglamentlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qilish haqida takliflar tayyorlaydi;
texnik reglamentlarning ma’lumotlar bazasini shakllantirishda ishtirok etadi;
texnik reglamentlarga rioya etilishi ustidan nazoratni qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |
|
|