|
[tsz: Iqtisodiyot / Standartlashtirish. Sertifikatlash]-modda. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari
|
səhifə | 4/26 | tarix | 02.04.2023 | ölçüsü | 476,28 Kb. | | #104052 |
| O‘RQ-819 27.02.20237-modda. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
texnik jihatdan tartibga solishning iqtisodiyotni, moddiy-texnika bazasini rivojlantirish darajasiga, shuningdek ilmiy-texnik jihatdan rivojlantirish darajasiga muvofiqligini ta’minlash;
mazkur sohani rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
mazkur sohani xalqaro (mintaqaviy) standartlar bilan uyg‘unlashtirish;
ilg‘or innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish;
xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
8-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlarini belgilaydi va ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining muvofiqlikni baholashga doir faoliyatini muvofiqlashtiradi;
texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturini tasdiqlaydi;
texnik reglamentlarni tasdiqlaydi, ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritadi, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qiladi;
muvofiqlikni baholash organini tayinlovchi (notifikatsiya qiluvchi) organni belgilaydi, uning faoliyati sohasini va vazifalarini tasdiqlaydi;
axborot markazini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi, texnik reglamentlar, standartlar, muvofiqlikni baholash tartib-taomillari to‘g‘risida xabardor qilish tartibini belgilaydi;
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshirilgan muvofiqlikni baholash natijalarining O‘zbekiston Respublikasida tan olinishi tartibini tasdiqlaydi;
majburiy davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan, xavf darajasi yuqori bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxatini tasdiqlaydi;
muvofiqlikni baholash qoidalarini, muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyalarni ro‘yxatdan o‘tkazish, ularning amal qilishini to‘xtatib turish, qayta tiklash, tugatish tartibini belgilaydi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalarining faoliyat yuritish tartibini belgilaydi;
davlat nazorati organlarining vakolatlarini, ularning davlat nazoratiga doir faoliyatini muvofiqlashtirish tartibini, shuningdek davlat nazorati organlarining akkreditatsiya organi bilan hamkorligi tartibini tasdiqlaydi;
tegishli cheklovchi choralarni ko‘rish tartibini, xavfni baholash mezonlarini tasdiqlaydi;
yuqori xavf tug‘diradigan mahsulot to‘g‘risida tezkor ravishda o‘zaro xabar berish tizimining faoliyat ko‘rsatish tartibini tasdiqlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |
|
|