Tuproqqa asosiy ishlov


rasm. Ponaning tuproq zarrachasiga bo‘lgan ta’sir kuchlari



Yüklə 197,92 Kb.
səhifə4/5
tarix23.12.2023
ölçüsü197,92 Kb.
#157748
1   2   3   4   5
Ekin ekiladigan yerlarni joriy va kapital tekislash yo`llarini va mashinalarni organish

rasm. Ponaning tuproq zarrachasiga bo‘lgan ta’sir kuchlari.


Buni tushunish uchun 5 - rasmdagi tezlik V yo‘nalishida siljib ketayotgan α
burchakli pona ustidagi m tuproq zarrachasiga ta’sir etayotgan normal bosim N ni ponaning ishchi yoni AB va harakat yo‘nalishi V bo‘ylab bo‘laklarga ajratib, Nv va C kuchlarini topamiz.
m zarrachasiga normal N bosimidan tashqari ishqalanish kuchi F ham ta’sir etadi. N va F kuchlarining yig’indisi R kuchi normal yo‘nalishdan ishqalanish burchagi ga og’ishgan bo‘ladi.
α burchagining miqdoriga qarab tuproqning pona yoni bo‘ylab yuqoriga siljishi (plug korpusi lemexida, kultivatorning o‘qyoysimon tishida...) yoki pona oldida uyumlanib to‘planib (buldozer pichog’ida, kultivatorning yumshatuvchi tishida...) uning V tezligi yo‘nalishida surilishi mumkin.
Agar Nt>Fmax bo‘lsa, tuproq pona bo‘ylab yuqoriga siljiydi. Nt=N tg (π\2 - α) va Fmax=N tgφ ekanligi e’tiborga olinsa (bu yerdagi φ — tuproqning ponani AB yoni bo‘yicha ishqalanish burchagi):


Ntg(π\2- α) >N tgφ yoki π\2- α >φ yoki α <π\2- φ (5)

bo‘lishi kerak.


(5) formula sharti bajarilsa, tuproq yuqori tomonga siljiydi, aks holda tuproq pona ta’sirida ilgari suriladi. Bu holni paxta terish apparatining shox ko‘targichini, g’alla kombayni o‘rgichining bo‘lgichini, kartoshka kovlagichining lemexini loyihalashda ham e’tiborga olish kerak.
Egri sirtli pona (4- b rasm) ning ishchi yoni AB ga har xil balandlikda urunma o‘tkazilsa, ular harakat yo‘nalishi V ga turli α1, α2, α3…. αn burchak bilan engashtirilganligi aniqlanadi. Ko‘pincha α1≤ α2≤ α3…qabul qilinsa, egri chiziqli ponaga ko‘tarilayotgan qatlam uzluksiz deformatsiyalanib, jadal maydalanadi. Bu xususiyati bilan uch yonli pona yassi ponadan tubdan farq qiladi.

Lekin (4) formulaga binoan, agar o‘rtacha φ = 260 qabul qilinsa, α<64° bo‘lishini ta’kidlash mumkin (amalda α= 50° qabul qilinadi).Yassi ponaning tuproq palaxsasiga ta`siri uning harakat yo‘nalishiga o‘rnatilish tartibiga bog’liqdir. Buni tushunish uchun 6 - rasmdagidek tuproq palaxsasiga ketma-ket


uchta yassi ponaning ta`siri tahlil qilinadi. Masalan 6-a rasmdagidek, ishchi AB yoni harakat yo‘nalishi Vga α burchagi ostida joylashgan pona a qalinligidagi tuproq palaxsasiga ta`sir etsa, uni asosiy yerdan ajratib olib yuqoriga ko‘taradi. Agar AB yoni V ga nisbatan γ burchagiga engashtirilgan pona palaxsaga ta`sir etsa (6-b rasm) tuproqni yon tomonga surib tashlaydi.
α va γ burchakli ponalar birgalikda ta’sir etsa, palaxsa ta’sir boshida ikki tomonga deformatsiyalanadi, keyinchalik esa bu burchaklar o‘zgarmas bo‘lganligi sababli, maydalanishi to‘xtaydi. Deformatsiyani uzluksiz davom ettirish maqsadida tuproqqa α va γ burchaklari ko‘payib boradigan bir nechta ponalarning ketma-ket ta’sir etishi talab qilinadi, ya’ni egri chiziqli pona ta’sir etishi kerak. Ishchi AV yoni harakat yo‘nalishi V ga burchagini hosil qiladigan pona ta’sirida palaxsa bir marta buriladi, qo‘yadi. Agar burchaklari 90° gacha va undan ko‘proq o‘zgaradigan bir nechta ponalar palaxsaga ketma-ket ta’sir etsa, ya’ni egri chizikli pona hosil bo‘lsa, tuproq palaxsasi yon tomonga ag’dariladi.Deformasiyani uzluksiz davom ettirish maqsadida tuproqqa α, va γ burchaklari ko‘payib boradigan bir nechta ponalarning ketma-ket ta`sir etishi talab qilinadi, ya`ni egri chiziqli pona ta`sir etish kerak.


      1. Yüklə 197,92 Kb.

        Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə