Tuproqqa asosiy ishlov



Yüklə 197,92 Kb.
səhifə2/5
tarix23.12.2023
ölçüsü197,92 Kb.
#157748
1   2   3   4   5
Ekin ekiladigan yerlarni joriy va kapital tekislash yo`llarini va mashinalarni organish

Ag’darish — tuproq palaxsasining pastki va ustki qatlamlarini bir-biriga nisbatan o‘zgartirishdir. Botqoqlik va chim bosgan yerlarda palaxsani gorizontal o‘q atrofida 180° ga burib, to‘liq to‘ntariladi (2- a rasm). Har yili shudgorlanadigan, ya’ni madaniylashtirilgan yerlarda esa palaxsani 130°- 140° gacha burib ag’dariladi (2-b rasm).
Ayrim vaziyatlarda, begona o‘tlarni chuqur ko‘mib yo‘qotishda palaxsadagi tarkibi turli xil bo‘lgan qatlamlarning joyini o‘zaro almashtirib, tuproqning unumdorligini oshirishda yoki ko‘p yarusli shudgorlashdan foydalaniladi (2- e rasm). Bu usulda palaxsani yaxlit ko‘rinishda emas, balki bir nechta qatlamlarga bo‘lish, agronom tayinlagan tartibda ularning joylarini almashtirib shudgorlash ishlari bajariladi.
Yumshatish - yaxlit qatlamni kesakchalarga maydalab, tuproqning g’ovaklarini ko‘paytirishdir. Bunda tuproqning dastlabki hajmi ko‘payib, havo va suvning harakatlanishi yaxshilanadi.
Zichlash — yumshatishga teskari jarayon bo‘lib, uning natijasida tuproqdagi g’ovaklar kamayib, kapillyar kanallari tiklanadi va suvning bug’lanishi kuchayadi.


2-rasm. Tuproqqa asosiy ishlov berish sxemasi:


a-palaxsani to‘ntarish; b-palaxsani ag’darish;d – chimqirqar bilan madaniy shudgorlash; e yaruslab shudgorlash.

Tekislash — dala yuzasidagi notekisliklarni yo‘qotib, urug’ni sifatli ekish, keyinchalik esa bir tekis sug’orish uchun sharoit yaratishdir.
Shunday qilib, ma’lum tartibda bajarilgan bir nechta operatsiyalar texnologik jarayonni tashkil qiladi. Ko‘pincha, mashinaning bitta ishchi qismi muayyan texnologik jarayonni bajaradi.
Masalan, shudgorlash texnologik jarayonini bajarayotgan plug korpusi tuproq palaxsasini tubidan va yon tomonidan (shudgor devori bo‘ylab) kesib oladi, ag’daradi, yumshatadi va aralashtiradi. Yerni shudgorlash, chuqur yumshatish, ang’iz va chimli dala yuzasini sayoz yumshatish, kultivatsiyalash, tirmalash, zichlash, frezalash kabi texnologik jarayonlar keng tarqalgan.
Bir nechta texnologik jarayonlar majmuasi tuproqqa ishlov berish tizimi deyiladi. Masalan, tuproqqa ishlov berishning asosiy (chuqur) va qo‘shimcha (sayoz) tizimlari mavjuddir. Asosiy ishlov berish ikki ko‘rinishda - tuproq palaxsasini ag’darib hamda ag’darmasdan shudgorlab bajariladi. Qo‘shimcha ishlov berish esa ekishdan oldingi va ekishdan keyingi turlarga bo‘linadi.

Yüklə 197,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə