H.
Х
.
Т
ursunov.
Т
uproqshunoslik
101
zarrachalar
esa
tuproqning
agronomik
va
meliorativ
holatini
yomonlashtiradi.
O‘tkazilgan tajribalar (M.E.Volni, P.A.Kostichev, P.F.Barakova,
A.G.Doyarenko, V.R.Vilyams, K.K.Gedroys) ko‘rsatkichi tuproqning
donadorligi yuqori haydalma gumusli qatlamning yumshoqligini yaxshilab,
o‘simlik ildizlarining rivojlanishiga imkoniyat yaratadi. O‘simlik urug‘lari
tez unib chiqadi,
rivojlanadi, havo va suv o‘tkazuvchanlik qobiliyati
oshadi, qatqaloqlanish jarayoni ro‘y bermaydi. Donadorligi yaxshi
tuproqlarda eroziya rivojlanishining oldi olinadi.
Olimlarning fikricha, tuproq donadorligining hosil bo‘lishi va oshishi
fizik-mexanik, fizik-
kimyoviy, kimyoviy, biologik jarayonlarga bevosita
bog‘liq. Fizik-mexanik jarayon tuproqdagi bosimning oshishiga bog‘liq,
ya’ni o‘simlik ildizlarining rivojlanishi, tirik jonivorlar harakati,
tuproqni
namlanganda uning bo‘kishi va quriganda siqilishi natijasida yoriqlar, turli
o‘lchamdagi agregatlar hosil bo‘ladi. Tuproqning muzlashi va erishi,
traktorlar bilan yerga ishlov berish natijasida ham donadorlik hosil bo‘lishi
mumkin.
Fizik-kimyoviy jarayonlarning rivojlanishida loy va kolloid
zarrachalarning koagulyatsiyasi va peptizatsiyasi katta ahamiyatga ega.
Donadorlikning hosil bo‘lishi organik va mineral kolloidlarning tabiatiga
bog‘liq. Ayniqsa, gumus moddalaridan tashkil topgan donadorlik turg‘un
hisoblanadi.
Tuproqda yemirilish
jarayonida kalsiy karbonat, magniy silikati,
temir hosil bo‘lsa, bu elementlar zarrachalarning sementlashib, suvga
chidamli mikroagregat donachalarini hosil qiladi. Bundan tashqari, tuproq
tarkibidagi gips, natriy xlorid va sulfat
birikmalari ham kimyoviy
donadorlikni rivojlantiruvchi omil hisoblanadi.
Mikrobiologik jarayonlar, ya’ni mikroorganizmlar, bakteriyalar,
zamburug‘lar, aktinomitsetlar o‘z chiqindilari va tanasidagi moddalar ham
tuproq donadorligini oshirishi mumkin. V.R.Vilyams tuproq donadorligini
oshirishda, aerob va anaerob mikroorganizmlarning
roli kattaligini
ko‘rsatib berdi. Chuvalchanglar ham organik va mineral zarrachalarni
o‘zidan o‘tkazib, ekskrimentlari bilan tuproq donadorligini oshiradi.
Tuproq donadorligini oshirish imkoniyatlari, asosan, kimyoviy,
fizik-
mexanik va biologik usullardan iboratdir. Kimyoviy polimerlar yordamida
va almashlab ekishni joriy etish usullari orqali ham tuproq donadorligini
yaxshilash mumkin.