H.
Х
.
Т
ursunov.
Т
uproqshunoslik
100
aniqlanib, bir necha qismga bo‘linadi: 1) oquvchanlik chegarasi yuqori
nuqta bo‘lib, sernam tuproq loyiga metall (76 g) konus 10 sm
chuqurlikkacha o‘z og‘irligni bilan tushadi; 2) quyi plastiklik chegara,
loyni kaftda yumalatganda d=3 mm shnur hosil qilib yorilmaydi; 3) yuqori
va quyi plastiklik farqi. Tuproq plastikligi namlik, mexanik va mineralogik
tarkibga bog‘liq.
Tuproqning
ilashimligi
deganda, tuproqning ishlov berish
mexanizmlariga yopishish xususiyati nazarda tutiladi, u ham tuproqning
mexanik, mineralogik, kimyoviy tarkibi va namlik bilan bog‘liq. Tuproq
ilashimligining fizik yetilish mehyorida qishloq xo‘jalik mexanizmlari
bilan yerga ishlov berish osonlashadi.
Tuproq sharoiti, tarkibi va mexanik xususiyatlariga binoan bo‘kishi
va cho‘kishi tufayli joyning relyefi o‘zgarib, past va balandliklar hosil
bo‘lishi natijasida yerga ishlov berishda bir qancha qiyinchiliklarni keltirib
chiqaradi.
Tuproqning fizik-mexanik xususiyatlarini dehqonchilikda ishlov
berishda, ko‘p qavatli korxonalar va turar joylar, yo‘l va aeroportlar,
gidrotexnik inshootlar: kanallar, suv omborlari qurishda, irrigatsiya va
boshqa meliorativ qurilishlarda hisobga olish maqsadga muvofiq.
Dostları ilə paylaş: