Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин



Yüklə 5,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/129
tarix19.12.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#150952
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   129
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

 
Sinov savollari: 
1.
Moddalarning katta geologik doira bo‘ylab aylanish qonuniyatlarini 
tushuntiring? 
2.
Tog‘ jinslari va minerallarning yemirilishi qanday kechadi? 
3.
Yemirilish qobig‘i nima? 
4.
Suv, uglerod, azot, fosfor, oltingugurt va boshqa moddalarning katta 
geologik doira bo‘ylab aylanishini tushuntiring? 
5.
Moddalarning geologik doira bo‘ylab aylanishini boshqarish va 
muvozanatda saqlab turishning ahamiyati qanday? 
 
23-bob. Kichik biologik doira bo‘ylab harakat qiladigan kimyoviy 
moddalarning tuproq hosil bo‘lishidagi ahamiyati 
Kichik biologik doira bo‘ylab modda almashishida ishtirok etuvchi 
oziqa elementlari tarkibiga azot, fosfor, kaliy, biofil va o‘simlik kuli 
tarkibiga kiruvchi moddalarni olish mumkin (18-rasm). 
S.A.Kudrin fosforning Andijon viloyati agrotizimidagi yillik 
balansini o‘rgangan olimdir. G‘o‘za va beda yetishtirilayotgan yerga 150 
kg/ga fosfor o‘g‘iti solindi. Shundan g‘o‘za rivojlanib, hosil olingan 
davrgacha 97 kg/ga, beda esa 23 kg/ga fosforni tuproqdan o‘zlashtirgan. 


H.
Х
.
Т
ursunov. 
Т
uproqshunoslik 
112 
Jami 120 kg/ga fosfor har ikkala o‘simlik tomonidan iste’mol qilingan. 
Foydalanilmay qolgan fosfor o‘g‘iti 30 kg/ga dan iborat. Tuproq tarkibiga 
qaytarilgan fosfor balansida: g‘o‘zaning qoldig‘i (bargi, ildizlari) bilan 15 
kg/ga, bedaning ildizlari orqali tuproqqa 5 kg/ga, go‘ng bilan 19 kg/ga 
qaytarilgan. Tuproq tarkibidan esa fosforning 82 kg/ga paxta hosili bilan, 
chorvachilik mahsulotlari bilan 0,2 kg/ga, go‘ng tarkibida isroflanish 8 
kg/ga, jami 90,2 kg/ga sarf etilgan. Yillik jarayonda tuproq tarkibidagi 60 
kg/ga fosfor qolib, karbonatli birikmalar bilan reaksiyaga kirishib, o‘simlik 
ololmaydigan moddalar holatiga o‘tib ketgan.

Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə