H.
Х
.
Т
ursunov.
Т
uproqshunoslik
111
hosil qiladi, 3) gidroliz zonasi va oxirgi yuvilish bosqichi hosil bo‘ladi, 4)
yuza zona, ya’ni gidroliz jarayonida
oxirgi mahsulot oksidlar va
gidrooksidlar hosil bo‘ladi. Bu qatlamlarning qalinligi turlicha bo‘ladi.
Yemirilish jarayoni fizik (mexanik), kimyoviy va biologik kabi
toyifalarga bo‘linadi. Fizik yemirilishda tog‘
jinslarning issiqlik va
sovuqlik ta’sirida torayishi va kengayishi,
hamda yoriqlarga suv,
shamolning mexanik ta’siri, suv, muz, gravitatsion yoki suv oqimidagi
ishqalanishi, o‘simlik ildizi ta’sirida qattiq tog‘ jinslarining g‘ovaklanishi
va yumshoqlanishi natijasida 2,5-2,6 g/sm
3
qattiqlikka ega bo‘lgan tog‘
jinslari, zichligi 1,2-1,5 g/sm
2
bo‘lgan
yumshoq
ye
r qobig‘iga aylanadi.
Pirovardida, yemirilgan mahsulotning solishtirma yuzasi nihoyatda
kengayib, dispersligi oshadi va kimyoviy
jarayonning rivojlanishiga
imkoniyat yaratiladi. Kimyoviy jarayonning avj olishi tog‘ jinslarning
suvda erishi bilan boshlanadi. Maydalangan tog‘
jinsidagi kation va
anionlar suvga o‘tadi, ya’ni birinchi bosqich silikatlar, alyuminatlar,
ishqoriy karbonatlar va ishqoriy yer elementlari erib, ishqoriy muhit hosil
bo‘ladi. So‘ngra neytral, ishqoriy va kislotali muhit rivojlanadi. Masalan,
erish jarayonida granit 30-35%, bazalt 75-90 %, ohaktosh esa 99 %
hajmini yo‘qotishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: