Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин



Yüklə 5,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/129
tarix19.12.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#150952
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   129
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

 
Sinov savollari: 
1.
Tuproq hosil bo‘lishi deganda nima tushuniladi? 
2.
Tuproq hosil bo‘lishida organik va mineral moddalarning relyefga 
binoan tarqalishi qanday bo‘ladi? 
3.
Tuproq evolyutsiyasi nima? 
4.
Tuproq kesmasi va genetik qatlamlarning hosil bo‘lishi nima degani? 
5.
Elementar tuproq hosil bo‘lish jarayonlarini tushuntiring? 
 
25-bob. Tuproq hosil bo‘lish rejimi 
Tuproq tarkibi va holati, almashinuvchi moddalar, tuproq energiyasi 
va uning tashqi muhit bilan sutka, mavsum va yil davomida bo‘ladigan 
almashinuviga 
tuproq rejimi
deyiladi. U o‘z ichidan suv, issiqlik, 
oksidlanish-qaytarilish, sho‘rlanish, oziqlanish, havo va boshqa rejimlarga 
bo‘linadi. Tuproq hosil bo‘lish dinamikasi va energetikasida suv va issiqlik 
rejimi alohida o‘rinni egallaydi. 
Tuproqning suv rejimi
deb, asosan, namlikning tuproqda paydo 
bo‘lishi, harakati, o‘zgarishi, fizik holati hamda suvning tuproqdan sarf 
qilinish jarayonlariga aytiladi. Suv rejimiga doir asosiy ishlarni rus olimlari 
olib borgan. G.N.Visotskiy (1865-1940), A.A.Izmailskiy (1851-1914), 
A.F.Lebedev (1882-1936), N.A.Kachinskiylar (1894-1979) shular 
jumlasidandir. Tuproq suv rejimini, ya’ni singdirish, o‘tkazuvchanligi, 
kapillyar ko‘tarilishi, yer yuzi, pastga va yon tarafga o‘tishi, fizik 
bug‘lanish, destruksiya, 
muzlash, 
erish, 
kondensatsiya 
qilinishi 
jarayonlarini A.A.Rode (1896-1979) mukammal o‘rgangan. Mazkur 
ko‘rsatkichlarning miqdoriy o‘zgarishi, kislota va asos munosabati, tuproq 
profilida namlikning yil va fasl mobaynida o‘zgarishi, ularning zahirasi, 
namlik darajasi, tuproqning suv rejimi, tipini belgilaydi. Suv rejimining 
shakllanishi tuproqning relyefda joylanishi, iqlim sharoiti, tuproq va ona 
jinsning suv xossalari, yer osti suvlarining ahvoli, bo‘lish va bo‘lmasligi, 


H.
Х
.
Т
ursunov. 
Т
uproqshunoslik 
115 
muzlashi, o‘simlik qoplamining holati va inson ta’siriga bevosita 
bog‘liqdir. Hozirgi davrda tuproqshunoslikda 14 xil suv rejimi ajratilgan. 

Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə