Turdiyev bexruz sobirovich


Konstitutsiyalarni quyidagi turlarga ham bo‘lish mumkin



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə8/74
tarix11.12.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#147617
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   74
Qullanma (4)1.docx1

Konstitutsiyalarni quyidagi turlarga ham bo‘lish mumkin:
1. Demokratik Konstitutsiyalar;
2. Avtoritar Konstitutsiyalar;
3. Totalitar Konstitutsiyalar.
Adabiyotlarda yozma va yozilmagan konstitutsiyalar farqlanadi6. Aksariyat ko‘pchilik mamlakatlarda belgilangan tartibda qabul qilinadigan yozma konstitutsiyalar amal qiladi. Hozirgi davrda konstitutsiyalarning yozma shaklda qabul qilinishi o‘rinli degan fikr qaror topdi. Shu bilan birga, yozma konstitutsiyaga ega bo‘lmagan mamlakatlar bor (jumladan, Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya). Ba’zi mamlakatlarda konstitutsiya deganda bir necha huquqiy aktlar, hatto odatlar (konstitutsiyaviy bitimlar) tushuniladi.
Konstitutsiyalar qabul qilinish tartibiga ko‘ra, turli ko‘rinishlarga ega bo‘ladi. Xususan, yuqoridan taqdim etilgan, ya’ni podsho (monarx) tomonidan xalqqa in’om etilgan konstitutsiyalarga Lixtenshteyn, Nepal, Iordaniya davlatlarining konstitutsiyalari kiradi. O‘z vaqtida Buyuk Britaniya Afrikadagi o‘z koloniyalariga shunday konstitutsiyalar in’om etgan.
Amal qilish vaqtiga ko‘ra, muddati cheklangan va cheklanmagan, ya’ni muvaqqat va doimiy amal qiluvchi konstitutsiyalar bo‘ladi. Muvaqqat konstitutsiyalar ma’lum muddatga yoki muayyan vaziyat vujudga kelgunga qadar qabul qilinadi7.
Shunday qilib, Konstitutsiya davlatning oliy yuridik kuchga ega asosiy qonuni hisoblanib, u davlat tuzilishining asosiy prinsiplarini shaxsning huquqiy holati asoslarini, hokimiyat organlari tizimi, tarkibi, tashkil bo‘lish tartibi, vakolatlari, o‘zaro munosabatlari, davlatning jamoat birlashmalari bilan munosabatlari asoslarini belgilovchi normalar yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Konstitutsiya davlat funksiyasi doirasini, uning shaxs va jamiyat bilan aloqasi asoslarini o‘rnatish bilan konstitutsiyaviy tuzum asoslarini belgilaydi.


Savol va topshiriqlar:

  1. Konstitutsiyaviy atamasi qanday ma’nolarda ishlatiladi?

  2. Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi fanining predmeti nima?

  3. Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi fanining predmeti nimani o‘rgatadi?

  4. Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi fanining manbalari haqida nimalarni bilasiz?

  5. Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi fanining vazifasini nimalardan iborat?

  6. Konstitutsiyaning qanday turlarini bilasiz?

  7. Konstitutsiya qanday funksiyalarni bajaradi?

  8. Konstitutsiyalarni ularning mohiyatiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?


Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə