Turdiyev bexruz sobirovich


Foydalanilgan adabiyotlar



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə9/74
tarix11.12.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#147617
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   74
Qullanma (4)1.docx1

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston” NMIU, 2023. –80 b.

  2. Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. –T.: “O‘zbekiston” NMIU, 2018. –508 b.

  3. Mirziyoyev Sh.M. Konstitutsiya va qonun ustuvorligi – huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining eng muhim mezonidir //“Xalq so‘zi” gazetasi, 2019-yil 8-dekabr. №254 (7484).

  4. Mustafoyev B. Konstitutsaviy huquq ensiklopedik lug‘at. –T.: “O‘zbekiston”, 2006. –423 b.

  5. Rustamboyev M.X., Ahmedov D.Q., Xidirov S.M., Bekov I.R. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganish. –T.: “Yangi asr avlodi”, 2005. –400 b.

  6. Husanov О.Т. Konstitutsiyaviy huquq: darslik. To‘ldirilgan va qayta ishlangan ikkinchi nashr. – T.: “Yuridik adabiyotlar publish”, 2020. –400 b.

  7. Husanov O.T. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsyiyaviy huquqi. –T.: “Adolat”, 2013. –552 b.

  8. Turdiyev B.S. Konstitutsiyaviy huquq. –Buxoro: “Durdona nashriyoti”, 2022. –228 b.

2-MAVZU: YANGI TAHRIRDAGI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINING QABUL QILINISHI VA UNGA BO‘LGAN ZARURAT
1 §. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Konstitutsiyasi va uning o‘ziga xos jihatlari
O‘zbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyani yaratish haqidagi ilk g‘oya Respublikamizning 1990-yil mart oyida bo‘lib o‘tgan o‘n ikkinchi chaqiriq Oliy Kengashning birinchi sessiyasidayoq aytilgan edi. O‘zbekiston Oliy Kengashining 1990-yil 20-iyunda e’lon qilingan “Mustaqillik deklaratsiyasi” mamlakatimiz yangi Konstitutsiyasini ishlab chiqishga asos bo‘ldi. O‘sha kuniyoq Oliy Kengash O‘zbekiston Prezidenti boshchiligida 64 kishidan iborat konstitutsiyaviy komissiya tuzildi. Komissiya tarkibiga deputatlar davlat hamda jamoat tashkilotlari, korxonalar xo‘jaliklarning rahbarlari, taniqli huquqshunoslar, olimlar va mutaxassislar kiritildi.

Konstitutsiyaviy komissiya tomonidan konstitutsiyaning konsepsiyasi ustida ish boshlab yuborildi. Natijada, uchta muqobil konsepsiya yaratildi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Falsafa va huquq institutining konsepsiyasi, Siyosatshunoslik va boshqaruv institutining konsepsiyasi va Prezident devoni yuridik bo‘limi tayyorlagan konsepsiya. Ishchi guruh majlisida uchinchi konsepsiya asos sifatida qabul qilindi.
Konstitutsiya loyihasining dastlabki varianti 1991-yil 3-choragida tayyorlab bo‘lindi. U muqaddima, olti bo‘lim, 158 moddadan iborat bo‘ldi. Bu orada 1991-yil 31-avgustda O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishdi. Buning asosi sifatida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Qonunda xalq hokimiyatchiligi, inson huquqlari muqaddasligi, qonun ustuvorligi, hokimiyat bo‘linishi, mamlakatning hududiy yaxlitligi kabi prinsiplar mustahkamlandi. Ushbu demokratik prinsiplar Konstitutsiya mazmunidan joy oldi. Shu kuni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining sessiyasida “Davlat Mustaqilligi to‘g‘risida Oliy Kengash Bayonoti” ham e’lon qilindi. Shunga qaramasdan, dastlabki loyiha hali mukammallik darajasidan ancha yiroq edi.
1992-yil bahorda Konstitutsiya loyihasining 149 moddadan iborat ikkinchi varianti ishlab chiqildi. Mamlakat Prezidenti ishtirokida Konstitutsiyaviy komissiyaning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda Konstitutsiya loyihasi ustida olib borilgan ishlar to‘g‘risida axborot tinglandi. Shu tariqa ishchi guruh tomonidan Konstitutsiya loyihasining uchinchi varianti tayyorlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining loyihasi puxta ishlovlardan so‘ng Konstitutsiyaviy komissiya qarori bilan 1992-yil 26-sentyabrda umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e’lon qilindi. Umumxalq muhokamasi qariyb uch oy davom etdi. Unda mamlakatda yashovchi turli millat vakillari ishtirok etdi. Matbuotda, radio va televideniye orqali, korxona, muassasa hamda tashkilotlardagi yig‘ilishlarda, auditoriyalarda qizg‘in muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Konstitutsiyaviy komissiya dastlab belgilagan ikki yarim oylik muddat mobaynida muhokama qilingan loyiha fuqarolar taklif va mulohazalari asosida qayta tuzilib, 1992-yil 21-noyabrda muhokamani davom ettirish uchun ikkinchi marotaba matbuotda e’lon qilindi.
Ayni vaqtda umumxalq muhokamasi davomida loyihani yaxshilashga doir ko‘plab taklif va mulohazalar bildirildi. Konstitutsiya komissiyasining o‘zigagina 6 mingdan ortiq taklif va mulohaza tushdi. Tushgan taklif va mulohazalarning hammasi atroflicha puxta o‘rganildi hamda loyiha ustidagi ishlarni davom ettirish chog‘ida ulardan foydalanildi. Konstitutsiyaviy komissiyaga fikr-mulohazalar bildirilgan 600 taga yaqin xat kelib tushdi. Respublika matbuotining o‘zida Konstitutsiya loyihasiga bag‘ishlangan yuzdan ortiq materiallar e’lon qilindi8.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining sessiyasida muhokama qilish uchun kiritilgan Konstitutsiya loyihasiga 80 ga yaqin o‘zgartishlar, qo‘shimchalar taklif etildi va aniqliklar kiritildi. Ularning ayrimlari muhim ahamiyatga ega edi. Parlament sessiyasining ishi davomida deputatlar ham bir unga qator o‘zgartishlar kiritdilar.
Umumxalq muhokamasi, O‘zbekistonda yashovchi barcha xalqlarni umummaqsad yo‘lida birligini namoyon qildi. Xalqimiz siyosiy sharoitlarni to‘g‘ri baholay olish qobiliyatiga ega ekanligi, tinch-totuv yashash uning orzusi ekanligi, siyosiy huquqiy bilimlari, qarashlari hech bir xalqnikidan kam emasligi muhokama natijasida yanada yaqqqol ko‘rindi.
Loyiha har tomonlama o‘ylab, takomillashtirilgandan so‘ng, Konstitutsiyaviy komissiya 1992-yil 7-dekabrda bo‘lib o‘tgan majlisida, uni ko‘rib chiqishni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengash sessiyasiga kiritish haqida qaror qabul qildi. Komissiyaning ushbu oxirgi majlisida ham Rais taklifi bilan loyihaning ko‘plab normalari takomillashtirildi.
1992-yil 8-dekabrda Oliy Kengashning XII chaqiriq XI sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu sessiya tarixiy sessiya bo‘lib, tarixiy ahamiyatga ega masalani muhokama qildi. Sessiyada Konstitutsiya loyihasini tayyorlovchi komissiya raisi I.Karimov ma’ruza qildi. Ma’ruzada Konstitutsiya loyihasi batafsil bayon qilib berildi. Shundan so‘ng, Konstitutsiya loyihasi deputatlar muhokamasidan o‘tdi. Sessiyada loyihaga 80 ga yaqin o‘zgartirish, qo‘shimcha, aniqliklar kiritildi. Ayrim takliflar asosli tarzda rad etildi.
Loyihaning har bir moddasi, bobi, bo‘limlari alohida-alohida muhokama qilinib, tegishli asosli takliflar inobatga olinib, o‘zgartirishlar kiritilgandan so‘ng, qabul qilinish uchun ovozga qo‘yildi. Deputatlar yakdillik bilan Muqaddima, 6 bo‘lim, 26 bob va 128 moddadan iborat Konstitutsiyani qabul qilgan edilar.

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə