“Turizm: nazariya va amaliyot” fanidan kurs ishi mavzu: Samarqand viloyatining turistik salohiyati va undan tur paket yaratishda foydalanish



Yüklə 272,37 Kb.
səhifə3/3
tarix25.05.2023
ölçüsü272,37 Kb.
#112765
1   2   3
Turizm

  • Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, Samarqandga xorijdan kelayotgan sayyohlarning ko‘p qismi xalqimizning boy san’ati va madaniyati, betakror folklor va etnografik asarlarimizga, milliy xalq o‘yinlarimizga ham juda qiziqadi. Shundan kelib chiqib, madaniy-ma’rifiy turizm marshrutiga “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali, Registon maydonidagi Sherdor va Mirzo Ulug‘bek madrasalarida folklor guruhlarining konsert dasturlari, tumanlarda “Chavqi”, “Beshqarsak”, “Sarbozi” folklor jamoalarining chiqishlari, Registonda 3D shousi, “El-merosi” milliy madaniy teatri, “Uloq-ko‘pkari” o‘yinlari, alla aytish, chaqaloqni beshikka belash marosimlarini namoyish etish qo‘shildi. Xususan, yaqinda Bulung‘ur tumanida “Baxshilar festivali” tashkil etildi.

1.3. Samarqand viloyatining turistik salohiyati

  •  Dunyoda sayyohlik salohiyati yuqori va jadal rivojlanayotgan davlatlar ko‘p emas. Chunki mazkur soha faoliyatini yo‘lga qo‘yib, sayyohlarni mamlakatga jalb qilish, ularga yuqori sifatli servis xizmati ko‘rsatish oson emas. Buning bir qator talablari, xalqaro standartlar bor. Avvalo, mamlakatda tinchlik-osoyishtalik ta’minlangani, hududning tabiiy iqlim sharoiti, tarixiy-madaniy obidalaru butun insoniyatning boyligi bo‘lgan osori-atiqalar, qadriyat va an’analarning mavjudligi kabi jihatlar e’tiborga olinadi. Shu nuqtai nazardan bugungi kunda O‘zbekiston jahon sayyohligining yirik markazlaridan biriga aylanib, dunyoda yurtimizga qiziqish tobora ortib borayotgani bejiz emas. Mamlakatimiz sayyohlik ko‘lami va tarixiy qadamjolari ko‘pligi bo‘yicha dunyodagi yetakchi o‘n davlat qatorida turadi. Bunday boy madaniy meros Samarqandda juda ko‘p. 2001-yilda Samarqand shahri va uning hududidagi ko‘plab madaniy obyektlar YuNESKOning Jahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Yaqinda Samarqand jahondagi borib ko‘rish shart bo‘lgan ellikta shahar qatorida qayd etildi.

Bundan yigirma yil oldin Samarqandda barmoq bilan sanarli mehmonxona va sayyohlik firmalari faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, bugun viloyatda to‘qsonga yaqin mehmonxona, oltmishdan ortiq sayyohlik firmalari mavjud. Ular tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar salmog‘i va sifati yil sayin oshib bormoqda. Joriy yil boshidan buyon yuz mingga yaqin xorijlik va ellik mingdan ortiq mahalliy sayyohlarga xizmat ko‘rsatildi. O‘ndan ziyod sayyohlik firmalari ichki turizm bilan shug‘ullanib, yurtimiz bo‘ylab sayohatlar tashkil etmoqda.

II-bob. Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish imkoniyatlari va istiqbollari


Yüklə 272,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə