Turizmda ekskursiya gid xizmati sifati


Ekskursiyaning mazmuni va mohiyati



Yüklə 42,12 Kb.
səhifə2/5
tarix23.12.2023
ölçüsü42,12 Kb.
#155372
1   2   3   4   5
TURIZMDA EKSKURSIYA GID XIZMATI SIFATI

Ekskursiyaning mazmuni va mohiyati
«Ekskursiya» tushunchasi yunoncha «excursio» so‘zidan olingan bo‘lib, «sayohatga chiqish, sayr qilish» degan ma’noni anglatadi. «Ekskursiya» tushunchasiga eng birinchi ta’rifni V.Dal (1882y) quyidagicha bergan: «ekskursiya - bu sayr-tomosha, biror nimani izlash, o‘simliklar yig‘ishdir». Rossiyalik olim M. P. Ansiferov (1923 y) «ekskursiya - bu sayr bo‘lib, uning vazifasi aniq ma’lumotlar asosida mavzuni o‘rganishdir», degan fikrni keltirib o’tgan. Kichik sovet ensiklopediyasida (1931y) «ekskursiya – bu ma’lum bir joylarda, sanoat korxonalarida, sovxoz, muzeylarda va boshqa joylarda ilmiy va ta’limiy maqsadlarda jamoaviy tashrif buyurishdir» - deb ta’rif berilgan.Katta sovet ensiklopediyasida (1978y) «ekskursiya – bu diqqatga sazovor ob’ektlarga (madaniy yodgorliklar, muzeylar, korxonalar, joylar va sh. k) tashrif buyurish, bilim olishning shakli va metodi bo‘lib, odatda mutaxassis- gid rahbarligida jamoaviy o‘tkaziladi»-deb ta’rif berilgan.
Ekskursiya tushunchasini tahlil qilganda ekskursiya xizmatining ob’ektiv talablardan iboratligini e’tiborga olishimiz kerak bo‘ladi. Har bir ekskursiya o‘ziga xos faol jarayon bo‘lib, uning mohiyati ma’lum qonuniyatlar (mavzuiyligi, maqsadliligi, ko‘rgazmaliligi, hissiyotliligi, faolligi va sh.k.) bilan asoslanadi.
Ekskursiya xizmati oldida turgan vazifalari quyidagicha namoyon bo‘lishi mumkin:
Ekskursiya xizmati jarayoni va vazifalari Demak, ekskursiya xizmati - bu tarixiy va madaniy yodgorliklar, tabiat manzaralari, ishlab chiqarish korxonalari va boshqa diqqatga sazovor joylarni ko‘rsatish, hikoya qilish jarayonini uslubiy jihatdan tashkil qilishdir. Ushbu jarayonda ekskursantlar ko‘z oldidagi ob’ektlar, ular bilan bog‘liq voqea-hodisalar malakali mutaxassis-gid tomonidan hikoya va tahlil qilinadi. Ekskursiya xizmatida gid ekskursantlarga mavzuni yoritishga yordam beruvchi ob’ektlarni ko‘rishga (birinchi vazifa), ushbu ob’ektlar haqida zaruriy ma’lumotlarni olishga (ikkinchi vazifa), tarixiy voqeaning mohiyatini his etishga (uchinchi vazifa), ekskursiya ob’ektlarini mustaqil kuzatish va tahlil qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lishga (to‘rtinchi vazifa) yordam beradi. So‘nggi vazifani bajarishda ekskursantlarda ob’ektlarni to‘g‘ri ko‘rish qobiliyatini shakllantira olish katta o‘rinni egallaydi. Ob’ektlarni to‘g‘ri ko‘ra olish qobiliyati deganda estetik qabul sifatida me’morchilik massalari, ranglari, har xil turdagi chiziqlar, jismlar guruhini, ranglar jilosini, chiziqlar va ularning kompleksini yorug‘lik, ma’lum burchak ostida ko‘rish, qabul qilish tushuniladi. Ob’ektlardagi tarixiy jozibadorlikni anglay olish quyidagilarda namoyon bo‘ladi: birinchidan, ekskursiya ob’ektidagi tarixiy-madaniy o‘ziga xoslikni topa olish; ikkinchidan, ekskursiya ob’ektida turli davrlardan qolgan izlarni aniqlay olish; uchinchidan, monumental va muzey-tarixiy yodgorliklaridan tarixiy faktlarni topa olishdir. Bu jarayon har doim katta bilim va ko‘nikmani talab qiladi. Ekskursiya ma’lumotlari va ularni hikoya qilishda gidning malakaviyligi ekskursantlarning kerakli xulosaga kelishi imkonini beradi. Bu haqda rossiyalik pedagog A.V. Bakushinskiy shunday degan: «Ekskursiya rejasi, vazifasi, maqsadi bilan asoslangan materialning uslubiy ishlanmasi qatnashchilarga mustaqil his qilish, qabul qilish va baholash ko‘nikmalarini uyg‘otishi kerak». Ekskursiya xizmatining vazifalaridan biri – ekskursantlar ongida ekskursiya mavzusi, tarixiy shaxslar hayoti, voqealar, faktlar va umuman ekskursiya ma’lumotiga bo‘lgan munosabatni va mustaqil baho berishni shakllantirishdir.
Baho berish - bu biror kim yoki narsa haqida tasavvurga ega bo‘lish, uning mohiyati, fe‘l-atvori, rolini aniqlash, kimningdir ijobiy sifatlari va ustunliklarini tan olishdir.
Ekskursiya xizmatini baholash degani gidning ko‘rsatmalari yordamida ekskursantlarning mavzu bo‘yicha yakuniy xulosaga kelishidir. Ekskursiya xizmatiga munosabat- bu ekskursiya xizmati mavzusida yoritiladigan tarixiy davrga nisbatan ekskursantning aniq bir qarashlari; biror-bir harakatlarni his etishi, yozuvchi yoki rassom o‘z asarini yaratganida uning kayfiyatini tushunishdir. Adabiy asarlarga qo‘yilgan talablar kabi ekskursiya ham aniq muallifning asari sifatida o‘z syujetiga ega bo‘lib, barcha ekskursiya materiallari unga bo‘ysunadi.Ekskursiya xizmati o‘z vazifasi va o‘tkazish shakliga ko‘ra yo‘l-yo‘lakay olib boriladigan ekskursiya axboroti yoki turistik poxodlardagi instruktor suhbatlaridan ko‘ra murakkabroq jarayondir. Mavzuli ekskursiya xizmati shahar ko‘rgazmali ekskursiyasidan o‘zining tarkibi, mazmuni, uslub jihatidan murakkabligi bilan farqlanadi. Ekskursiyaning rivojlanish yo‘li uning mazmun jihatidan o‘zgarishi bilan bog‘liqdir. Avvallari ekskursiya shifobaxsh o‘simliklarni izlab topish maqsadidagi sayr deyilgan, keyinchalik unga masalan, o‘lkashunoslik muzeylariga namunalar yig‘ish kabi ilmiy maqsadlar qo‘yilgan. Mustaqil ta’limning yangi shakllarini izlash jarayoni ekskursiya xizmati oldida umumta’limiy maqsadlarni belgiladi. Tarbiyaviy ishlarni samaraliroq tashkillashtirish harakatlari ekskursiya xizmatini madaniy-ta’limiy ishlarning biriga aylantirdi. Hozirda ekskursiya xizmati individual metodika sifatida tugallangan, maqsadli, o‘ziga xos funksiya va xususiyatlarga ega bo‘ldi. U mazmuni, o‘tkazish shakli, ma’lumotlarni taqdim etish uslubi jihatidan ahamiyatli darajada boyidi va g‘oyaviy-tarbiyaviy, madaniy-ommaviy ishlarning ajralmas qismi sifatida tavsiflandi. Ekskursiya xizmatining vazifasi va o‘tkazish shakllari keltirilgan. Demak, ekskursiya xizmati insonning atrof-muhitni o‘rganishidagi ko‘rgazmali jarayon bo‘lib, unda tabiiy sharoitlarda, korxona binolarida, laboratoriyalarda, ilmiy-tadqiqot institutlarida va boshqa joylarda joylashgan ob’ektlar oldindan tanlangan bo‘ladi.
Ob’ektlarni ko‘rsatish jarayoni malakali mutaxassis - gid rahbarligida amalga oshiriladi. Ob’ektlarni tushunish, qabul qilish jarayoni aniq mavzuni yoritishdagi vazifalari bilan belgilanadi. Gid ekskursantlarning ob’ekt ko‘rinishini, tarixiy joyning qadr-qimmatini, ob’ekt bilan bog‘liq tarixiy voqeani tushunib olishlariga yordam beradi. Ekskursant ayni damda nimani ko‘rayotgani, tushunayotgani, his etayotgani gid uchun muhimdir. Gid o‘z hikoyasi bilan ekskursantlarni to‘g‘ri xulosa qilishga, baho berishga ko‘maklashadi, shu bilan ekskursiya xizmatining zaruriy samaradorligiga erishiladi.
Xulosa qilib, ekskursiya xizmatining mazmunini quyidagicha talqin qilishimiz mumkin: ekskursiya xizmati– bu insonlar guruhiga maxsus shakllarda beriladigan bilimlar majmui bo‘lib, bilimlarni uzatishda maxsus harakatlar tizimi tanlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 10.07.2020-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 433-son qarori bilan quyidagi nizomlar tasdiqlangan:
Gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilarga malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisida nizom (1);
Turizm sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (2).
Nizom (1) gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilarga malaka sertifikatini berish tartibini belgilaydi.
Gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilar malaka sertifikati va beyjik olish uchun malaka imtihonini topshirishi lozim, imtihon Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish institutining ishchi organi (keyingi oʻrinlarda – ishchi organ) tomonidan oʻtkaziladi. Malaka sertifikati va beyjik quyidagi hollarda Oʻzbekiston hududida turizm xizmatlarini koʻrsatish huquqini beradi:
yuridik shaxs shtatida boʻlsa;
fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida yuridik shaxs bilan ishlayotgan boʻlsa;
yakka tartibdagi tadbirkor yoki oʻzi-oʻzini band qilgan boʻlsa. Oliy, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim muassasalari yoki qayta tayyorlash kurslarini gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yoʻriqchi-yoʻl boshlovchi mutaxassisligi boʻyicha bitirganlar taʼlim muassasasini tamomlagandan keyin dastlabki uch yilda malaka imtihonini topshirishdan ozod etiladi.
Nizomda quyidagilar keltirilgan:
malaka imtihonini topshirishga talabgorlarga qoʻyiladigan talablar;
imtihon topshirish uchun taqdim etiladigan hujjatlar roʻyxati;
imtihon topshirishga ruxsat olish tartibi;
imtihon oʻtkazish bosqichlari;
apellyatsiyani koʻrib chiqish tartibi;
malaka sertifikati va beyjikni berish, qayta rasmiylashtirish va dublikat berish tartibi;
reyestrni yuritish tartibi;
malaka sertifikati va beyjikning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish va bekor qilish tartibi. Ishchi organ tomonidan malaka sertifikati va beyjikning elektron varianti gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilar yagona reyestriga kiritiladi. Ular soʻrov olingan kundan boshlab 5 kun mobaynida beriladi. Malaka sertifikati va beyjikni rasmiylashtirish va berish uchun Ishchi organ tomonidan BHMning 25%i miqdorida yigʻim undiriladi. Nizom (2) turizm sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibini belgilaydi.

Nizomga muvofiq turizm sohasida mutaxassislarning qayta tayyorlanishi va malakasini oshirish amalga oshiriladigan lavozim va mutaxassisliklar nomenklaturasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish instituti realizatsiya qiluvchi organ hisoblanadi.


Nizomda turizm sohasida qayta tayyorlash va malaka oshirishning maqsad va asosiy vazifalari koʻrsatilgan. Turizm sohasi tashkilotlari xodimlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish buyurtmachilari hisoblanadi. Har yili, mutaxassislar soni, ularning tayyorgarlik darajasi, mutaxassislarning ish tajribasidan kelib chiqqan holda, oʻquv kurslari dasturlari shakllantiriladi. Tegishli texnik taʼminot mavjud boʻlganda onlayn-kurslar tashkil etiladi. Turizm sohasi mutaxassislari uch yilda bir marta malaka oshirishdan oʻtishi lozim. Qayta tayyorlash va malaka oshirish shartnoma boʻyicha pullik asosda amalga oshiriladi. Shuningdek Nizomda quyidagilar belgilangan:
taʼlim jarayoni sifatini va taʼlim muassasalarining faoliyatini monitoring qilish tartibi;
taʼlim muassasalariga nisbatan talablar;
oʻquv dasturlariga qoʻyiladigan talablar.
Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 10.07.2020-yildan kuchga kirdi.

Yüklə 42,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə