Turizmdagi maxsus turlarning tasnifi, tavsifi va geografiyasi



Yüklə 202,44 Kb.
səhifə4/5
tarix30.12.2023
ölçüsü202,44 Kb.
#166662
1   2   3   4   5
TURIZMDAGI MAXSUS TURLARNING TASNIFI

12.8. Stritlaging – avtomobillar serqatnov tik tog` yo`lidan pastga qarab rolikli taxtaga yotib harakatlanish.
12.9. Skalalazing – tik qoyalarga, baland binolarga himoyasiz, arqonsiz va asboblarsiz chiqish.
12.10. Vellokross - velosipedda havoda mashqlar bajarish, noqulay joylarga chiqish va tushish.
12.11. Motokross – mototsiklda yonayotgan ob`yektlardan sakrab o`tish.
12.12. Rafting - o`ta tez oqadigan, havfli shovvalar, kamarlar bor daryo oqimi bo`ylab maxsus qayiqlarda suzish.
12.13. Dorbozlik - himoyasiz va shartli himoyada baland bino, baland qoya va keng suv havzalariga tortilgan arqondan yurib o`tish.
12.14. Niagara - baland, sersuv sharsharalardan (bochka ichida, maxsus kiyimda va hak.) balanddan suv, bilan pastga tushish.
12.15. Koinot - kosmik kemada kosmonavtlar bilan fazoga borib kelish.
12.16. Ralli- Parij shahridan Afrika sahrolari orqali avtomobillarda, mototsikllarda Dakar shahrigacha bo`lgan sport birinchiligi.
12.17. Zaharli ilonlar, chayonlar orasida o`tirish, ilon o`ynatish.
Keltirilgan maxsus turlarning tasnifidan malum bo`ldiki O`zbekistonda turizmning maxsus - «kichik ko`lamli, noananaviy» turlarining «katta ko`lamli, ananaviy» turlarga aylantirishda juda katta turistik salohiyati bor ekan. Keltirilgan 12 ta maxsus turlardan 11 turini turizmda shakllantirish mumkin. Bu turlar ham ko`pqirraliligi va ko`pvariantliligi jihatidan o`ziga xos, betakror ijodiy yaratuvchanlik yo`nalishlariga, tarmoqlariga bo`linib ketadi.
Mazkur turlarga ichki va ayniqsa xalqaro turistlarni jalb qilish, taklif qilishdagi tashkiliy tadbirlar ishlab chiqilsa, maxsus turlardan turizmda foydalanishning dastlabki rejalari amalga oshirilgan bo`ladi. Ichki turizmda maxsus turlarning ommaviy rivojlanmayotganligining bosh sababi maxsus turlar manzillariga marshrutlarning yo`qligi, bu turlar manzillarini hatto ekskursiyaga chiquvchilar ham, shuningdek shaharlarda yashayotgan aholining ham ko`pchiligi bilmasligidir.
Bu holatning yana bir sababi qadimiy xalq hunarmandchiligi maskanlari, xalq ustalari haqida kam yozilishi, radio, ommaviy axborotlar va televideniyeda malumotlar, reklamalarning juda siyrak holatda berilayotganidir. Aks holda Samarkand shaxriga boshqa viloyat va shaharlardan kelgan mehmonlar albatta xalq ustalari, hunarmandlari ishlarini tomosha qilishga qiziqish tufayli bunday joylarga ekskursiyalar, tashriflar qilishi mumkin edi.
Doimo yodda saqlashimiz lozimki, O`zbekiston azaldan xalq hunarmandchiligi bilan mashhur bo`lib kelgan. Hozirgi vaqtda respublikada xalq hunarmandchiligi asosida estalik buyumlar ishlab chiqaruvchi 500 ga yaqin korxona mavjud. Ular chinni va sopol buyumlar, pichoqlar, sopol o`yinchoqlar, zardo`zi mahsulotlar, gilam, poloslar va milliy kiyimlar va boshqa buyumlar ishlab chiqarmoqda.
Turizmdagi maxsus turlarning tavsifi bo`yicha hozircha hayot uchun xavfli sport turlari turizmlarini rivojlantirib bo`lmaydi. Chunki bu turlarni tashkil qilish hozircha boshlanmagan.
Hayotga xavf soluvchi sport o`yinlari turizmning ayrim turlarini tadbirkorlar keyinroq tashkil qilishi mumkin. Sarguzasht va hayoniga xavf soluvchi sport o`yinlari turizmning huquqiy- qonuniy meyorlari bizda ham ishlab chiqilmagan.
Maxsus turlarning ayrim turlarini hozirdanoq ommaviylashtirishning katta imkoniyatlari bor. Masalan, tobora unutilib borayotgan dorbozlik o`yinlarini qaytadan tiklash, doimiy dorbozlik maskanlarini belgilash lozim. Bunday holatda turistlarni bu o`yinlarga taklif qilish vaqtlari aniq bo`ladi. Xuddi shuningdek, ko`pkari-uloq 2-3 oy davom etadigan, turistlarning katta oqimlarini o`ziga jalb qiladigan g`oyat qiziqarli turistik ob`yekt. Bu turni ommaviylashtirish uchun eng muhim muammo turistlarni kutib olish, xizmatlarni tashkil qilish, joylashtirish, dam olish, ovqatlantirish va tunashi sharoitlarini tashkil qilish ishlarining haligacha boshlanmaganligidir.
Maxsus turlarning tavsifi va tasnifini tayyorlashdagi ma`lumotlarning tahlili natijasida shunday asosiy xulosaga kelish mumkinki, bu turlardan turizmda foydalanish istiqbollari juda katta va murakkab muammolarni yechishni talab qilmaydi. Dastlab tashkiliy jarayonlar va bu turlarning reklamasini ishlab chiqarish va turizm bozoriga chiqarish talab qilinadi.
 

Yüklə 202,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə