Turkiston yangi innovatsiyalar universiteti



Yüklə 41,04 Kb.
səhifə1/6
tarix05.10.2023
ölçüsü41,04 Kb.
#125831
  1   2   3   4   5   6
mustaqil


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TURKISTON YANGI INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI
Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti
IQT-3-23/S-guruh talabasi
_________________________________________ning
Falsafa” fanidan

Mustaqil ishi

Mavzu: Ilk o’rta asr Sharq va uyg’onish davri falsafasi

Tekshirdi: A.Gulyamov

Buxoro-2023

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TURKISTON YANGI INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI
Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti
IQT-3-23/S-guruh talabasi
_________________________________________ning
Falsafa” fanidan

Mustaqil ishi

Mavzu: Etika fanining predmeti va jamiyat hayotidagi ahamiyati

Tekshirdi: A.Gulyamov



Buxoro-2023
Mavzu: Etika fanining predmeti va jamiyat hayotidagi ahamiyati
Reja:



  1. Etiket turlari.

  2. Taqdimot marosimi etiketi.

Etiket turlari


Etiket - axloqiy madaniyatda yaqqol ko’zga tashlanadigan munosabatlarning ko’rinishlaridan bid. U ko’proq insonning tashqi madaniyati, o’zaro munosabatlaridagi o’zini tutish qoidalarining bajarilishini boshqaradi. Agar muomala odobida inson o’z muno-sabatlariga ijodiy yondashsa, ya’ni bir holatda, bir necha xil muomala qilish imkoniga ega bo’lsa, etiket muayyan holat uchun qoidalashti-rib qo’yilgan xatti-harakatni taqozo etadi. Etiket keng qamrovli tushuncha bo’lib, u ma’lum ma’noda, umumbashariy miqyosda qabul qilingan muomala qonun-qoidalarini o’z ichiga oladi.
Etiket - “etika” so’zining o’zagi sifatida bevosita axloqiy me’yor-lar, tamoyillar va mezonlarning «yukini” ko’tarishga qodir bo’lgan axloqning amaliy ko’rinishidir. Har bir sohada etiket ko’rinishlari mavjud bo’lib, uni buzish atrofdagilarda hayrat va istehzo uyg’otadi. Shu bois etiketni odat tusiga aylantirilgan, qatiylashtirilgan muomala odobi deyish ham mumkin.
Etiket takallufning mayda-chuyda jihatlarigacha ishlab chiqilgan odob qoidalari sifatida ijobiy, kishining ko’zini quvontiradigan muomala hodisasi. Lekin ayni paytda, u asl axloqiy asosini yo’qotgan majburiy mulozamat tarzida ham namoyon bokladi: etiket qoidalarini bajarayotgan kishi aslida o’z xohish-ixtiyoriga qarshi ish ko’rayotgan bo’Ushi mumkin. Shunga qaramay, umuman olganda, etiket shaxsni muayyan tartib-qoidaga, qanday ichki ruhiy sharoitda bo’lmasin, bosiqliqqa, muloyimlik va sabr-toqatga o’rgatishi bilan ahamiyatlidir. Quyida bugungi kunda kishUar hayotiga chuqur singib borayotgan so’zlashuv, muloqot madaniyatiga doir jarayonlardagi etiketning ayrim turlari va bu boradagi tavsiyalarni e’tiboringizga havola etamiz.
Tanishish va tanishtirish etiketi. Tanishtirish, odatda, kichik yoshdagilardan boshlanadi, agar vaziyat taqozo etgan hollarda kichiklar о’zlarini kattalarga tanishtiradilar. Jamoat joylarida ham, shuningdek, kichiklar kattalarga o’zini tanishtiradi. Biroq bu jarayon jinslar o’rtasida biroz boshqacharoq ko’rinishga ega, ya’ni ayol kishi yoshi va mavqeidan qat’iy nazar, hech qachon erkak kishiga o’zini birinchi bo’lib tanishtirmaydi. Bu yagona holatda istisno qilinadiki, u ham bo’lsa, qiz bola agar o’qituvchisi erkak kishi bo’lsa, unga o’zini tanishtirishi mumkin.
Shuningdek, siz biror kishini tanishtirayotganingizda yoki aksincha, sizni biror odam bilan tanishtirishayotganda tabassum qilishni unutmang. Bu tabassum iljayishdan farq qilishi, ko’proq samimiylikka asoslanishi shart. Chunki do’stona tabassum bilan boshlangan tanishuv odamning xotirasida uzoq saqlanishi mumkin.
Tanishayotgan odam birinchi bo’lib, tanishtirilayotgan odamga qo’l uzatadi. Bu jarayon ham jinslararo munosabatda - ayol bilan erkak tanishtirilayotganda, ayollar erkaklarga qo’l uzatadilar. Shuningdek, kattalar-kichiklarga qo’l uzatadilar, tanishtirilgan tanishuvchining mulozamat bilan qo’l uzatishini tavoze va xotiijamlik bilan kutib turadi, yo’qsa qo’l berib so’rashishning hojati yo’q.
Tanishtirilayotgan paytda xoh erkak, xoh ayol, xoh yosh, xoh keksa kishi bo’lsin, albatta, o’rnidanturishi shart. Bu tanishayotgan odamga nisbatan hurmat belgisidir.
Jamoa orasida xodimni rahbar, mehmondorchilik paytida esa, mehmonni xonadon egasi tanishtiradi. Shuni ta’kidlash lozimki, tanishuv paytida orada begonalar bo’lsa, ularni e’tiborsiz qoldirib, eski tanishlar, do’stlar bilan uzoq ko’rishib, ularni kuttirib qo’yish yaxshi emas. Agar tanishishning zarurati kelib qolsa-yu tanishtiradigan odam bo’lmasa, o’zingiz bu vakolatni zimmangizga olishingiz mumkin.
Oila a’zolari tanishtirilayotganda, ularning ismlarini aytib, “rafiqam”, “qizim”, "o’g’lim” deb tanishtirganingiz ma’qul. Ota-onalarga esa buning aksi bo’ladi, ya’ni boshqalar ota-onalarga tanishtiriladi.
Tanishtirishdan awal tanishtirayotgan kishingizning ismini aniq bilib oling va tanishtirayotganda uning ismini chiroyli talaffuz qiling. Yaxshi bo’lardi, agar har bir ismning ortiga ismiga mos ravishda “jon”, “bek”, “xon”, “ali”, “boy” kabi qo’shimchalarni qo’shib aytilsa. Biroq Gavhar ismini «Govxar”, Shavkat ismini «Shovkat”, Latif ismini “Latip” deb aytish ismning asl matnidagi ma’nosiga mutlaqo ziddir. Zero, forscha «Gov”-mol, “Xar”-eshak ma’nolarini anglatadi.
Ko’rishish etiketi. Ko’rishish etiketi qoidalari milliy xususiyatlardan kelib chiqib, turli xalqlarda turlicha ko’rinishlarga ega. Ko’rishish salomlashish, bosh qimirlatish, quchoq ochish, qo’l berish, qo’lni ko’ksiga qo’yish va hatto o’pishish orqali amalga oshiriladi. Bu jarayon hindlarda kaftlarni juftlab, peshonasining o’rtasiga tekizish bilan, afg’onlarda o’ng qo’lini manglayiga tegizib, ta’zim qilish bilan, tibetliklarda bir-birlariga qarab tillarini chiqarish bilan, o’zbeklarda qo’lni ko’ksiga qo’yish bilan ko’rishiladi.
Vaziyatdan kelib chiqqan holda, ko’rishishning yuqoridagi shakllaridan biri tanlanadi. Ko’rishayotganingizda suhbatdoshin-gizga yaxshi niyatda ekanligingizni ko’rsatigshga harakat qiling. Bildirayotgan tilaklaringiz, mulohazalaringizni samimiy bayon eting, fikrlaringiz soxtalikdan yiroq bo’lsin.
Ko’rishish etiketiga ko’ra, yoshi kichik erkak yoshi katta ayol (tanishi, hamkasbi, qarindoshi) bilan uchrashganda birinchi bo’lib mulozamat bildirishi lozim. Agar ayol kishi erkaklar bilan ketayotgan paytda dugonasini ko’rib qolsa, bu holatda dugonasiga birinchi bo’lib mulozamat qilishi kerak.
Garchand, ayollarning erkaklar bilan qo’l berib so’rashishlari xalqimiz tabiati (mentaliteti)ga xos bo’lmasa-da, zamonaviy etiket bu jarayonni me’yor darajasida chetlab o’tadi. Zero, ishlab chiqa­rish korxonalarida, ta’lim muassasalarida, davlat tashkilotlarida erkaklar bilan birga xizmat qilayotgan ayollar bunday vaziyatlar bilan tez-tez to’qnash keladilar. Lekin erkaklar ayollar bilan ko’rishar ekanlar, nigohlarini ayolga “eb qo’ygudek” qihb tikilishlari kulgili holatlarga olib kelishi mumkin.
* Agarda air recha adamlar ro’lgan nonaga airib, lurdan niri bilan qo’l berib ko’rishdingizmi, endi boshqalar bilan ham qo£l berib so’rashishingiz shart. Yo’qsa, mutanosiblik buzilib, bu ayrim kishilarni sizdan ranjishiga olib keladi. Yo’lda uchragan ayol bilan qo’l uzatib ko’rishishga to’g’ri kelib qolsa, ayol qo’lqopini echmasligi mumkin, ammo erkak, albatta, echib ko’rishishi lozim. Agar ayol kishini erkak kishiga tanishtirishayotgan bo’lishsa, ayol kishi birinchi bo’lib qo’l uzatadi.
Restoran, qahvaxona, oshxona va choyxonalarda tasodifan uchrashib qolgan tanishlaringiz, agar ular uzoqroqda bo’lishsa, ularga boshingizni silkitib qo’yishingiz kifoya qiladi. Agar ayollar qurshovida bo’lsangiz, ular bilan umumiy tarzda bir marta salomlashib qo’yiladi. Etiketning buzilishi ko’rishuvning muvozanatini iz-dan chiqarib yuborishi mumkin. Jamoat orasida zinhor baland ovozda tanishlaringiz bilan ko’rishmang, bu madaniyatsizlik alomatidir.
Suhbatlashish etiketi. Muomala suhbatlashishishning eng muhim vositasidir. Bunda ham umume’tirof etgan qoidalar mavjud. Suhbatdoshning gapini bo’lmasdan eshitish nafaqat hurmat belgisi, balki insonning ziynati hamdir. Suhbatdoshingizni tinglayot-ganingizda, iloji boricha boshqa narsalarga e’tibor qaratmaslikka harakat qiling, aytayotgan gaplarini tasdiqlash ma’nosida boshingizni silkitish, “darhaqiqat”, “to’g’ri”, “topib aytdingiz», “men ham qo’shilaman”, “chiroyli ta’rifladingiz” kabi ma’qullash ma’nosidagi so’zlarni aytishni unutmang. Sizga gapirayotgan odamga teskari qarab o’tirish, gapirayotgan paytda biror narsani o’qib turish, bir vaqtning o’zida boshqa kishi bilan gaplashish, hadeb soatga qarayverish, es-nash, cho’ntak kavlash yo boshqa shu kabi mayda-chuyda harakat-larni qilish suhbatga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Suhbat jarayonida ba’zan bir necha kishi ishtirok etishi ham mumkin. Bunday vaziyatda suhbatning mavzui har bir odam uchun qiziqarli va tushunarli bo’lishiga erishish lozim. Davradagi suhbatdoshlar uchun mutlaqo notanish bo’lgan mavzular -ishxonangizdagi islohotlar, kamchiliklar, oilangizdagi ziddiyatli holatlarni gapirishning suhbatdoshlar uchun qizig’i bo’lmaydi. Suhbatdoshlaringiz ilm ahllari bo’lmasa, bu erda ilmiy iboralar, ilmiy muammolarga doir mavzulardan chekinib, suhbatni ommabop, barcha tushunadigan mavzular doirasida olib borish maqsadgamuvofiq.
Faqatgina o’zini dardini gapirish uchungina suhbatlashadigan odam - yomon suhbatdoshdir. Bunday kishilar pirovardida tinglovchilarsiz qolib, u ishtirok etgan suhbatlar zerikarli bo’lishi shubhasiz. Shuni alohida qayd etish zarurki, sizni tinglayotgan odamning ta’sirlanish holatini kuzatib turish juda muhim. Chunki bilib-bilmay aytilgan so’z va iboralar suhbatdoshingizni sizdan bezdirib qo’yishi va uni xafa qilishi mumkin. Suhbatga endigina kelib qo’shilgan, suhbatga kirishib ulgurmagan kisliiga suhbat qanday mavzu haqida borayotganligi qisqacha izohlab beringki, bu sizning unga ko’rsatgan yordamingiz bo’ladi. Yo’qsa, «qovun tushirib” barchaning oldidaizza bo’lishi mumkin.
Kim bilan suhbatlashmang, nutq tozaligiga e’tibor bering va g’ayriadabiy til unsurlaridan xoli bo’ling. Suhbat davomida iloji boricha, sheva, varvarizm, konselyarizm, professionalm, akademizm, vulgar (qo’pol, haqoratomuz, so’kinishlar) va parazit (anaqa, haligi, hmm, anovi kabi so’zlar) so’zlarni ishlatmaslikka harakat qiling. Suhbatlashayotganda o’zingizni ko’rsatishga, ortiqcha takalluf qilishga, noo’rin mulozamat qilishdan tiyiling. Bu holat atrofdagilarda xunuk taassurot qoldiradi. “So’zlayotganingizda eshituvchi-ning ko’z o’ngida tasviriy manzara hosil qila olsangiz, obrazli fikr yuritsangiz, o’z so’zingizga ishontira olsangiz, qiziqtirsangiz-deb ta’kidlaydi notiq R.Jumaniyozov, nutqingiz ravon bo’ladi va ta’sir darajasi oshib boraveradi».
Zaruriyat taqazosiga ko’ra suhbatlashishga “majbur” bo’lgan holatlar - kupe, kayutada bo’ladigan suhbatlar yengil va beg’araz bo’lishi lozim. Agar yo’lovchi-suhbatdoshingiz g’oyatda tarbiyali bo’lsa, suhbatlashishni istamayotganligini o’zining sizga berayotgan qisqa javoblari orqali bildiradi. Siz buni tez tushunib yetishingiz lozim, yo’qsa, “devorga” gapirgandek mulzam bo’lishingiz, shubhasiz. Suhbatlashish uchun topmoqchi bollgan mavzular suhbatdoshingizga anketa-so’rovnoma ko’rinishida bo’lmasin. Chunki tergovchi bilan suhbatni eslatuvchi bunday savollar suhbatdoshni xavotirga solib qo’yadi. Bahsdagiyoki suhbat jarayonida yuzaga keladigan ziddiyatlarni latifa yoki qiziqarli voqealar yumshata olishi mumkin.
Telefonda gaplashish etiketi. Informatsiya asri deb nom olgan XXI asr integratsiya va globallashuv jarayonini tezlashtirib yuborganligi barchamizga ma’lum. Bu asr nafaqat insoniyat tafakkurini o’zgartiradi, balki uning turmush tarzini ham mutlaqo boshqa ko’rinishga aylantirib yuboradi. Hozirda tez ma’lumot uzatish va qo’proq ma’lumotga ega bo’lish zamonaviy shaxs mentalitetiga singib bormoqda. Ana shu jarayonda telefon tarmoqlari orqali olinadigan ma’lumotlar bazasi muloqot va aloqaning muhim vositasi sifatida ahamiyatlidir. Shu bois, “Telefonning muomala madaniyati va etiket vositasi sifatida o’ziga xos xususiyatlar nimada?” degan savolning paydo bo’lishi, shubhasiz. Zamonaviy etiketga ko’ra, telefonda gaplashishning ham tartib-qoidalari bor. Shu munosabat bilan bu xususdagi etiketga doir ayrim mulohazalarni bayon etishga harakat qilamiz.
Telefon qo’ng’irog’ini uzoq kutmay, tezroq go’shakni olib, javob berishga harakat qiling. Telefonda gaplashish ham, awalo, salomdan boshlanadi. Qo’ng’iroq qilganingizda sizga kerak bo’lgan odamni topolmasangiz, murojaat qilayotgan kishingi^ga oczingizni tanishtirib, tegishli ma’lumotni qoldirishingiz lozim.
Etiketga ko’ra biror-insonga qo’ng’iroq qilmoqchi bo’lsangiz ertalab soat 9 dan keyin, kechqurun esa, soat 10 gacha qo’ng’iroq qilishga odatlaning: favqulodda vaziyat yuzaga kelganda yoki qo’ng’irogiingizni intiqlik bilan kutishayotgan paytda qilinadigan qo’ng’iroqlarbundanmustasno.
Agar suhbatlashayotgan vaqtdda telefon aloqasi uzilib qolsa, bu holatda qo’ng’iroq qilgan odam yana qayta qo’ng’iroq qilishi kerak. Go’shakni olgandan so’ng, hech qachon «Kim bu?», “Kim so’rayapti?” degan savolni bermang. Shaxsiy masalalar yuzasidan qo’ng’iroq qilsangiz, avvalambor, suhbatdoshingizning sizni eshi-tish uchun imkoniyati bor yoki yo’qligini so’rang. Ya’ni «Bir ish yuzasidan maslahatingiz kerak edi, vaqtingiz bo’ladimi?, “Falon masalani batafsil o’rganishimga to’g’ri keldi, agar vaqtingiz bo’lsa, telefonda aytsam ham bo’ladimi” kabi murojaatlar qilish o’rinlidir. Agar juda zarur bo’lmasa, shaxsiy masalalar bo’yicha ishxonaga qo’ng’iroq qilmaslik kerak.
Odatda telefonda gaplashish qisqa, lo’nda, aniq maqsadga yo’naltirilgan bo’ladi. Telefon tarmog’ingizga yangilishib qo’ng’iroq qilgan odamga ters va keskin javob qilmasdan, muloyimlik bilan javob bering. Keyingi adashilgan qo’ng’iroqqa javoban, uzr so’rab, raqamni oydinlashtirib oling. Zero, har kirn ham yanglishishi mumkinku.
Mehmonga borganingizda telefon zarur bo’lib qolsa, awal, mezbondan ruxsat so’rang. Bu paytda mezbonning oldida turish, hadeb unga qarayverish noqulay vaziyatni yuzaga keltiradi. Agar tarmoq besh-olti signaldan keyin ham javob bermasa, go’shakni joyigaqo£yganingizma’qul.
Nutqimizdagi «uzr», «iltimos», «rahmat» kabi sehrli so’zlardan foydalanish telefon suhbatlarida ijobiy samara beradi. Noqulay vaziyatga tushishni istamaydiganlar doimo bir narsani yoddan chiqarmasliklari kerak, u ham bo’lsa, garchand sizga juda yaqin bo’lgan odamlarda vaziyat taqozosiga ko’ra, turli sharoit va turli kayfiyatda bo’lishi mumkin. Buni siz suhbatdoshingizning so’zlash ohangidan uning kayfiyati qanday ekanligini bilishga urining va shunga mos tarzda suh-bat olib boring. Suhbatdoshning avzoyi buzuq holatda hazil, qochi-rim, luqma so’zlar bemavrid hisoblanadi. Do’stingiz, hamkasabangiz, qarindosh-urug’laringizni telefonda hayotingizdagi shaxsiy muam-molaringiz, shikoyatlaringiz, kasalingiz, turmush okrtog’ingiz va farzandlaringiz keltirgan tashvishlar haqida gapirib, ularni qiyna-mang. Olgan narsangizni soatlab muhokama qilmang.
Jamoatchilik foydalanadigan telefonlarda gaplashganingizda, boshqalarning sizdan so’ng navbatda turganlarini unutmang. Shu bois suhbatni qisqa va aniq bo’lishiga erishing. Bugungi kunda tarmoqlarning pulli ekanligi, uyali aloqa vositalaridan foydalanish odatiy tusga kirganligi telefonda gaplashish madaniyatini tartib-ga solib qo’ydi, “Vaqt bu - pul” degan tamoyil o’z ta’sirini ko’r-satmoqda.
Agar suhbatdoshingiz uyali aloqa telefonidan yoki olisdan sizga qo’ng’iroq qilayotgan bo’lsa, unda suhbatni qisqa va Io’nda olib borishga harakat qiling. Shuni esda tutish lozimki, garchand qattiq g’azablangan holatda yoki juda hafa bo’lgan holatingizda ham “alamingizni” suhbatdoshdan olmang, unga baqirib, dag’-dag’a qilishdan tiyiling: bu paytda aqlli odam telefon go’shagini qulog’idan uzoqroq tutib turishini unutmang.
Ko’chada o’zini tutish etiketi. Hayotimizning kokp qismi jamoatchilik va notanish bo’lgan kishilar orasida o’tadi. Har kuni bu holatga ko’cha-kuyda, transportda, maskanlarda hamda jamoat joylariga duch kelamiz. Bu joylar nafaqat shaxsning kayfiyatiga, balki shaxs kayfiyati orqali atrofdagi odamlarning kayfiyatiga ham ta’sir ko’rsatadi. Madaniyatli inson ko’chaga qadam qo’yishi bilan o’zining “meni”dan jamoat “meni”ga o’tadi, ya’ni ko’chadagi har bir harakat boshqalar nigohi ostida ekanligini his qiladi. Shuning uchun ham odamlar jamoat joylarida turli xil qiliqlar, bachkana odatlarni yuzaga keltirishdan tiyiladilar.
Uydan kofchaga chiqayotganingizda kerak bo’ladigan narsalar -pul, ro’molcha, hujjat, taroq va boshqa zarur bo’lgan narsalarni o’zingiz bilan olishni unutmang. Awal tashqi ko’rinishingizga -sochingiz, kiyimingizga boshdan-oyoq razm solib, so’ng tashqariga chiqishingiz mumkin.
Jamoat joylarida o’zini tutishning eng muhim qoidasi bu -atrofdagilarga ziyon yetkazmaslikdir. Bu holat, ayniqsa, harakat-lanayotgan va muloqot qilayotgan paytda yuzaga keladi. Mamlakatimizda o’ng tomonlama harakatga amal qilinadi. Shunday ekan, bexavotir va beziyon harakat yo’lakning o’ng tomonidan yurishdir. Shunda qo’lingizdagi buyum yoki narsalar bo’lsa ham, ro’parangiz-dan kelayotgan odamga xalaqit bermaysiz.
O’tib ketayotgan odam (ayol yoki erkak, qiz yoki yigit) laming orqasidan o’girilib qarashdan o’zingizni tiying. Sherigi, do’sti, dugonasi bilan ketayotgan tanishingizni to’xtatmang. Agar oldingizda ketayotgan odamning yonidan o’tib ketmoqchi bo’lsangiz, uning chap tomonidan o’tishga harakat qiling. 0’tishga qiynalsangiz “0’tib ketsammaylimi?”, “Menio’tkazvorolmaysizmi?”, “Malolkelmasa, o’tkazvorsangiz!”, “Ma’zur tutasiz, men o’tib ketmoqchi edim” kabi so’zlarini aytsangiz yo’lovchiga og’ir botmaydi.
Yo’lda to’xtashga to’g’ri kelib qolsa, deylik tanishingizni ko’rdingiz yoki sumkangizdan biron narsani olmoqchisiz yoki nimanidir tomosha qilmoqchisiz, bunday holatlarda yo’lakning chetiga o’tishni, qolaversa, serqatnov joylarda uzoq suhbatlashmaslikni tavsiya eta-miz. Zero, yo’lakning o’rtasida turib, boshqalarning harakatiga xala­qit berish farosatsizlik alomatidir.
Agarda siz biron-bir ma’lumot va ko’rsatmaga muhtoj boclib qolsangiz yoki qidirayotgan manzilingizni topishga qiynalib qolsangiz, shu yaqin atrofdagi do’kon xodimlari, ichki ishlar xodimi yoki haydovchilarga murojaat qilishingiz mumkin. Kerakli ma’lumotni olganingizdan so’ng, tashakkur bildirishni unutmang. Agar sizdan ko’chada biron-bir nana so’rab murojaat qilishsa, muloyimlik va tavoze’ bilan qisqa, aniq va tushunarli tarzda javob bering. Uzundan-uzoq tushuntirishlar murakkablashishga olib keladi.
Ko’chada non, buterbrod, xot dog, gamburger, chizburger, pirojniy, bulochka kabi mahsulotlarni iste’mol qilishni tavsiya etmaymiz. Bu holat birinchidan, ularning uvog’i erga tushib, uvol bo’lishiga olib keladi. Ikkinchidan, ovqat hazm qilish jarayoni izdan chiqib, sog’liqqa zarar yetkazadi. Uchinchidan, ehtiyotsizlik tufayli biror joyingizga beixtiyor eyayotgan narsangizning yog’i tomishi mumkin. Bu holatlar boshqalar nazarida xunuk ko’rinadi.
Ko’chaning ozodaligiga barcha odamlar raas’ul ekanligini unutmang. Shu bois saqich, qog’oz, semichka, bakal idishlar hamda sigareta qoldiqlarini to’g’ri kelgan joyga tashlab ketmang. Zero, madaniyatli va tarbiyali kishilar bunday qilishmaydi.
Jamoat transportlaridagi etiket. Mavzudan chetga chiqsak ham, shuni aytish kerakki, bugungi kunda ayrim yo’lovchilarning, transport vositalarida yurish madaniyati talab darajasida emas. Transportga birinchi bo’lib chiqish va u yerdanjoy olishga urinadi-ganlar, o’rindiqlarni sindirib, turli “nomalarni” yozadiganiar, baqirib, shovqin qiladiganlar, shilqimlik qilib, birovni ranjitadi-ganlar, o’zidan bir uyum axlatni qoldirib ketadigan kimsalar sirasiga kiradi. Biroq bular orasida ko’pchiligini yosh-o’smirlar tashkil etishi achinarli holdir. Chetdan turib kuzatsangiz bunday holatlar nihoyatda xunuk va kulgili ekanligiga guvoh bo’lasiz. 0’z izzat-nafsini bilgan har qanday inson bu holatni kuzatar ekan, ranjishi, asabiylashishi,shubhasiz.Transportdagibo’sh joy ilinjida odamlar-ni turtib o’tishi etmagandek, dugonasi yoki do’sti uchun joy olib qo’yadigan takasaltanglar ham borki, ular mehr, g’amxo’rlik, hurmat, izzat,degan tuyg’ulardan yiroqdir.
Aytish lozimki, Toshkent shahri ichida qatnovchi barcha avtobuslar shohbekatning boshidan oxirgi bekatgacha uzog’i bilan 45 daqiqada yetib boradi. Shunday ekan, 45 daqiqa tik turib ketish “malol keladigan” yigit-qizlar bunga kuch topsalar yaxshi bo’lardi. Zero, o’tirib ketishga homiladorlar, nogironlar, qariyalar, bemorlar va go’daklarning ma’naviy haqlari ko’proqdir. To’g’ri, siz yo’lkira uchun pul to’lagansiz, demakki, o’tirib ketishga haqqingiz bor. Biro-dar, kamolingizni istab talab qiladigan huquqlaringiz oldida, bu huquqingiz juda ham mayda ekanligini bilganingizda o’zingiz ham uyalgan bo’lardingiz.
Bunday holatlarning oldini olish uchun quyidagilarni kundalik faoliyatingizda qo’llashingizni tavsiya etamiz:

  1. Avtobus, tramvay yoki trolleybus to’xtamay turib, unga chiqishga oshiqmang.Tarbiyali odam, awalo, yoshi kattalarni, nogironlarni, yosh bolali, homilador ayollarni birinchi o’tkazib yuboradi. Agar o’tirgan bo’lsangiz, ularga joy bering.

  2. Sizga jamoat transportida joy berishsa, buni iltifot bilan qabul qiling va minnatdorchilik bildirishni unutmang. Hattoki, sizga taklif qilingan o’rinni rad qilgan taqdiringizda ham tashakkur aytib bir og’izshirinso’zingizniayamang. ,

  3. Biletga pulni hamma o’zi uchun o’zi to’lagani ma’qul Bu hozirgi paytda normal holat hisoblanadi. Qolaversa, boshqalar uchun yo’lkira to’lash shaxsning ixtiyoriga havola bo’lib, bundan ranjimaslikkerak.

  1. 0’rinlarni sumka va boshqa narsalar bilan band etmang. Agar transportda gazeta yoki kitob o’qib ketayotgan bo’lsangiz, ularni yoningizdagiga xalaqit bermagan holda ushlang. Birovni o’qiyotgan gazetasiga qarash to’g’ri emas. Agar bolalar bilan ketayotgan bo’lsangiz, ularni yo’lovchilarga xalaqit berishlariga yo’l qo’ymang.

  2. Transportda sochni tarash, labni bo’yash, tufli tozalash va boshqa pardoz-andosh ishlari noo’rin. Bu ishlarni transportdan tushgandan so’ng bajaring. Shuningdek, jamoat transportiga kir, chang, iflos ust-bosh va narsalar bilan chiqish mumkin emas.

Sayohat payti etiketi. Barchamiz u yoki bu ko’rinishdagi sayohatlarga chiqqanmiz. Sayohat davomida poezd, samolyot, uzoq yo’lga yuruvchi avtobus va boshqa transport vositalaridan foydalanganmiz. Biroq qaerga sayohatga chiqmaylik, awalo, o’zi-mizni atrofdagilarga nisbatan bosiq va xayrixohdek tutganimiz ma’-qul. Aksincha, «Meni bu erda kim tanib o’tiribdi!?” degan xayolga borib, ko’ngilga kelganni qilish maqbul ish emas.
Sayohatingizda poezd, kema yoki samolyot kabi transport vositalaridan foydalanganda kupe, kayuta yoki salonga kirganingiz hamon sizdan oldin joylashib bo’lgan yo’ldoshingiz bilan ko’rishing. Deylik, narsalaringizni joylashtirish uchun javonda bo’sh joy bo’lmasa, awal, shu javon egasidan ruxsat so’rang va u rozilik bildir-sa, minnatdorchilik aytishni unutmang.
Qorningiz ochqolsa, yo’l uchun olgan narsalaringizni tamaddi qilishdan istihola qilmang. Biroq buni saranjom-sarishtalik bilan amalga oshiring. Tamaddi qilib bo’lgach, stolni tartibga keltirib qo’ying: non ushoqlari, choy tomchilarini artib oling.
Tabiiyki, bir necha soat davomida o’zingizga notanish bo’lgan odamlar bilan yonma-yon birga bo’lish oson emas. Ba’zida hamrohlarning fe’1-atvorlari biri-biriga to’g’ri kelmay qoladi. Shunga qaramay, har qanday holatda, hamrohingizga buni sezdirmaslikka harakat qiling, u bilan bo’lgan munosabatda vazmin, sabr-toqatli va xayrixoh bo’ling.
Hamrohingiz ovqatlanayotgan paytda yotish uchun joy to’shamang. Kiyimingizni almashtirmoqchi bo’lsangiz, hamro-hingizdan odob bilan chiqib turishni iltimos qiling. Chunki begonalar oldida echinib-kiyinish odobdan emas.
Begonalar oldida yumgingizni to’kib-sochmang. Hamrohlaringizga ortiqcha savollar, ayniqsa, nozik aloqalarga bog4liq savollar berishga urinmang. Ularning xatti-harakatlaridagi yoqimsiz holatlarga keskin norozilik bildirmang, o’rni kelganda, bu holat nojoiz ekanligini birrov aytib ketasiz.
Sayohat davomida, ayniqsa, yo’lda ketayotganda mast qiluvchi ichimliklar iste’mol qilmang. Zero, badmast yo’lovchi tuban yo’lovchidir. Yo’lda ekansiz, hamon odamlar bilan birga ekanligingizni yodda tuting. Va qay darajada ular har xil bo’lmasin, agar siz haqiqatan ham tarbiyali odam bo’lsangiz, ularga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo’lishga harakat qiling.
AyoUarga xos etiket. Ayolning jozibadorligi o’ziga mos va o’ziga xos xulqni o’rirdi mujassam etishidadir. Bu - kiyinishda, muomalada, xatti-harakatda, gapirishda, mulozamatda, takallufda, ovqatlanishda va shu singari xususiyatlarda ko’zga tashlanadi. Jozibadorlik uchun tashqi chiroyning o’zi kifoya qilmaydi, u zamonaviylik va oqilonalik bilan bog’liqdir. Mazkur xususiyatlar ayolni yanada jozibali va maftunkorqilibko’rsatadi.

Mavzu: Ilk o’rta asr Sharq va uyg’onish davri falsafasi


Reja:





  1. Yüklə 41,04 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə