Turkiy xalqlar adabiyoti 1 dildoraxon abdullaeva



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/126
tarix20.06.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#89803
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   126
Dildoraxon abdullaeva turkiy xalqlar adabiy

Turkiy xalqlar adabiyoti 
15
O’tmishda har bir xalq o’zining kelib chiqishini biror hayvon, jonzod, o’simlik yoki 
buyumga bog’lagan. Gumilyovning “Qadimgi turklar” kitobida ham ushbu masalaga to’xtab 
o’tilgan. Bunday totemistik dunyoqarash qadimgi dunyo odamlarining olam va borliq
tabiat va boshqa narsalar bilan munosabatini anglashga nisbatan, o’zining kelib chiqishi
ibtidosiga bo’lgan qiziqishi tufayli shakllangan. Ashin qabilasini xitoylar Tu-kyu deb 
ataganlar. “Turk atamasi kuchli, mustahkam, demakdir. Ashina esa bo’ri degani... Ashina – 
himmatli, mard bo’ri degan ma’nodadir” 
1
.
Qadimgi turkiy xalqlarning umumiy yodgorligi bo’lgan “O’g’uznoma”, “Dada Qurqut” 
kabi dostonlar ham mavjud
2
. Dostonlarda aks ettirilgan voqealarning ko’pchiligi miloddan 
oldingi davrlarda bo’lib o’tgan. Qadimgi yunon tarixchilarining asarlari orqali yetib kelgan 
“To’maris”, “Shiroq” nomli afsonalar mazmuni ham barcha turkiy xalqlarga tegishli 
hisoblanadi. Xorazm hududida paydo bo’lgan zardushtiylik dini bilan bog’liq bo’lgan 
afsona va rivoyatlar ham turkiy xalqlarning tarixini aks ettiradi. Bu dinning muqaddas 
kitobi bo’lgan “Avesto”dan bizgacha yetib kelgan parchalar madaniyatimiz tarixi juda boy 
va rang – barang bo’lganidan darak beradi. Zarina, Rustam, Siyovush haqidagi afsonalar 
ham turkiy xalqlar orasida keng tarqalgan.
Zarina haqidagi qissa sitsiliyalik tarixchi Diodorning “Kutubxona” asarida bayon 
qilinadi. “Zarina va Striangiya” nomli bu qissa tarixchi Kteziy(430-354)ning kitobi asosida 
uning qisqa mazmuni beriladi. Diodor quyidagicha yozadi: “Bu paytlarda saklarda Zarina 
ismli, jangovor xislatlarga ega ayol podsholik qilardi. Umuman, bu qabilada ayollarning 
bari jangovor bo’ladi va urush azoblarini erlari bilan birgalikda tortishadi. Zarina o’lka 
yerlarining katta qismini madaniy holatga keltirib, ko’p shaharlar barpo etdi”
3
.
Malika Zarinaning eri o’lgach, u qabilaga boshliq bo’ladi. Shaklar va midiyaliklar 
o’rtasidagi janglarda qabilaning mustaqilligi uchun kurashib Zarina shijoat ko’rsatadi. 
Midiya shahzodasi Striangiya Zarinani yaralaydi, biroq unga maftun bo’lib qolgani uchun 
1
Ўша жойда.
2
Дада Қўрқут ҳикоялари /Туркий халқлар ижодиёти (Тарж.З.Очилова).- Тошкент, 2010

3
Қадимги тарихчилар Ўрта Осиё ҳақида. Таржимон ва тузувчи З.Аълам. – Тошкент: Юрист Медиа 
маркази, 2008 – 57- 58-б.



Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə