Turkiy xalqlar adabiyoti 1 dildoraxon abdullaeva



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/126
tarix20.06.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#89803
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   126
Dildoraxon abdullaeva turkiy xalqlar adabiy

Turkiy xalqlar adabiyoti 
14
O’sha yerda yashaydigan urg’ochi bo’ri unga xotin bo’ldi. Ochlikdan qutqarish, 
dushmanlardan yashirinish uchun bo’ri o’sha bolani olib Turfon tog’lariga qochib ketdi. 
Tog’da bir g’or bor edi. U yerda urg’ochi bo’ri o’nta bola tug’di. Bolalarning otasi o’sha 
qutqarilgan turk edi. Bo’ri bolalari Turfondagi ayollarga uylandi. Har bir boladan bir urug’ 
kelib chiqdi. O’g’illaridan birining ismi Ashin edi. Uning nomi hamma qabila nomini 
anglatadigan bo’ldi. Ashin boshqa aka-ukalariga qaraganda qobiliyatliroq, ham aqlliroq 
edi. Shu sababli Ashin yangi qabilaning dohiysi bo’lib qoldi. Urug’ soni asta-sekin bir necha 
yuz kishiga yetdi. Ashinning merosxo’rlaridan biri, qabila dohiysi Asyan shad bo’ri 
avlodlarini Turfondan Oltoy yerlariga olib keldi. Bo’ri avlodlari bu yerda jujanlarning 
fuqarosiga aylanib, ularga temir qazib berar edilar. Oltoyda ular turk nomini oldilar.
Afsonaga ko’ra, “turk” so’zi Oltoy tog’ining eng qadimgi nomidan kelib chiqqan”
1
.
Yana bir afsonada ham bo’ri kulti namoyon bo’ladi: Turk qabilasining ota-bobolari 
shajarasi So saltanatiga borib taqaladi. Bu saltanat Oltoyning shimolida joylashgan edi. 
Qabila boshlig’i Abanbuning o’n yettita ukasi bor bo’lib, shulardan biri Ichasin Ishid “Bo’ri 
o’g’li” deb nom olgan edi. So saltanati dushmanlar tomonidan kunpayakun qilindi. Omon 
qolganlari qirilib ketdilar. Bo’ri o’g’li juda tadbirkor edi. Shu sababli imkoniyat topib, 
urug’ini qiyin ahvoldan olib chiqdi. Uning o’g’illaridan biri Oqqush bo’lib, Abakan daryosi 
bo’ylarida hukmronlik qildi. Ikkinchi o’g’li esa Tsigu saltanatiga asos soldi. Bu saltanat 
Kama daryosi bo’ylarida edi. Uchinchi o’g’li esa Chjuchje daryosi bo’ylarida hukmronlik 
qildi. Katta o’g’li Nudulu shad G’arbiy Sayanga o’rnashdi. Nudulu shadning o’nta xotini 
bo’lgan. Uning o’g’illari onasining qabilasi nomini oldilar. Eng kichik xotining o’g’li Ashin 
edi. Nudulu shad vafotidan keyin taxtga birontasi o’tirishi kerak edi. Shunda aka-ukalar
kimki kuchli va epchil bo’lsa, o’sha urug’ yo’lboshchisi bo’ladi, deb qaror qildilar. 
Musobaqada Ashin g’alaba qildi. U Asyan shad nomini olib, urug’ boshi bo’ldi. Uning 
vafotidan keyin esa o’g’li Tuu taxtga o’tirdi. Tuuning o’g’li Tumin (Bo’min) turk 
hoqonligiga asos soldi”
2
.
1
Раҳмон Н. Турк ҳоқонлиги тарихи. – Тошкент, 1993. – 42-бет.
2
Раҳмон Н. Турк ҳоқонлиги. - Тошкент, 1993. – 43-бет.



Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə