Turkiy xalqlar adabiyoti 1 dildoraxon abdullaeva



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/126
tarix20.06.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#89803
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   126
Dildoraxon abdullaeva turkiy xalqlar adabiy

Turkiy xalqlar adabiyoti 
22
ular XI asr va ungacha bo’lgan davrlarga mansub bo’lgan badiiyat namunalaridir. 
Shuningdek, devonda nisbatan kattaroq hajm
 
va kengroq mazmunga ega bo’lgan tabiat 
hodisalari, urushlar tasviri, alplar vafotiga bag’ishlangan she’r va rivoyatlar ham o’rin 
olgan. “Qish va Yoz munozarasi”, “Alp Er To’nga marsiyasi”, “Iskandar” haqida hikoyatlar 
shular jumlasidandir.
Mahmud Koshg’ariyning “Javohir un lug’atit turk” turkiy tillar sintaksisi masalalariga 
bag’ishlangan bo’lib, bu asar hozirgacha topilmagan. Lekin hozirgi kunda asarning topilish 
ehtimoli borligi e’tirof etildi. Qirg’iz olimlari bu borada izlanishlar olib borayotganligi 
matbuotda e’lon qilindi. Asarni topib jamoatchilikka ma’lum qilgan shaxsga Turkiya 
madaniyat vazirligi mukofot ta’sis etilishi haqida e’lon berdi.
Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” nomli asari ham turkiy tilda yozilgan birinchi 
badiiy doston bo’lib, u didaktik, ya’ni pand – nasihat xarakteridagi asardir. Adibning hayoti 
va faoliyati haqida hech bir tarixiy yoki adabiy manbalarda ma’lumotlar uchragan emas. 
Adibning o’z asari “Qutadg’u bilik”da ayrim qayd etilgan o’rinlar mavjud, xolos. Asardan 
ma’lum bo’lishicha, adib taxminan 1019 yillar atrofida “Quz urdu”, ya’ni Bolosog’unda 
tavallud topadi. Asarni 462 (1069) yil yozib tugatganligi, bu vaqtda 50 yoshda ekanligi 
qayd etiladi. Adibdan bizgacha yagona “Qutadg’u bilig” asari yetib kelgan: 
Yil altmish eki erdi, to’rt yuz bila,
Bu so’z so’zladim man tugub jan sura
Tugal o’n sakiz ayda aydim bu so’z,
Udurdum, adirdim, so’z evdim tera. 
Asar yuqorida aytilganidek, 18 oyda 462 yili yozib tugallanadi va adib unga
 
“Qutadg’u bilig” deb nom beradi. Asarda dastlab basmala (unvon), so’ngra esa nasriy 
muqaddima keladi. Unda hamd, na’t aytiladi, asarning qimmati, nomlanishi, xonga tortiq 
qilinishi, taqdirlanishi, asarda 4 ramziy qahramon o’rtasida savol-javoblar bo’lib o’tishi 
haqida aytiladi. So’ng yana 77 baytdan iborat she’riy muqaddima keltiriladi. Tilning foyda 
zarari, bilimning manfaati haqida fikrlar bayon etiladi. Muqaddimadan adibning vatani 
Quz-urdu (Bolosog’un) ekanligi ma’lum bo’ladi hamda adib asarini yaratish uchun 



Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə