Turkiy xalqlar adabiyoti 1 dildoraxon abdullaeva



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/126
tarix20.06.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#89803
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   126
Dildoraxon abdullaeva turkiy xalqlar adabiy

Turkiy xalqlar adabiyoti 
19
tug’ilishi, jang lavhalari va turli mamlakatlarni bosib olishi, o’g’illariga o’z qo’l ostidagi 
yurtlarni bo’lib berishi lavhalari kiradi.
Kunlarning birida u Ollohga yolvorib turganda ko’kdan yorug’ nur tushadi va borib 
qarasa ko’rkam bir qiz ekan. O’g’uz qog’on undan uch o’g’il farzand ko’radi. Ularning 
ismlari Kun, Oy va Yulduz edilar. O’g’uz qog’on ovga chiqqanida daraxtning kavagida bir 
qiz o’tirganini ko’radi. Uni uyga olib keladi. Undan ham uch o’g’il ko’radi. Ularning ismlari 
Ko’k, Tog’, Tengiz edi. O’g’uz qog’on elga to’y beradi, qirqta stol va qirq kursi yasalib 
dasturxon yoyilib nozu ne’matlar, ovqatlar, sharob va qimizlar tortiladi. Beklarga yorliq 
berib quroli yoy va qalqon ekanligi, tamg’asi oliyjanoblik, o’roni (parolь) ko’k bo’ri ekanini 
aytadi. To’rt tarafga yorliqlar yuborib boshqa qog’onlarni unga bo’ysunishlarini talab 
qiladi. Oltun qog’on bu talabga bo’ysunadi, Urum qog’on esa O’g’uzni zarracha pisand 
etmaydi. O’g’uz qo’shinni yig’ib Muztog’ga kelib o’rdasini tikadi. Tongda uning o’rdasiga 
ko’k yolli erkak bo’ri kirib, O’g’uzning Urum ustiga yurish qilishi va qo’shiniga bo’rining 
o’zi boshchilik qilishini aytadi. Itil daryosi yaqinida katta jang bo’ladi. Urumni yengadi, 
O’rusbekning o’g’li O’g’uz qog’onga bo’ysunishini aytadi. O’g’uz qog’on “shaharni yaxshi 
asragani uchun” unga “Saqlab” degan nom beradi.
Turkiy xalqlar yozma adabiyotining eng dastlabki namunalari O’rxun – Yenisey 
yodgorliklaridir. Yodnomalar XVIII asr oxirlari va XIX asr boshlarida O’rxun va Yenisey 
daryolari sohillaridan topilgan. Ular turk runiy yozuvlari deb ham yuritiladi. Bu 
yodgorliklarda qadimgi turklarning yashash tarzi, madaniyati o’z ifodasini topgan.
O’rxun-Enisey yodgorliklari matnlarida qadimgi turkiylarning turmush tarzi, 
madaniyati namoyon bo’ladi. Kultegin, Bilgahoqon, To’nyuquq bitigtoshlari topilgan 
joylardagi moddiy-madaniy narsa-buyumlar etnomadaniy an’analardan dalolat beradi. 
Moddiy madaniyat buyumlariga jang va urush tasvirlari tushirilgan saroy devorlari, turli 
naqshlar chizilgan tosh bo’laklari, hoqonlar va xotinlarining suratlari tushirilgan 
haykalchalar, odamlar, hayvonlar, uy-ro’zg’or buyumlari tasvirlari kiradi. Yodgorliklar 
matnida qadimgi turklarning an’analari, urf-odatlari, marosimlari o’z aksini topgan bo’lib, 



Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə