Turkiy xalqlar adabiyoti 1 dildoraxon abdullaeva



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/126
tarix20.06.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#89803
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   126
Dildoraxon abdullaeva turkiy xalqlar adabiy

Turkiy xalqlar adabiyoti 
20
ular qadimgi turkiy dunyo haqida ma’lumot beradi, ikkinchi tomondan esa bir necha turkiy 
xalqlar o’rtasidagi madaniy, siyosiy, iqtisodiy aloqalari haqida ham so’z yuritadi.
V-VII asrlarda Markaziy Osiyoda turk hoqonliklari hukmron bo’lgan edi. Turk 
hoqonligining shaxzodalaridan Bilga hoqon va uning ukasi Kultegin turkiy xalqlarni 
birlashtirish uchun siyosiy, amaliy faoliyat yuritganlar. Ularning vatan himoyasi va el 
farovonligi uchun qilgan yurishlari qabr toshlariga yozib qoldirilgan. Yozma yodgorliklarni 
birinchi bo’lib daniyalik olim V.Tomsen o’qidi. U harflarning matndagi qo’llanish o’rni va 
tizimli takrorlanishiga qarab turkiy alfavitni kashf qildi. Bu yozuvlarda turkiy xalqlarning 
davlat qurishdagi olib borgan kurashlari hikoya qilingan.
X-XII asrlarda yozilgan M. Koshg’ariyning “Devoni lug’atit turk”, Yusuf Xos Hojibning 
“Qutadg’u bilig”, Ahmad Yugnakiyning “Hibbatul haqoyiq” kabi asarlari butun turkiy 
xalqlarning umumiy adabiy merosi bo’lib hisoblanadi. Mahmud Koshg’ariyning hayoti va 
faoliyatiga doir to’liq ma’lumotga ega emasmiz. Mavjud ma’lumotlarga qaraganda 
otabobolari Koshg’arlik bo’lib, XI asrda Bolasog’unda tavallud topadi. Dastlab Koshg’arda, 
so’ngra Samarqand, Buxoro, Marv, Bag’dod kabi markaziy shaharlarda tahsil ko’rganidan 
aytish mumkinki, u yoshligidan til va adabiyot ilmiga alohida qiziqish bilan qaragan. 
Keyinchalik u Xitoydan tortib O’rta yer dengizigacha bo’lgan hududdagi mamlakatlarni 
kezib, uzoq yillar davomida turkiy xalqlar tarixi, tili, og’zaki va yozma adabiyoti, 
urfodatlari, yashash tarzi, madaniyatini sinchiklab o’rganadi. Bunda u ayniqsa, turkiy 
so’zlarni to’plash, turkiy til va lahjalarni bir-biridan farqlash, ularni tartibga solishga 
harakat qiladi. “Men turklar, turkmanlar, o’g’uzlar, chigillar, yag’molar, qirg’izlarning 
shahar, qishloq, va ovullarini ko’p yillar kezib chiqdim, lug’atlarini to’pladim, turli xil so’z
xususiyatlarini o’rganib aniqlab chiqdim. Men bu ishlarni til bilmaganim uchun emas, balki 
bu tillarni har bir kichik farqlarini aniqlash uchun ham qildim. Ularni har tomonlama bir 
asosda tartibga soldim”, deb yozadi. M.Koshg’ariy XI asrning tilshunos olimi sifatida 
mashhurdir. Uning turkiy tillar tadqiqiga bag’ishlangan “Javohir un-nahv fi lug’otit turk” 
(Turkiy tillarning sintaksis qoidalari) hamda “Devoni lug’otit turk” (Turkiy so’zlar devoni) 
ikkita asar yaratdi. Bu asarning birinchisi yetib kelmagan yo aniqlangan emas.



Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə