Turkiy xalqlar adabiyoti 1 dildoraxon abdullaeva



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/126
tarix20.06.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#89803
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   126
Dildoraxon abdullaeva turkiy xalqlar adabiy

Turkiy xalqlar adabiyoti 
13
she’rlardir. Mif, afsona, qahramonlik eposi, lirik she’r va qo’shiqlardan iborat eng qadimgi 
adabiy yodgorliklar umumturkiy xalqlar ma’naviy tarixini o’rganishda qimmatlidir.
Jahondagi barcha xalqlar og’zaki ijodida o’zlarining kelib chiqishi tarixi haqidagi 
afsona va rivoyatlar, naqllar uchraydi. Turkiy xalqlarning kelib chiqishi, tarixi haqida ham 
ko’plab rivoyat va afsonalar yaratilgan. Insoniyat tarixining Nuh payg’ambar o’g’illaridan 
boshlanishi haqidagi rivoyatga ko’ra turk qavmlari Nuhning Yofas nomli o’g’lining 
avlodidir
1
. Mahmud Koshg’ariyning “Devonu lug’otit turk” asaridagi she’riy parchalar 
turkiy xalqlarning eng nodir adabiy yodgorligi bo’lishidan tashqari, qadimgi davr haqida 
ma’lumot beruvchi asosiy manbadir. Devondagi Alp Er To’nga nomi bilan bog’liq parchalar 
tugal bir asarni tashkil etgan degan fikrlar bor. Alp Er To’nga tarixiy shaxs bo’lib, ayrim 
manbalarga ko’ra eramizdan oldingi VII asrlarda yashagan
2
. Bu shaxs haqida ko’plab 
asarlarda ma’lumot beriladi. Jumladan, Mahmud Koshg’ariy o’z asarida Alp er To’nganing 
forscha nomi Afrosiyob ekanini ta’kidlaydi. Alp turkcha bahodir, To’nga yo’lbarsga 
o’xshash hayvon. U kuchlilikda filni yiqitadi. Er – shijoatli odamdir. Alp Er To’nganing 
ma’nosi “yo’lbars kabi kuchli, bahodir er kishi demakdir
3
. Uning asl ismi Maday bo’lgan. 
Eronliklar uni Afrosiyob deb atashgan. Firdavsiyning “Shohnoma” asarida ham Afrosiyob 
Turonning podshosi bo’lganligi, uning mard, jasur va tadbirkor podshoh bo’lganligi haqida 
ma’lumotlar beriladi. Umuman, Alp er To’nga haqida Sharq adabiyotida ko’plab asarlar 
yozilgan. Mahmud Koshg’ariyning “Devoni lug’atit turk” kitobida Alp er To’nga haqida 
yozilgan dostondan ko’plab parchalar keltirilgan. Bularda Alp er To’nganing 
qahramonliklari, Turon tuprog’ini chet el bosqinchilaridan himoya qilishi, Eron bilan olib 
borgan janglari hikoya qilinadi.
Turkiy xalqlarning kelib chiqishi haqida bir necha afsonalar bor. Ulardan birida 
quyidagi voqea bayon etiladi:“G’arbiy dengiz qirg’og’ida yashagan turkiylarning otaboblari 
qo’shni qabilalar tomonidan qirib tashlandi. Faqat o’n yoshli bola yashirinib tirik qoldi. 
1
Алишер Навоий. Тарихи анбиё ва ҳукамо. 16-том.Мукаммал асарлар тўплами.20 томлик.- Тошкент: 
Фан, 2000.- 106-бет.
2
Алп Эр Тўнга ёки Афросиёб жангномаси.- Тошкент: Чўлпон, 1995.- 4-бет. 
3
Кўрсатилган асар, 4-бет.



Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə