Turkiy xalqlar adabiyoti 1 dildoraxon abdullaeva


Mirzo Fatali Oxundov (1812-1878)



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/126
tarix20.06.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#89803
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   126
Dildoraxon abdullaeva turkiy xalqlar adabiy

Mirzo Fatali Oxundov (1812-1878). 
XIX asrda Ozarbayjonda ma’rifatparvarlik 
adabiyoti shakllandi. Xalqqa ma’rifat g’oyalarini yoyish, mamlakatdagi voqea hodisalarga 
ongli munosabatda bo’lish, mudroqlikdan uyg’otish, g’arbdan kelayotgan madaniy va 
ma’rifiy yangiliklarni anglash va keng yoyishda asosan ziyolilar qatlami faol bo’ldilar. 


Turkiy xalqlar adabiyoti 
60
Ozarbayjon ma’rifatparvarlik adabiyotida yozuvchi va dramaturg Mirza Fatali 
Oxundovning o’rni beqiyosdir.
U dastlabki savodini eski maktabda chiqargach, bilim olishni o’quv yurtlarida davom 
ettiradi. Bilim olishga bo’lgan ishtiyoqi tufayli bir necha tillarni o’zlashtiradi. U Tiflisdagi 
rus-tatar bilim yurtida ta’lim oladi, rus tili va adabiyotni puxta o’rganadi. Rus klassik 
shoirlari A.S.Pushkin, M.Yu.Lermontov kabilarning asarlarini zo’r ishtiyoq bilan o’qiydi. 
Mirza Fatali Oxundov davrdagi ijtimoiy voqealarga tanqidiy ko’z bilan qaraydi. Xalqning 
qoloqlik, qashshoqlik va nochorlikda hayot kechirishining sababi jaholot va savodsizlik
nodonlik ekanligida deb biladi hamda bunga qarshi kurashadi. Kambag’al va 
dehqonlarning farzandlarini o’qitish borasida amaliy faoliyat ko’rsatadi. U arab alifbosini 
lotin yozuvi shaklida qayta tuzdi.
M.F.Oxundov Ozarbayjon realistik adabiyotining asoschisi sifatida e’tirof etiladi. 
Ma’lumki, XIX asrning ikkinchi yarmida Rusiya, Kavkaz va Kavkaz orti o’lkalarida 
dramaturgiya yangi yo’nalishlarda rivojlandi. Shuningdek, M.F.Oxundovning Ozarbayjon 
milliy teatrining shakllanishida o’rni kattadir. “Mulla Ibrohim Xalil kimyogar” (1850), 
“Xasis kishining sarguzashti” (1852) va “Tabiatshunos Muse Jordan” (1850) komediyalari 
realistik metodda yaratilgan.
Savollar 
1.
Ozarbayjon xalq og’zaki ijodi namunalari haqida so’zlang.
2.
Ozarbayjon xalq dostonlari to’g’risida ma’lumot bering.
3.
Ozarbayjon xalq ertaklarining turlari, mavzulari, obrazlari haqida so’zlang.
4.
Nizomiy Ganjaviy adabiy merosi qaysi janrdagi asarlardan tashkil topgan?
5.
Nasimiy she’riyatining g’oyaviy-badiiy xususiyatlari qanday?
6.
Fuzuliy she’riyatining obrazlari qaysilar?
Adabiyotlar: 
1.
Ариф М. Азербейджанская литература.- М., 1979.



Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə