Turkiy xalqlar adabiyoti 1 dildoraxon abdullaeva


Nizomiy Ganjaviy (Taxminan 1141-1202)



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/126
tarix20.06.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#89803
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   126
Dildoraxon abdullaeva turkiy xalqlar adabiy

Nizomiy Ganjaviy (Taxminan 1141-1202)
. Ilyos Yusuf o’g’li Nizomiy-Ganjaviy 
Ozarbayjonning Ganja shahrida hunarmand oilasida tug’ildi. Davrning ilg’or, ma’rifatli 
kishisi bo’lgan Nizomiy fors va arab tillarini yoshlik chog’idan o’rganadi, adabiyot, tarix 
sohasidan tashqari astronomiya, matematika, falsafa va meditsina bilan qiziqadi.


Turkiy xalqlar adabiyoti 
55
O’sha davr an’analariga muvofiq u arab va fors tillarini mukammal o’zlashtiradi. Shoir 
yashagan davrda Ozarbayjonda Shirvon Tohir sulolasi hukmron edi. Hukmdor tarafidan 
shoir saroyga taklif qilinadi, lekin Nizomiy buni rad etib, erkin ijod qilishni afzal biladi. 
Shoir lirik va epik asarlarini fors tilida yaratdi, chunki bu til o’sha paytda Ozarbayjonda 
davlat tili hisoblanar edi. Ganjaviyning o’z ona tilida ijod qilolmaganidan afsuslanib yozgan 
she’rlari ham bor.
 
Nizomiyning “Xamsa”si uning nomini butun jahonga mashhur qildi. 
O’ttiz ming baytdan tashkil topgan besh dostonni Nizomiy-Ganjaviy qisqa muddat ichida 
(1179-1200) yillar orasida yaratdi.
Garchi saroy shoiri bo’lmasa-da, Nizomiy “Mahzan-ul asror” dostonini ham, undan 
so’ng yaratilgan “Xusrav va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Haft paykar” va “Iskandarnoma” 
dostonlarini ham shervoniy podsholarning topshirig’i bilan ijod etdi. Dostonlardan 
birining kirish qismida Nizomiy o’z ona tilisi – ozarbayjon tilini yaxshi bilgani holda fors 
tilida ijod qilishga kirishayotganligini aytar ekan, bu asarni yozishga undagan 
hukmdorning istagiga ishora qiladi. “Xamsa”ga kirgan dostonlarda buyuk shoir o’zining 
gumanistik, adolatparvarlik g’oyalarini olg’a surdi. Uning fikricha, markazlashgan adolatli 
davlat mavjud bo’lgandagina xalqning ahvoli yengillashishi mumkin. Shu maqsadda 
Nizomiy bu dostonlarida adolatli podsho va podshozodalar (Xusrav, Bahrom, Iskandar) 
obrazlarini yaratishga urindi.
Nizomiy “Mahzan-ul asror”da ham, “Xusrav va Shirin”da ham dehqon va 
hunarmandlar mehnatini ulug’ladi. Nizomiy vafotidan so’ng uning “Xamsa”si Sharq 
adabiyoti taraqqiyotiga kuchli ta’sir qildi. O’zbek, tojik, ozarbayjon, turk, turkman 
shoirlaridan ko’plari “Xamsa” yozishga kirishdilar. Ayniqsa, Xusrav Dehlaviy, Alisher 
Navoiy va Abdurahmon Jomiylar Nizomiy-Ganjaviy an’analarini ijodiy davom ettirib, katta 
yutuqlarni qo’lga kiritadilar.

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə