Turkiy xalqlar adabiyoti 1 dildoraxon abdullaeva



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/126
tarix20.06.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#89803
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   126
Dildoraxon abdullaeva turkiy xalqlar adabiy

Turkiy xalqlar adabiyoti 
54
podshohning oldiga kelib u bilan narda o’ynaydi, o’yin vaqtida saroyga sichqonlar qo’yib 
yuboriladi. Savdogarning xotini erini va savdo mollari, pullarini qaytarib oladi.
“Arilar g’azabi”da filning takabburlikka berilib, arilarni nazarga ilmagani hikoya 
qilinadi. Fil arilar in qurgan daraxtni silkita boshlaganda, arilar undan o’zlarining 
tinchligini buzmasligini so’rashadi. Fil esa ularning iltimosiga quloq solmaydi. Arilar filni 
shu qadar chaqishadiki, fil yerga gumburlab qulab tushadi. Shunda arilar, kuchsizlarni 
qiynaganning holi voy, deyishadi.
Ozarbayjon xalq dostonlaridan “Ko’r o’g’li”, “Oshiq G’arib”, “Shox Ismoil”, “Asli va 
Karam” o’zbek, turkman, turk xalq og’zaki ijodidagi namunalari bilan uyg’unlik kasb etadi. 
“Dada Qo’rqut kitobi” ham ozarbayjon xalq dostonlari sirasida e’tirof etiladi. Chunki bunda 
qadimgi o’g’uz-turkiy qabilalarining o’z ozodligi uchun kurashi tasvirlanadi. Mazkur asarga 
musiqali dramalar yozilib, ijro etilgan.
Ma’lumki, ozarbayjon tili turkiy tillar oilasiga mansub. Tarixiy sharoit va ijtimoiy 
hodisalar jarayonida Ozarbayjonda VII-VIII asrlarda arab tili, XI asrda fors tili rasmiy 
davlat tili bo’lgan. Shu sababli ozarbayjon shoirlari Ismoil Yassor, Ahmad Tabriziy (X asr), 
Bahmanyor Ali Bokuyi, Xatib Tabriziylar arab va fors tillarida ijod qilganlar. X-XII asrlarda 
yashagan shoirlardan Hoqoniy-Chervoniy, Nizomiy-Ganjaviy, Muhammad Fuzuliy, Mirzo 
Fatali Oxundovlar ham o’z asarlarini shu tilda yozdilar. Arablar hukmronligi davrida 
Ozarbayjonda keskin siyosiy-tarixiy o’zgarishlar ro’y berdi. XI-XII asrlarga kelib bu yerda 
arablar mustamlakasi biroz sustlashdi hamda mahalliy feodal davlatlar tashkil topdi. 
Natijada, saroy adabiyoti paydo bo’ldi va rivojlandi. Abul Ula Ganjaviy, shoir va astronom 
Falakiy – Shervoniy, shoira Maxseti Ganjaviylar mumtoz adabiyot janrlarida asarlar 
yaratdilar. Aytish kerakki, ozarbayjon adabiyotining takomilida xalq og’zaki ijodi 
namunalari bilan birga arab va fors tilidagi adabiyotning ham ta’siri kuchli bo’lgan.

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə