Turkiy xalqlar adabiyoti 1 dildoraxon abdullaeva



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/126
tarix20.06.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#89803
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   126
Dildoraxon abdullaeva turkiy xalqlar adabiy

Turkiy xalqlar adabiyoti 
51
6.
Tanzimot davri vakillari ijodining asosiy xususiyatlari qaysilar?
7.
Guntekin, Aziz Nesin hayoti va ijodi turk adabiyotining qaysi bosqichiga to’g’ri 
keladi?
Adabiyotlar: 
1.
Гарбузова В. Турк адабиёти классиклари.- Т., 1960.
2.
Рашод Нури Гунтекин. Чолиқуши. – Т., 2002.
3.
Румий Ж. Маснавийи маънавий.-Т., 2005.
4.
Румий Ж. Ичиндаги ичингдадир. –Т., 2004.
5.
Эмро Ю. Шеърлар.-Т., 2001.
 
 
OZARBAYJON ADABIYOTI
Reja: 
1.
Ozarbayjon xalq og’zaki ijodi namunalari.
2.
Nizomiy Ganjaviy hayoti va ijodiy merosi.
3.
Sayyid Imodiddin Nasimiy hayoti va ijodiy merosi.
4.
Muhammad Fuzuliy hayoti va ijodiy merosi.
5.
M.F.Oxundov hayoti va ijodiy merosi.
Tayanch iboralar: ozarbayjon xalqi, “Ko’r o’g’li”, “Oshiq g’arib”, “Shox Ismoil”, “Asli va 
Karam”, Nizomiy Ganjaviy, Nasimiy, Fuzuliy, M.F.Oxundov.
Ozarbayjon xalqi boshqa turkiylar singari o’zining boy qadimiy madaniyati, tarixi, 
adabiyoti va san’atiga egadir. Ozar xalqi yaratgan bu madaniy va ma’naviy meros zamirida 


Turkiy xalqlar adabiyoti 
52
xalqning asriy orzu-umidlari, e’tiqodi, badiiy, falsafiy dunyoqarashi mujassam bo’lgan. Bu 
xalq ham juda uzoq zamonlardan beri mustaqillik g’oyasi uchun kurashib keldi. Bir necha 
eron shohlari, turk sultonlari, arab va mo’g’ullar hukmronligi davrida ozar xalqi 
istilochilarga qarshi mardonavor kurash olib bordi. Ozarbayjonlar tarixiy vaziyatlar tufayli 
ikki davlat hududiga bo’linib ketganlar. Shimoliy Eronda o’n besh millionga yaqin 
ozarbayjonlar yashaydi. Istilolar davrida ozarbayjonlar Kavkaz ortining turli hududlariga 
tarqalib ketgan edilar. Bugungi kunda Janubiy Ozarbayjon – Eron Ozarbayjoni hududida 
yaratilgan boy adabiy meros ham ozarbayjon milliy adabiyotini tashkil etadi.
Ozarbayjon adabiyoti xalq og’zaki ijodi va yozma adabiyot shaklida rivojlandi. 
Xalqning ezgu tilaklari lirik qo’shiqlarda, hayotiy tajribalari asosidagi xulosalari masal va 
maqol-matallarda, ishonch va istaklari ertaklarda, xalqning orzusidagi pahlavonlar va 
barkamol qizlar obrazlari esa dostonlarda aks etganini kuzatish mumkin. Jahonda hech bir 
xalq yo’qki, o’zining hajviy qahramonlarini yaratmagan bo’lsin. Ozarbayjon latifalarining 
bosh qahramonlari Melik – Mamed, Kal Ahmad bo’lib, ularning sarguzashtlari orqali 
xalqning hazil mutoyiba, hajv va kulgiga nisbatan munosabatini bilish mumkin. Bu latifalar 
Nasriddin Afandi va Aldar Ko’sa latifalariga yaqin turadi.

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə