Turkiy xalqlar adabiyoti 1 dildoraxon abdullaeva



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/126
tarix20.06.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#89803
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   126
Dildoraxon abdullaeva turkiy xalqlar adabiy

Turkiy xalqlar adabiyoti 
48
Ovozning chiqishi, ya’ni ozodlik istagi bilan hayqirgan inson qismatining yonib kul 
bo’lishini kitobxon anglaydi. Shoir keyingi o’rinlarda Fuzuliyning “Dard ko’p, hamdard 
yo’q” misralarini keltirib, “yuraklarning qulog’i kar” kabi o’ziga xos poetik ifodani qo’llaydi. 
Bu o’rinda o’z dardini aytmoqchi bo’lgan odamni eshituvchi, tinglovchi yo’q, agar bor 
bo’lsa ham yuragidan eshitmaydi. Shuning uchun shoir davom etadi:
Men yonmasam,
Sen yonmasang, Biz 
yonmasak...
Qanday ichar qaro tunlar,
Oydinlikdan qonib, qonib?!...
Havo tuproqday qorindor,
Havo qo’rg’oshinday og’ir...
Nozim Hikmat o’z millatdoshlarigagina emas, balki bashariyatga qarab yonib yashashga 
undayotgandek. Mustamlaka zulmida qolgan yurtni qora tunlar ichida qolgani, agar 
odamlar, xalq qo’zg’almasa bu zulmatning oydinlikka aylanmasligi betakror tashbehlar 
bilan ifodalangan. Shoirning to’plamni “Ovozini yo’qotgan shahar” deb nomlashida ham 
o’ziga xos ramziylik ko’rinadi.
Rashod Nuri Guntekin (1889-1956).
Turk realistik adabiyotining yirik vakili. Uning 
asarlari jahon tillarining bir nechasiga tarjima qilingan. U 1892 yilda Istambul shahrida 
harbiy vrach oilasida tug’ilgan. Istambul universitetining adabiyot fakultetida o’qigan, chet 
elda ham o’qishni davom ettirgan.
Yurtiga qaytib kelgach, maorif sohasida ishladi. Yozuvchi Turkiya Buyuk millat 
majlisiga deputat qilib saylanadi, Turkiyaning YUNESKOdagi vakili lavozimida xizmat 
qiladi. U 1956 yilda Londonda vafot etadi. Guntekinning 24 jildlik asarlar to’plami nashr 
qilingan. Yozuvchining 19 ta romani, sahna asarlari va hikoyalari bor. Rashod Nurining 
«Tamg’a», «Choliqushi» «Xazonrezi», «Yashil kecha» romanlari o’zbek tiliga ham o’girilgan. 
«Hiylai shar’iy», «Halola» kabi dramatik asarlari o’zbek teatri sahnasida namoyish etilgan. 



Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə