Turkiy xalqlar adabiyoti 1 dildoraxon abdullaeva



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/126
tarix20.06.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#89803
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   126
Dildoraxon abdullaeva turkiy xalqlar adabiy

Turkiy xalqlar adabiyoti 
46
o’zgarishlar Turkiya ijtimoiy, madaniy hayotiga ham ijobiy ta’sir qildi. Teatr, musiqa, 
maorif, publitsistika kabi sohalar ravnaq topdi. Turkiya davlatining G’arb davlatlari bilan 
diplomatik aloqalari yo’lga qo’yildi, mamlakatda frantsuz tili ommalasha boshladi.
Mamlakatda Tanzimot farmoni 1939 yil 3 noyabrdan kuchga kirdi. Unga ko’ra hayotda 
ijtimoiy adolat, qonun ustuvorligi, erkak va ayollarning teng huquqliligi, ayollar erki va 
ozodligi kabi masalalar amal qilishi kerak edi. Turk adabiyoti ham hayotiy dolzarb 
masalalarni yorita boshladi, uning asosiy yo’nalishi ma’rifatparvarlik bo’ldi. Shu bois 
ushbu davr adabiyoti “Tanzimot adabiyoti” deb yuritiladi. Bu davrda “Tasviri efkar”, 
“Tarjumoni ahvol”, “Ibrat”, “Hurriyat”, “Muxbir” kabi gazetalar faoliyat yuritdi. “Servati 
funun” (“Bilimlar uyi”) jurnali tashkil topdi. Tarjimashunoslik sohasi sezilarli darajada 
rivojlandi. G’arb adiblari Jan Jak Russo, Volter, La Martin, Molerning asarlari turk tiliga 
tarjima qilindi. Shinosiy, Ziyo Posha, Nomiq Kamol, Abdulhaq Hamid Tarxon, Ahmad 
Midhat, Tovfiq Fikrat, Xolid Ziyo Ushoqlagil, Ahmad Hoshim, Ziyo Ko’kalp, Umar Sayfiddin 
kabi adiblar ijodida ma’rifatga undash, o’zlikni anglash, millatparvarlik g’oyalari ilgari 
surildi.
Realistik turk adabiyotining shakllanishi. 1923 yilda Turkiyaning respublika deb e’lon 
qilinishi adabiyotda ham o’z aksini topdi. Milliy ozodlik harakatlari tasvirlandi, xotinqizlar 
huquqi va erki masalasi, ijtimoiy hayotning turli sohalaridagi muammolar ko’tarildi.
Xolida Edip Adivar, Yoqub Qodiriy Qorausmon o’g’li, Rashod Nuri Guntekin, Sabohaddin 
Ali, Nozim Hikmat, O’rxon Veli, Melik Javdat Onday, O’qtoy Rifat, Fozil Husni Dog’larja, 
Rifat Ilg’az, O’rxon Kamol, Yashar Kamol, Aziz Nesin kabi ijodkorlar adabiyot maydoniga 
kirib keldilar.
Nozim Hikmat (1901-1963).
Erkin vaznda ijod qilgan birinchi turk shoiri. U XX asr 
boshlaridagi ijtimoiy hayotdagi voqea-hodisalarga o’zining tanqidiy fikrlarini bildirgan. 
Buni ifodalash uchun she’riyatdagi an’anaviy usul va shakllar imkon bermas edi. Shoir turk 
she’riyatini yangi o’zanga burib yubordi.
Nozim Hikmat Turkiyaning Selanik vohasida dunyoga keladi. Ilk ta’limni Go’ztepa 
Toshmaktabi, Galatasaroy litseyi va Nishontoshi Namuna maktablarida oladi. Bahriya 



Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə