Turkiy xalqlar adabiyoti 1 dildoraxon abdullaeva



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/126
tarix20.06.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#89803
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   126
Dildoraxon abdullaeva turkiy xalqlar adabiy

Turkiy xalqlar adabiyoti 
41
diniyirfoniy bilimlarga ega, ma’rifatli, olim inson bo’lgan. Uning she’rlarida tasavvuf 
olimlari Sadriddin Ko’nyoviy va Abdulqodir Jiyloniyning qarashlari sezilib turadi.
Ma’lumki, shoir she’rlari xalqona sodda uslubda va jonli so’zlashuv tilida bitilgan. Bu 
esa she’rlarning ommaga tushunilishi qulayligini ta’minlaydi. Uning she’rlari shakl jihatdan 
turk xalq og’zaki ijodidagi janr turkuga o’xshaydi. Shoir inson ko’nglini muqaddas maskan 
deb ataydi. Uning fikricha:
Bir bor ko’ngil buzgan bo’lsang,
O’qiganing namoz emas,-
Yunus Emro insonning e’tiqod masalasida sofdil bo’lishga, fikri zikrini Haq yodi bilan 
tutishga, ibodatda ko’ngilni Haqqa qaratishga chaqiradi. Shoirning Ollohga bo’lgan 
muhabbati shunday haroratliki, bu jo’shqin tuyg’ular quyidagi misralarga singdirilgan:
Jannat-jannat deganlari,
Bir qancha ko’shk, bir qancha hur.
Istaganga ber ularni,
Menga Sen kerak, Sen!
Yunus Emro Xoja Ahmad Yassaviy maktabiga mansub bo’lsa-da, uning vahdatul-vujud 
g’oyalari tarafdori ekanini ko’rish mumkin. Vahdatul-vujud tarafdorlari “Allohdan tashqari 
biron borliqning haqiqatda mavjud emasligini tan oladi”lar. Yunus Emroning falsafiy 
qarashlari Jaloliddin Rumiy g’oyalari bilan uyg’undir. Shoir uchun ishq eng yuksak 
maqomdir.
Ishqsiz odam dunyoda, Aniq 
biling, yo’q erur.
Har biri bir narsaga
Sevgisi bor oshiqdir.
Mavloning dunyosida
Yuz ming turli sevgi bor.


Turkiy xalqlar adabiyoti 
42
Qabul qil sen o’zingga, Boq, 
qaysisi loyiqdir.
Shoir darveshlik, miskinlik, faqirlikni bir yo’l deb biladi. She’rlarida o’zini darvesh, miskin 
deb ataydi.
Darveshlik deganlari hirqa bilan toj emas,
Ko’nglin darvesh etgan zot xirqaga muhtoj emas.
Taniqli olim Ibrohim Haqqulov shoir Yunus Emro haqida shunday deydi: «Yunus Emro 
– Sir va Hayolot, Ishq va Ilohiyot shoiri. Ijodiyotining ziyosi va shukuhi ilohiy Ruh. Uning 
so’z hamda tasvirlari zoti mutloq madhiga yo’naltirilgan».
1
Ayrim rivoyatlarga qaraganda 
Yunus Emro uch mingga yaqin she’r yozgan. Shundan mingga yaqini bizgacha yetib kelgan. 
Mingtasini osmonda farishtalar o’qiydi, mingtasini suvda baliqlar o’qiydi, mingtasini esa 
yerda odamlar o’qiydi, degan rivoyat ham bor.
Yunus Emro she’riyati odamlarni qalbni soflashga, o’zligini anglashga chorlovchi
haqiqat sirlaridan ogoh etuvchi, ma’naviyat sarhadlarini kengaytiruvchi, ezgulik 
buloqlarini ochguvchi ma’rifat manbaidir.
XV – XVI asrlarda romantik yo’nalishdagi turk adabiyoti maydonga keldi. Qahramonlik 
mavzusidagi “Battolnoma”, “Sari Saltik haqida doston” yaratildi. Nizomiy Ganjaviyning 
“Xamsa” dostonlari an’anasi asosida Mas’ud ibn Ahmadning “Suhayl va Navbahor” dostoni, 
Tojiddin Ahmad ibn Ibrohim (Ahmadiy)ning “Iskandarnoma” dostoni, Shayxiyning “Xusrav 
va Shirin” asarlari yozildi. Ahmad Posho, Najotiy, Mahmud Boki, Mehri Xotun kabi shoirlar 
turk tilida ijod qildilar.

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə