|
Turkiy xalqlar adabiyoti 1 dildoraxon abdullaevaDildoraxon abdullaeva turkiy xalqlar adabiyTurkiy xalqlar adabiyoti
38
Tashqi belgilar, shakl va suratlar, so’zlarning farqlariga qarab xulosa qiladigan
odamlarning o’z manfaatlari yo’lida Haqni bahona qilib xurofotga berilishiga qarshi
bo’lgan Rumiy: “So’z libos, ma’no unda yashirin asror”, deydi. G’oya, fikrlar so’zga
aylanganda farq, tafovutlar boshlanadi, deb biladi u. Haq buyuk bir g’oya, mavhumiyatdir,
u biror shaklga, suratga sig’maydi. Turli din yo mazhabdagi odamlar Haq oshig’i bo’lgani
sabab qalban birdirlar
1
. “Masnaviyi ma’naviy”da Muso payg’ambarning bir yaylovdan
o’tayotganda cho’ponning Haqqa iltijosini eshitib qolishi keltiriladi. Cho’pon: “Qaerdasan,
sening xizmatkoring bo’lay, chorig’ing bo’lsa yamab, chokaring bo’lay. To’ning,
cholvorlaringni yuvay, sut berib qo’l oyoqlaringni silay. Uxlasang joylaringni tuzatib
1
Комилов Н. Румийни англаш иштиёқи/ Жалолиддин Румий. Маънавий маснавий. –Тошкент: Шарқ,
.- 7-б.
beray, senga echkiyu toylarimni qurbon qilay”, deb turganida Muso payg’ambar uni
kofirlikda ayblaydi. Cho’pon xafa bo’lib sahroga qarab ketadi. Shu payt Musoga vahiy
keladi: “Sen bandamni mendan ayirding, sen bandalarni mendan ajratish uchun emas
ularning qalbini Haqqa bog’lash uchun yuborilgansan. Barcha odamlarga o’zlarining tilida
ibodat qilishiga imkon berilgan”.
Boqmagaymiz tilga yoxud qolga biz,
Ko’z solodurmiz ko’ngilga, holga biz.
Mayliga, bog’lanmasin ul til bila,
Lekin ul payvasta bo’lsin dil bila
1
.
Jaloliddin Rumiy Insonni ulug’laydi. Shoir dunyodagi barcha musulmonlar Ka’baga
qarab ibodat qiladilar, agar Ka’ba o’rtadan olib qo’yilsa, ular bir-birlariga sajda qilayotgan
bo’ladilar, deb qalbni yuqori qo’yadi. “Ko’zni yumgil, ko’zga aylansin ko’ngil”, deya insonni
o’z ichki olamiga sayr qilishiga ishora qilib, ma’naviyati, qalbini poklashga undaydi.
Insonni ot ustidagi suvoriy, nafsni esa otga o’xshatadi. Agar ot suvoriyni boshqarsa, ot o’z
yemishini unga yediradi, deb obrazli tushuntiradi. Rumiy o’zining barcha asarlarida
tasavvufiy g’oyalarini xalqona sodda uslubda tushuntiradi, xalq masallari, rivoyatlari
1
Жалолиддин Румий. Маснавийи маънавий. – Тошкент: Meriyus, XHMK, 2010. – 180-б.
|
|
|